Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

Bo'yrachining bir bosh “uzumi”

08.09.2023   833   2 min.
Bo'yrachining bir bosh “uzumi”

Halil bo'yra to'qirdi. Joynamozi bo'lmagan namozxonni ko'rsa, darhol bo'yradan joynamoz to'qib, sovg'a qilardi.

Bir kuni ajib tush ko'rdi. Umurtqasidan tok novdasi o'sib chiqib, unda bir bosh uzum etilibdi. Kishilar undan qancha kelib eyishmasin, tugamas emish. Bu ko'p bora takrorlangach, bir shayxning huzuriga borib, ta'birini so'radi. Shayx undan:

– Farzanding bormi? – deb so'radi.

– Ha, ikki yoshli o'g'lim bor, – deb javob berdi Xalil.

– Uni Misrdagi al-Azhar universitetida o'qitgin. Inshoalloh, yaxshi inson bo'ladi, – deb tayinladi shayx.

Shunday ham bo'ldi. Halil o'g'lini al-Azharda o'qitdi. Bola sakkiz yoshida Qur'onni yod oldi. Mushafi sharifni Imom Osimdan Hafsning rivoyati asosida qiroat qilib, birinchi bo'lib magnit tasmasiga yozdirdi. Shu sababli Alloh bu mehnatiga mashhurlik ato qildi. Uning qiroati butun dunyoga yoyildi. Keyinchalik boshqa qiroatlarni ham magnit tasmasiga tushirdi.

“O'rgatuvchi” uslubida ham Qur'onni birinchi bo'lib magnit tasmasiga yozdirdi.

Birinchi bo'lib Birlashgan Millatlar Tashkilotida Qur'on o'qidi va peshin vaqtida azon chaqirdi.

Qur'on qiroatiga bag'ishlab qator asarlar bitdi. Uning qariyb 55 yillik Qur'on bilan qilgan safari 1980 yil 23 noyabrda nihoyasiga etdi.

Bu ulug' qiroat sohibi Mahmud Halil Husariy rahimahullohdir. Biz mo'min-musulmonlarni hali hamon o'sha “bir bosh uzum”dan bahramand etayotgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!..

Manbalar asosida
Muslima MIRKOMIL qizi
tayyorladi.

"Hidoyat" jurnalining 2023 yil 8-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   19576   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar