Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

Oiladagi tarbiya

07.09.2023   2116   1 min.
Oiladagi tarbiya

Oilaning birinchi galdagi vazifasi imon, ibodat, go'zal xulq, to'g'ri tarbiya, yuksak o'rnakdan iboratdir. Bu borada ota-ona teng sherik, ayniqsa onaning o'rni juda muhim va mas'uliyatlidir.
Uylanish fikrida yurgan har bir erkak ushbu haqiqatni anglamog'i lozim. Uylanish faqat shahvoniy maylni qondirish, dunyo matosidan biriga ega bo'lishdan iborat, deb o'ylashlik juda katta xatodir. Faqat eyish uchungina yashaydigan maxluqlar ham bor. Undan ko'ra yashash uchun eyish yaxshiroq.
Agar biz tarbiyani yaxshi yo'lga qo'ymasak, unga bee'tibor bo'lsak insoniy kamolotdan benasib bo'lishimiz aniq. Shuning uchun bizlar zakovatli, ziyrak, g'ayratli va kuchli, eng muhimi mute emas, bosh bo'ladigan, fasodni emas islohni sevadigan avlodlarni tarbiyalamog'imiz lozim.
Buning uchun esa, birinchi navbatda kelajakda ona bo'ladigan ayollarni madaniyatli-ma'rifatli, Allohdan qo'rqadigan taqvoli oilalarning qizlaridan tanlab olinmog'i juda muhim sanaladi. Aynan mana shundagina kelajakda salohiyatli avlodlarni kamolini ko'rish mumkin bo'ladi.

وَالْبَلَدُ الطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُ بِإِذْنِ رَبِّهِ وَالَّذِي خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًا

“Yaxshi shahar (eri)ning giyohi Rabbining izni bilan (unib) chiqaveradi. Yomon (shahar eri esa) faqat unumsiz bo'lur” (A'rof surasi, 57-oyat).


Muhammad G'azzoliy  - Ayollar muammosi turg'un va kelgindi qadriyatlar orasida

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   24163   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar