Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

Jannatdagi qo'shni

07.09.2023   1076   2 min.
Jannatdagi qo'shni

Muso alayhissalom Alloh taologa jannatda o'ziga kim qo'shni bo'lishini bildirishni  so'rab, ko'p yolvorar edi.

Bir kuni bunday nido keldi:

– Ey Muso, falon erda yashovchi qassob sening jannatdagi qo'shning bo'ladi...

Muso alayhissalom qiziqib, qaysi ibodati uchun u bunga loyiq bo'lganini bilish niyatida yo'lga chiqdi. Hazrati Muso o'sha odamni qidirib topdi. Qassob Muso alayhissalomning haq payg'ambar ekanini bilgan, iymon keltirgan edi. Lekin o'zini ko'rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Muso alayhissalomni uyiga taklif qildi.

Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Taomlanishdan oldin qassob devorga osilgan bir zambilni erga tushirdi va undan harakat qilishga sira madori qolmagan bir kampirni ko'tarib olib, erga yotqizdi. Huddi go'dakni ovqatlantirgandek uni edirdi, ichirdi va yana joyiga qo'ydi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi.

Keksa ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso alayhissalom qassobdan so'radi:

– Bu kampir kiming bo'ladi?

Qassob musofirga:

– Bu ayol  onam bo'ladi. O'tirib-turishga, ovqat eyishga holi yo'q. Shu bois uni ediraman, ichiraman va ust-boshini toza tutaman. Qo'limdan kelganicha xushnud etishga harakat qilaman.

Muso alayhissalom so'radi:

– Hozirgina u senga gapirganday bo'ldi, nimalar dedi?

Qassob:

– Onam: “Ey Rabbim! Men o'g'limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo'l. Jannatda uni Muso alayhissalomga qo'shni qil”, deb duo etdi. Shunda Muso alayhissalom o'zini tanitadigan vaqt kelganini tushundi va:

– Men Allohning payg'ambari Muso bo'laman. Allohdan jannatdagi qo'shnim kim bo'lishini bildirishni iltijo qilgan edim. Senga ro'baro' qildi. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo'ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo'shni qildi, – dedi.

Manbalar asosida Tolibjon NIZOM tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   23254   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar