Hozirgi globallashuv davri ma’naviy tarbiyani yanada boyitish, yoshlarni g‘arazli g‘oyalar ta’siridan himoyalashni taqozo etmoqda.
Yosh avlodning istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir ota-ona tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor bermog‘i zarur.O‘sib kelayotgan yosh avlodni diniy – milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etish, munosib himoya qilishdan iboratdir.
Global axborot tizimidagi xabarlarni «filtrsiz» qabul qilish oqibatida yoshlar ongi zaharlanmoqda.
Internet saytlaridan tarqatilayotgan xar xil yot g‘oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul kilinayotganligi va uning oqibatlari jahondagi barcha mamlakatlar xalqlarini ham tashvishga solmokda.
Internetdanolingannarsato‘g‘ri, ishonchlivazararsizekaninibilishkerak. Yaxshi-yomonningfarqiga bormagan yoshlar internet orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga soladi.
Islom talimoti buzg‘unchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishni qattiq qoralaydi. Hammamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda dinni o‘zlariga niqob qilib olgan oqimlar, toifalar paydo bo‘ldi. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida jamiyatda buzg‘unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda.
Keyingi paytlarda internet bilan bog‘lik buzg‘unchiliklar, global tarmokdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, terrorchi tashkilotlar zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyishmoqda va yoshlarni o‘z domiga tortmoqda.
Yana ushbu terrorchi tashkilotlar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini «yaqin do‘st» yoki «hidoyatga chorlovchi» sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmokda. Aslida, ularning din va shariat haqida umuman ilmlari yo‘q, faqatgina to‘da boshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o‘tmaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, ular bu johilligi bilan boshqalarni ham jar yoqasiga tortayotgani va kimningdir nog‘orasiga uynayotganini bilmaydilar. Bundaylar avval dinu diyonat, ibodat, jannat haqida turli jozibali so‘zlarni gapirib, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urib, oxir-oqibatda, razolat qurboniga aylantirmoqda.
BugungikundaInternet tarmoqlaridan xalqaro terroristik va ekstremistik kuchlar ham faol foydalanishmoqda. Ayniqsa, g‘oyaviy va diniy soxta aqidalarni tarqatishda bir necha o‘nlab xorijiy messenjer va tarmoqlar jinoyatchilarga qo‘l kelmoqda.
Jumladan, ularorasida Telegram, Viber, WhatsApp hamda Skype tarmoqlari eng ko‘p ommalashgan. Bu to‘g‘rida Rossiyaning «Izvestiya» gazetasi xabar tarqatmoqda.Unga ko‘ra, ISHID jinoyatchilik to‘dasi bir necha minglab rossiyaliklarni aynan shu tarmoqlar orqali o‘z oqimiga tortgan.
«Internet hammagao‘zxohishigako‘raxizmatko‘rsatadi. Terrorchilar turli ruhiy va moddiy rag‘batlantirish orqali internet foydalanuvchilarning ishonchini qozonmoqda. Ular yolg‘on iddaolari bilan ishonchga kirishga xarakat qilishmoqda.
Bizlar albatta yoshlarimizni yot unsurlardan himoya qilish uchun internet olamidan to‘g‘ri foydalanishga, kitobxonlikka yoshlarni qiziqtirishimiz kerak.
Avazbek To‘rayev
Norin tumani “Qurbon ota” jome
masjidi imom xatibi
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.