Jumladan, shu yil avgust oyida e'tiboran ushbu mamlakatning «Nogoum FM-100.6» va «Nile FM-104.2» radiokanallarida O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlagan radioroliklar misrlik tinglovchilar e'tiboriga havola qilinmoqda. Ushbu materiallar bir oy davomida ushbu kanallar orqali uzatiladi.
Yigirma soniya davom etadigan ingliz va arab tillaridagi mazkur eshittirishlarda mamlakatimizning Ziyorat turizmi imkoniyatlari, islom olamida mashhur bo'lgan Samarqand, Buxoro va Horazm kabi tarixiy shaharlarimiz haqidagi muhim ma'lumotlar o'rin olgan. Shuningdek, Misr aholisi tomonidan qadrlanadigan buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Ibn-Sino, Horazmiy, Zamaxshariy va Imom Moturidiy hayotiga oid muhim dalillar tinglovchilarga etkazilmoqda.
Radio eshittirishlar davomida, misrliklar O'zbekistonga sayyohat qilishga, milliy o'zbek oshxonasi, go'zal tabiat manzaralari va betakror shaharlarimiz arxitekturasidan bahramand bo'lishga da'vat etilyapti.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Madinai munavvara shahridagi «Zamzam Pullman» mehmonxonasida bo‘lib turgan ziyoratchilar bilan suhbatlashdilar. Yurtdoshlarimizdan sog‘liklari, kayfiyatlari, ibodatlarini qanday ado etayotganlari, mehmonxonadagi sharoitlar haqida fikr-mulohazalarini so‘radilar.
Bo‘lajak hojilar ziyorat va ibodatlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlardan nihoyatda mamnunligini bildirishdi. Ayniqsa, mehmonxona Harami sharifga juda yaqinligi yoshi ulug‘ kishilar uchun ham qulay bo‘layotgani, besh mahal namozni Masjidi Nabaviyda ado etishning shukuhi haqida so‘zladilar. Malakali imom-xatiblardan tashkil topgan ellikboshilar, ishchi guruhi, shifokorlar tunu-kun shay turishganini alohida e’tirof etishdi.
Muqaddas zaminda toat-ibodatlarini xotirjam bajarayotgan ziyoratchilar yaqinlari, oila a’zolari qatorida tez-tez el-yurtimiz, davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddilar haqlariga duolar qilib, ofiyat va farovonligimiz bardavomligini Allohdan so‘rashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati