Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa buzg‘unchi oqimlarning xuruji va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va ananalarni asrashga xizmat kilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Ayniksa, insoniyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, ularni manaviy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda davat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir. Bizning islom diniga bo‘lgan ixlosimiz, etiqodimiz va sadoqatimizni butun jaxon ahli ko‘rib bilib turibdi.
So‘ngi yillarga kelib turli mintaqalarda Bslom dinini o‘zlariga niqob qilib olgan manfur kimsalar va toifalar paydo bo‘ldi. Ular jamiyat o‘rtasida buzg‘unchilik, noxaq qon to‘kilishi kabi salbiy holatlarni avj olishiga, xalq tinchligi buzilib, ikki dunyo saodatiga, ezgulikga yetaklovchi islom diniga zarar yetkazib, musulmonlar orasida nizo chikarib, nifoq solishga harakat qilayotganlari jahon afkor ommasiga sir emas. Ular o‘zlarini “Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa” deb elon qilgan holda begunoh musulmonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqdalar hamda qanchadan qancha yurtlarni vayron etmokdalar. Eng achinarlisi ular o‘zlarining buzg‘unchi harakatlarini asoslash uchun muqaddas Quroni karimni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘z maqsadlari yo‘lida dindan foydalanib, odamlarni yo‘ldan ozdirishga urinmoqdalar.
Aslida dunyodagi asosiy dinlardan biri bo‘lgan Islom dini mohiyat va etibori bilan adolat mezoni sifatida jaxon dinlari qatori katta ahamiyatga ega. Quroni karim va hadisi shariflarda kelgan ko‘rsatmalar ana shu adolatni bir jihatdan asoslovchi, yana bir jihatdan esa musulmonlarning etiqodini belgilovchi ilohiy manba xisoblanadi. Umuman olganda, islom dini axloqiy pok insonlarni shakllantirishda va tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan manaviy qadriyatdir. Albatta, yetarli diniy va dunyoviy bilimi bo‘lmagan, miyasidan umuminsoniy qadriyatlar chiqarib tashlangan, ularning o‘rniga aqidaparastlik g‘oyalari kiritilgan “manqurt” insonlar manaviy qashshoq kishiga aylanib koladi. Bunday kishilar asta sekinlik bilan bo‘lsada jamiyatda notinchlik, beqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Islom dini va terrorizm umuman bir biriga yot narsalar ekanini hamisha yodda tutaylik.
M.Xabibullayev
Gurlan tuman bosh imom-xatibi
2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:
– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;
– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;
– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.
– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;
– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.
– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.
Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati