Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Terrorizmga  qarshimiz

29.01.2020   3021   2 min.
Terrorizmga  qarshimiz

Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa buzg‘unchi oqimlarning xuruji va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va ananalarni asrashga xizmat kilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Ayniksa, insoniyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, ularni manaviy  jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda davat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir. Bizning islom diniga bo‘lgan ixlosimiz, etiqodimiz va sadoqatimizni butun jaxon ahli ko‘rib bilib turibdi.

So‘ngi yillarga kelib turli mintaqalarda Bslom dinini o‘zlariga niqob qilib olgan manfur kimsalar va toifalar paydo bo‘ldi. Ular jamiyat o‘rtasida buzg‘unchilik, noxaq qon to‘kilishi kabi salbiy holatlarni avj olishiga, xalq tinchligi buzilib, ikki dunyo saodatiga, ezgulikga yetaklovchi islom diniga zarar yetkazib, musulmonlar orasida nizo chikarib, nifoq solishga harakat qilayotganlari jahon afkor ommasiga sir emas. Ular o‘zlarini “Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa” deb elon qilgan holda begunoh musulmonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqdalar hamda qanchadan qancha yurtlarni vayron etmokdalar. Eng achinarlisi ular o‘zlarining buzg‘unchi harakatlarini asoslash uchun muqaddas Quroni karimni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘z maqsadlari yo‘lida dindan foydalanib, odamlarni yo‘ldan ozdirishga urinmoqdalar.

Aslida dunyodagi asosiy dinlardan biri bo‘lgan  Islom dini mohiyat va etibori bilan adolat mezoni sifatida jaxon dinlari qatori katta ahamiyatga ega. Quroni karim va hadisi shariflarda kelgan ko‘rsatmalar ana shu adolatni bir jihatdan asoslovchi, yana bir jihatdan esa musulmonlarning etiqodini belgilovchi ilohiy manba xisoblanadi. Umuman olganda, islom dini axloqiy pok insonlarni shakllantirishda va tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan manaviy qadriyatdir. Albatta, yetarli diniy va dunyoviy bilimi bo‘lmagan, miyasidan umuminsoniy qadriyatlar chiqarib tashlangan, ularning o‘rniga aqidaparastlik g‘oyalari kiritilgan “manqurt” insonlar manaviy qashshoq kishiga aylanib koladi.  Bunday kishilar asta sekinlik bilan bo‘lsada jamiyatda notinchlik, beqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Islom dini va terrorizm umuman bir biriga yot narsalar ekanini hamisha yodda tutaylik.

 

 M.Xabibullayev

Gurlan tuman bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   4978   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.