Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

G'assol tahoratli bo'lishi kerakmi?

30.01.2024   1863   3 min.
G'assol tahoratli bo'lishi kerakmi?

Cavol: Bir e'tiborli kishi bunday deb aytdi: “Mayyitlarni yuvadigan g'assolning tahoratli bo'lishi shart emas. Doimiy tahoratli yurish va namozdan boshqa o'rinlarda ham tahorat muhim emas. Tahorat faqat besh mahal namoz uchun kerak”. Bu gaplarni ko'p aytadi. Bu borada to'liqroq ma'lumot bersangiz.

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Mayyitni yuvadigan g'assolning tahoratli bo'lishi shart emas. Bu gap to'g'ri, ammo tahoratli holatda g'assollik qilishi mustahab sanaladi. Ya'ni, mayyitni g'usl qildirishda tahoratli bo'lsa, ko'proq ajru savobga erishadi.

“Muhiytul Burhoniy”da bunday deyilgan: “Mayyitni yuvadigan shaxs tahoratli bo'lmog'i kerak. Junub yoki hayzli holatda mayyitni g'usl qildirish makruh sanaladi”. Bu gaplar ko'plab fiqhiy kitoblarimizda, jumladan, “Fatavo Olamgiriya”, “Fatavo Qozixon”, “Durarul hukkam” kitoblarida zikr qilingan.

Yana shuni yaxshi bilish kerakki, dinimizda amallarning turli darajasi bor. Farz, vojib, sunnat, mustahab, va hokazo. Demak, farzdan tashqari vojib, sunnat kabi darajalar ham bor bo'lib, musulmon inson faqatgina farz va vojib bo'lgan amallar bilan cheklanib qolmaydi, balki sunnat va mustahab bo'lgan amallarga ham e'tiborli bo'ladi. Aynan sunnat, nafl amallarni bajarish orqali ko'plab ajru savoblarga erishishdan tashqari qiyomatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga ham musharraf bo'ladi. Hayotiga baraka kiradi, Alloh taologa qurbat hosil qiladi. Hadisi qudsiyda Alloh taolo: “Bandam Menga nafllar bilan yaqin bo'lishda bardavom bo'ladi, hatto Men uni yaxshi ko'rib qolaman...”, degan.

Boshqa bir hadisi sharifda: “Faqat (komil) mo'min davomli tahoratli yura oladi”, deyilgan. (Ibn Moja Abu Umoma al-Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).

Demak, doim tahoratli yurish shariatning farz darajasidagi amal bo'lmasada, mo'l-ko'l savobga sabab bo'ladigan amallar sirasiga kiradi.

Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Nation” gazetasi: O‘zbekistonda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan

24.11.2026   14361   3 min.
“The Nation” gazetasi: O‘zbekistonda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan

Pokistonning “The Nation” gazetasida O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev qalamiga mansub “Yangi O‘zbekistonda inson qadri va diniy bag‘rikenglik” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 Muallif ta’kidlanganidek, bugun O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitish hamda milliy va diniy qadriyatlarini asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi insonning huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

“Inson qadri uchun!” degan ezgu g‘oya davlat siyosatining markaziga chiqarildi.

Bu jarayonlar diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar bilan ham uzviy bog‘liq. Chunki inson qadrini ulug‘lash, uning e’tiqodiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, vijdon erkinligini ta’minlash va turli qarashlarga bag‘rikenglik bilan yondashish barqaror va adolatli jamiyatning muhim shartlaridir.

“Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratildi. Keyinchalik mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bu kafolatlar zamon talablari asosida yanada takomillashtirildi. Bugun mamlakatimizda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan”, – deb yozgan qo‘mita raisi. 

O‘zbekistonning buyuk tarixida ilm-fan va ma’rifat doimo yuksak o‘rin tutgan. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan buyuk allomalarimizning diniy-ma’rifiy merosi ana shu ulkan sivilizatsiyaning ajralmas qismidir.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgani, Bahovuddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ana shu bebaho merosni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi esa bu yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Samarqand zaminida Imom Buxoriy majmuasining qaytadan bunyod etilgani ham o‘zbek xalqining buyuk muhaddis merosiga yuksak ehtiromini ifodalaydi”, – deya qayd etgan Sodiq Toshboyev.

Shuningdek, u bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashab kelayotgani alohida urg‘ulagan.

Inson qadri ulug‘langan, qonun ustuvor bo‘lgan va jamiyatda o‘zaro hurmat qaror topgan yurtda iqtisodiy taraqqiyot ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi. O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar tashqi siyosati ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

 Muallif maqolasini “Tinchlik va osoyishtalikni asrash, inson qadrini ulug‘lash, vijdon erkinligini ta’minlash, ilm-ma’rifatni yuksaltirish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, turli millat va konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash Yangi O‘zbekistonning yorug‘ kelajagini bunyod etish yo‘lidagi eng muhim vazifalarimizdir”, – degan so‘zlar bilan yakunlagan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari