Ziyoratchilarga qulay sharoit qilish maqsadida Masjidun Nabaviyga 25 mingdan ortiq gilam to'shaldi, - deya xabar berdi“Saudi Press” agentligi.
“Arabnews” xabariga ko'ra, gilamlar masjid ichi, hovlilar va tomlariga yotqizilib, har kuni tozalanadi va toza va xushbo'y hid taratishi uchun eng yaxshi mushklar sepiladi.
Mazkur gilamlar chidamliligi va qalinligi bilan ajralib turadi. Har bir gilamga elektron chip o'rnatilgan bo'lib, uning joylashuvi, yuvish, tozalash, hushbo'ylik sepish va ko'chirish vaqtlari kuzatib boriladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#Obuna_2026
Aziz mutolaa shaydolari!
2026 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.
Siz sevgan nashrlar – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi, shuningdek, qoraqalpoq tilidagi «Hidayat» jurnali va «Islam nuri» gazetalari yildan-yilga mazmunan boy va shaklan chiroy ochib, obunachilarga tobora manzur bo‘lmoqda.
Azizlar! «Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal» shiorini mahkam tutaylik. Oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni ilm-ma’rifat nuridan bahramand eting! Nashrlarimizga obuna bo‘ling!
Obuna bo‘lish uchun (http://obuna.hidoyat.uz/)
(71) 240 08 23
Yoki o‘zingizga yaqin bo‘lgan masjitga murojaat qiling!
Hidoyat.uz