*** G‘uslni vojib qiladagan narsalar ***
Quyidagi barcha hollarda g‘usl qilish farz:
Saxih hukmga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sabablar kishining Islomni qabul qilishidan avval sodir bo‘lsa ham, musulmon bo‘lganidan so‘ng g‘usl qilishi lozim. Ya’ni bir kishi Islomni qabul qilmasidan avval bu sabablardan birini bajardi, so‘ng musulmon bo‘ldi. Uning g‘usl qilishi farzdir.
Mayitni yuvmoq farzi kifoyadir.
*** G‘uslning hikmatlari ***
Yer yuzida hech qanday din, hech qanday tuzum tozalikka Islom dini kabi katta ahamiyat bermagan. Qur’oni karimda insonlar pok bo‘lishga chaqirilgan ko‘plab oyatlar mavjud. Tozalikning ahamiyatini, poklanishning turli shakllarini, tozalikka qattiq rioya etgan musulmonlarning Alloh nazdidagi e’tibor va darajalari g‘oyat kuchli va ta’sirli jumlalar bilan ifoda qilingan hadislar shu qadar ko‘pki, mo‘tabar hadis to‘plamlarida ularga alohida bo‘limlar ajratilgan. Mashhur mazhab imomlari ham ushbu poklanish shakllari masalasida eng ko‘p bahs yuritishgan. Har bir musulmonning qilishi yoki qilmasligi zarur bo‘lgan harakatlarini aniqlab berish uchun buyuk olimlar tomonidan ta’lif qilingan fiqh kitoblarida tozalik doimo dastlabki, eng katta mavzu hisoblanadi.
Islomiyatda deyarli hech qanday ibodat yoki amal yo‘qki, unga tegishli bir tozalik odobi zikr qilingan bo‘lmasin. Taom yeysizmi, avvalo qo‘llaringizni yuvishingiz kerak, dasturxondan turgach, yana qo‘llaringizni yuvasiz. Qur’oni karimni qo‘lga olib, o‘kimoqchimisiz? Buni tahoratsiz yo junub holda qilsangiz, gunohkor bo‘lasiz.
Har kuni besh vaqt namozni faqat tahoratli holda o‘qishingiz mumkin. Yaxshi mo‘min bo‘lsangiz, xar hafta juma namoziga bormasdan avval, junub bo‘lmasangiz ham yaxshilab yuvinib olasiz.
Safarga chiqmoqchimisiz, darhol tahorat qilib olishingiz kerak. Uxlamoqchi bo‘lsangiz, tahoratli holda yotoqqa kirishingiz go‘zaldir. Hatto qo‘lingizdan kelsa, hech qachon tahoratsiz yurmasligingiz lozim. Junub bo‘lgan holda masjidga kirish joiz emas. Junub holda katta uzr bo‘lsagina, shunda ham, tahorat olib, qo‘llarni yuvib, og‘izni chaygach, ovqat yeyishga ruxsat berilgan.
Hajga bormoqchimisiz? Ehromga kirmasdan avval g‘usl qilishingiz, agar iloji bo‘lmasa, tahorat olishingiz zarur. Ka’bani betahorat tavof qila olmaysiz, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, muborak qabrlarini tahoratli holda ziyorat qilishingiz mumkin. Liboslaringiz, taomingizni, namoz o‘qiydigan joyingiz, yotog‘ingiz ko‘zga ko‘ringan va ko‘rinmaydigan barcha harom, najaslardan pok bo‘lishi Alloh taoloning turli oyatlar va takror-takror bandalariga eslatib o‘tgan buyruqlaridir. Oyatda aytilganidek, "Alloh taolo pokdir va pok bo‘lganlarni sevguvchidir".
Suv tanqis va noyob bo‘lgan sahrolar yurti Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dinining salkam bir yarim ming yil avval ham tozalikka bu qadar katta ahamiyat bergani hammani hayratga soluvchi mo‘jizadir. Holbuki, Islom kelganidan yuz yillar keyin ham daryolar, ko‘llar, dengizlarga boy bo‘lgan Ovrupada iflosliklar tufayli vabo, ichterlama kabi o‘ta yuqumli kasalliklardan odamlar qirilib ketar edi.
Insoniyat dunyoga kelganidan to bugungacha, Islomning tozalikka benazir e’tibori tufayli u kirib borgan mamlakatlarning hech birida ifloslik sababli ommaviy o‘lim hodisalari kuzatilgan emas.
Islom dinida barcha ibodatlar moddiy va ma’naviy poklikka yetaklovchi vositalardir.
Zakot mol-dunyoga berilishdan, xasislikdan qalbni tozalash bilan birga, uni Alloh yo‘lida mol-mulkidan xolis fidokorlik qilishga o‘rgatadi.
Ro‘za to‘yish nimaligini bilmaydigan nafsning iroda bilan, qisqa muddat bo‘lsa ham, jilovlanib, iflos va jirkanch joylardan qutulish sari tashlangan qadamdir.
Besh vaqt namoz insonni Allohdan uzoqlashtiruvchi, qalb va fikrni bulg‘ovchi narsalar zangini ketkazishning umrboqiy rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirishga o‘xshaydi.
Haj esa tor fikr va g‘arib tuyg‘ular, dunyoviy hislar illatidan poklanish uchun islomiyatning billurdek sof, shonli o‘tmishini yodga olish, muborak diyorlarga borib, Baytullohni tavof etish, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ravzalarini, qahramon sahobalarni ziyorat qilishdir. Haj qalbni Allohdan boshqa narsalarga bog‘lanish dog‘idan tozlovchi eng oliy ibodatdir. Xulosa qilib aytsak, Islom tozalikni sevadiganlar, zohiri va botini pok bo‘lganlarning dinidir.
Islomda hech bir ibodat ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zini yaxshi ko‘rsatish, riyo uchun bo‘lmaganidek, poklik ham kishini boshqalarning pok, chiroyli, deb maqtashlari uchun emas.
Mo‘min kishi boshqalarga chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki nafsini tahlil qilish va dinimiz buyurgan amrlarga itoat qilish uchun poklanadi. U faqat zohiran pok ko‘rinib, boshqalarni aldanshi katta gunoh deb biladi. Tahoratli va junub bo‘lmagan mo‘min bilan betahorat, junub, dinsiz kishini yonma-yon qo‘ysinlar. Ularning tashqi ko‘rinishida katta bir farq sezmaysiz. Lekin mo‘min junub holida juda ham bezovta va behuzur bo‘ladi, hatto yotog‘ida ham uxlay olmaydi, faqat g‘usl qilganidan keyingina ko‘ngli tinchlanadi.
*** Junub bo‘lgach, nima uchun g‘usl qilamiz? ***
Janobatning sababi bo‘lgan maniy vujudning har tomonidan sizilib kelaroq tashqariga chiqadi, butun tanamiz «mahsuloti» bo‘lgan bu najosatdan poklanish uchun vujudni batamom yuvishdek aqlga mone boshqa qanday amal bo‘lishi mumkin? Tibbiyotda aniq isbot qilinganki, janobatga sabab bo‘ladigan harakatlar, ichki va tashqi a’zolarning juda ham tezkor faoliyati, xuddi inson o‘z shuurini yo‘qotib qo‘yadigandek bir junbushga kelishi natijasida yuz beradi. Tana juda katta kuch sarflaydi, qon aylanishi va nafas olish tezlashadi. Shuning uchun ham maniy ajralib chiqqach, inson charchoq, darmonsizlik his qiladi. Shu bois a’zolarni avvalgi mo‘tadil holatiga qaytarish, toza havo bilan ta’minlash uchun dinimiz boshdan-oyoq yuvinishni buyuradi. Bugun ham salomatlik mavzuidagi kitoblarda, janobatdan so‘ng yuvinish juda foydali ekani ko‘p ta’kidlanadi.
Jinsiy aloqa farzand dunyoga kelishininng bir sababidir. Farzand din va jamiyat uchun foydali, yoki aksincha zararli inson bo‘lishi ham mumkin. Shu bois farzandni dunyoga keltirish ulug‘, ayni paytda, juda katta mas’uliyatdir. Farzand solih odam bo‘lsa, o‘tib ketgan ota-onasining amal daftariga davomli savob yozilib turishi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, hadislarida zikr qilingan. Bunday avlodni voyaga yetkazish ham dunyoda, ham oxiratda juda katta baxtdir. Ammo farzand dinga, jamiyatga zarar keltiradigan bo‘lsa, avvalo, ota-onaning ko‘p yuragi siqiladi.
Shuning uchun ham janobatdan so‘ng g‘usl qilgan musulmon er-xotin Alloh taologa shunday yolvorayotgandek bo‘ladilar: "Yo Rabbiy, hozirgina ketgan hirsiy holatimizdan qutulib, senga yuzlanamiz. Senga faqat pok holdagina yuzlana olamiz. Agar bu qo‘shilish farzand tug‘ilishiga sabab bo‘lsa, dinimizga, insoniyatga va bizlarga xayrli avlod bo‘lishini so‘raymiz. Sen hamma narsaga Qodir Zotsan!"
Alloh barchamizni zohiran va botinan pok musulmonlardan qilsin! Omin...
*** G‘uslni vojib vdpmaydigan narsalar ***
Kuyidaga hollarda g‘usl qilish vojib emasdir:
Ayollar bilan aloqa qilinganida maniy kelmasa ham, g‘usl vojib bo‘ladi.
*** G‘uslning farzlari ***
G‘uslning uchta farzi bor.
Quyidagilar g‘uslning vojiblaridir:
Izoh: G‘uslda ayollar o‘rilgan sochlarini yechishlari shart emasligiga quyidagi hadisi sharif dalildir: «Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, zavjalaridan Ummu Salama, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: «Men Rasulullohdan, sollallohu alayhi va sallam, yuvinayotganimda o‘rilgan sochlarimni yechishim lozimmi, deb so‘radim. Ul zot, sollallohu alayhi va sallam, "Boshingga uch marta suv quyishing, so‘ngra vujudingning qolgan joylariga suv yetkazib poklanishing kifoyadir", deb javob berdilar».
*** G‘uslning sunnatlari ***
G‘uslning o‘n ikkita sunnati bor.
*** G‘usl odobi va makruhlari ***
G‘usl qilish odobi tahorat olish odobi kabi bo‘lib, faqat g‘uslda qibla tomonga yuzlanmaydi. Chunki g‘uslda avrat joylar ochiq bo‘lishi mumkin.
Izoh: Nopok joy bo‘lgani uchun, yalang‘och holda, duo o‘qish uchun bo‘lsa ham hammomda gapirmaslik mustahabdir. Avrat joylariga qarashi harom bo‘lgan kishilar ko‘rmaydigan pana joyda yuvinish ham mustahabdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo hayo sohibidir, yashiringan Zotdir. Shu bois hayoli va avrat joylarini yashirgan kishini sevadi. Sizlardan bir kishi yuvinayotganda odamlar ko‘rmaydigan, pana joyni tanlasin", mazmunidagi hadislari bilan mazkur masalada musulmonlar qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib berganlar. Ayollar ham boshqa ayollar orasida yuvinishga majbur bo‘lsalar, boshqalar ko‘rmaydigan pana joy topishlari zarur. Erkaklar orasida esa ayollar yuvinishni boshqa qulayroq vaqtga qoldiradilar. Xoli joyda g‘usl uchun yechingan odamning avratini boshqa odam ko‘rib qolganida, yuvinayotgan kishi emas, unga qaragan odam gunohkor bo‘ladi.
Tahoratdagi maqruh holatlar g‘uslda ham maqruhdir.
*** Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari ***
To‘rt amal uchun g‘usl qilish sunnatdir:
*** Quyidaga o‘n olti holatda g‘usl qilish mustahabdir:
Takrorlash uchun savollar
KЕYINGI MAVZULAR:
TAYAMMUM:
Tayammmumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari;
Tayammumning ruknlari;
Tayammumning sunnatlari;
Suvni axtarish;
Tayammum qilib namoz o‘qish;
Yarasi bor kishilar nima qiladi?
Tayammumni buzadigan narsalar;
Qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishilar.
MAS'H BO‘LIMI:
Mahsiga mas'h tortish;
Mahsiga mas'h tortishning joiz bo‘lish shartlari;
Mas'hning muddati;
Mas'hning farzi;
Mas'hning sunnatlari;
Mas'hni buzuvchi sabablar;
Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida;
Takrorlash uchun savollar;
O‘tgan solih zotlar jamoat bilan namoz o‘qiyolmay qolsalar, bir-birlariga ta’ziya izhor qilishar ekan. Shunday zotlardan biri Hotamul Asom aytadi: “Men jamoatga ulgurmay qoldim, shunda menga Abu Is'hoq Buxoriyning bir o‘zi ta’ziya bildirdi. Agarda o‘g‘lim o‘lib qolsa minglab odamlar ta’ziya izhor qilishadi. Buning sababi odamlar nazdida din musibati dunyo musibatlaridan ko‘ra arzimas sanalganidandir”.
Bugungi kunda oramizda qanchalab odamlar jamoat namozlarini o‘tkazib yuboradilar, jiddiy e’tibor qaratmaydilar. Ba’zida ish, g‘am-tashvishlarning ko‘pligini bahona qilamiz, to‘g‘rimi?! Yana ko‘plar tuni bilan uxlamasdan, bomdod namoziga yaqin uxlab qolishlari ham bor gap.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Zimistonda masjidlar sari odim tashlovchilarga qiyomat kunidagi tamomiy nurning xushxabarini beringlar”[1] deganlarini nahot eshitmagansiz?!
Shayton sizning ustingizdan g‘alabaga erishib, namozda xotirjamligingizni ketkazishiga imkon bermang!
Omir ibn Abdulloh o‘lim to‘shagida yotganlarida azon ovozini eshitib: “Meni qo‘limdan tutinglar”, dedilar. Omir ibn Abdullohga “Axir siz betobsiz-ku”, deyishganida: “Allohning chaqirig‘ini eshitib turib, unga rioya qilmaymanmi”, dedilar. Keyin u kishini qo‘lidan ushlab turg‘izishdi. Masjidda imom bilan shom namozining bir rakatini o‘qidilar va jon taslim qildilar.
Yana bir misol: Sufyon ibn Uyayna azon aytilishidan ilgari namozga borishga ishtiyoqmand bo‘lganlar va doim: “Namozga azon aytilmagunicha masjidga kelib turmaydigan yomon qul bo‘lma. Chunki yomon qul chaqirmaguningcha kelmaydi”, der edilar.
Oisha roziyallohu anho onamiz aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan suhbatlashib o‘tirardik, u zot ham biz bilan gaplashib o‘tirardilar. Bordi-yu, namoz vaqti kirib qolsa, bir-birimizni tanimaganday bo‘lib olardik”[2].
Shukrki, oramizda masjidda birinchi safga joylashish uchun g‘ayrat qiluvchilar ko‘payib bormoqda. Nabiy alayhissalom: “Agarda odamlar azonda va birinchi safda nimalar borligini bilishsa edi, unga erishish uchun qur’a tashlashdan boshqa chora bo‘lmasa, albatta, qur’a tashlagan bo‘lardilar”, deganlar.
Said ibn Musayyab aytadi: “Men ellik yildan beri biror marta birinchi takbirni o‘tkazib yubormaganman. Ellik yildan buyon namozda birorta kishining boshining orqasiga qaragan emasman”.
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyati.
[2] Mursal hadis. Iroqiyning “Ihyo”ga yozgan taxrijiga qarang (1, 205).