Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Nurul izoh: G‘uslni vojib qiladagan narsalar

19.11.2019   27471   15 min.
Nurul izoh: G‘uslni vojib qiladagan narsalar

*** G‘uslni vojib qiladagan narsalar ***

Quyidagi barcha hollarda g‘usl qilish farz:

  1. Jimo (jinsiy aloqa) bo‘lmasa-da, maniyning o‘rnidan shahvat bilan ajralib vujud tashqarisiga chiqishi.
  2. Hashafaning (erkaklar jinsiy a’zosining sunnat qilingan qismi) tirik insonning ikki (old va orqa) yo‘lidan biriga kirishi.
  3. (Harom bo‘lsa ham) hayvon yoki o‘lik bilan qilingan jinsiy aloqada maniy kelishi.
  4. Uxlamasdan avval jinsiy a’zo tarang bo‘lmasa-da, uyg‘ongach (kishining avrat joylarida yoki ichki kiyimida), quyuq suv bo‘lishi.
  5. Mastlik yoki hushidan ketganidan so‘ng o‘ziga kelgach, (ichki kiyimida) maniydan namlik bo‘lsa.
  6. Hayz.
  7. Nifos.

Saxih hukmga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sabablar kishining Islomni qabul qilishidan avval sodir bo‘lsa ham, musulmon bo‘lganidan so‘ng g‘usl qilishi lozim. Ya’ni bir kishi Islomni qabul qilmasidan avval bu sabablardan birini bajardi, so‘ng musulmon bo‘ldi. Uning g‘usl qilishi farzdir.

Mayitni yuvmoq farzi kifoyadir.

 

*** G‘uslning hikmatlari ***

Yer yuzida hech qanday din, hech qanday tuzum tozalikka Islom dini kabi katta ahamiyat bermagan. Qur’oni karimda insonlar pok bo‘lishga chaqirilgan ko‘plab oyatlar mavjud. Tozalikning ahamiyatini, poklanishning turli shakllarini, tozalikka qattiq rioya etgan musulmonlarning Alloh nazdidagi e’tibor va darajalari g‘oyat kuchli va ta’sirli jumlalar bilan ifoda qilingan hadislar shu qadar ko‘pki, mo‘tabar hadis to‘plamlarida ularga alohida bo‘limlar ajratilgan. Mashhur mazhab imomlari ham ushbu poklanish shakllari masalasida eng ko‘p bahs yuritishgan. Har bir musulmonning qilishi yoki qilmasligi zarur bo‘lgan harakatlarini aniqlab berish uchun buyuk olimlar tomonidan ta’lif qilingan fiqh kitoblarida tozalik doimo dastlabki, eng katta mavzu hisoblanadi.

Islomiyatda deyarli hech qanday ibodat yoki amal yo‘qki, unga tegishli bir tozalik odobi zikr qilingan bo‘lmasin. Taom yeysizmi, avvalo qo‘llaringizni yuvishingiz kerak, dasturxondan turgach, yana qo‘llaringizni yuvasiz. Qur’oni karimni qo‘lga olib, o‘kimoqchimisiz? Buni tahoratsiz yo junub holda qilsangiz, gunohkor bo‘lasiz.

Har kuni besh vaqt namozni faqat tahoratli holda o‘qishingiz mumkin. Yaxshi mo‘min bo‘lsangiz, xar hafta juma namoziga bormasdan avval, junub bo‘lmasangiz ham yaxshilab yuvinib olasiz.

Safarga chiqmoqchimisiz, darhol tahorat qilib olishingiz kerak. Uxlamoqchi bo‘lsangiz, tahoratli holda yotoqqa kirishingiz go‘zaldir. Hatto qo‘lingizdan kelsa, hech qachon tahoratsiz yurmasligingiz lozim. Junub bo‘lgan holda masjidga kirish joiz emas. Junub holda katta uzr bo‘lsagina, shunda ham, tahorat olib, qo‘llarni yuvib, og‘izni chaygach, ovqat yeyishga ruxsat berilgan.

Hajga bormoqchimisiz? Ehromga kirmasdan avval g‘usl qilishingiz, agar iloji bo‘lmasa, tahorat olishingiz zarur. Ka’bani betahorat tavof qila olmaysiz, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, muborak qabrlarini tahoratli holda ziyorat qilishingiz mumkin. Liboslaringiz, taomingizni, namoz o‘qiydigan joyingiz, yotog‘ingiz ko‘zga ko‘ringan va ko‘rinmaydigan barcha harom, najaslardan pok bo‘lishi Alloh taoloning turli oyatlar va takror-takror bandalariga eslatib o‘tgan buyruqlaridir. Oyatda aytilganidek, "Alloh taolo pokdir va pok bo‘lganlarni sevguvchidir".

Suv tanqis va noyob bo‘lgan sahrolar yurti Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dinining salkam bir yarim ming yil avval ham tozalikka bu qadar katta ahamiyat bergani hammani hayratga soluvchi mo‘jizadir. Holbuki, Islom kelganidan yuz yillar keyin ham daryolar, ko‘llar, dengizlarga boy bo‘lgan Ovrupada iflosliklar tufayli vabo, ichterlama kabi o‘ta yuqumli kasalliklardan odamlar qirilib ketar edi.

Insoniyat dunyoga kelganidan to bugungacha, Islomning tozalikka benazir e’tibori tufayli u kirib borgan mamlakatlarning hech birida ifloslik sababli ommaviy o‘lim hodisalari kuzatilgan emas.

Islom dinida barcha ibodatlar moddiy va ma’naviy poklikka yetaklovchi vositalardir.

Zakot mol-dunyoga berilishdan, xasislikdan qalbni tozalash bilan birga, uni Alloh yo‘lida mol-mulkidan xolis fidokorlik qilishga o‘rgatadi.

Ro‘za to‘yish nimaligini bilmaydigan nafsning iroda bilan, qisqa muddat bo‘lsa ham, jilovlanib, iflos va jirkanch joylardan qutulish sari tashlangan qadamdir.

Besh vaqt namoz insonni Allohdan uzoqlashtiruvchi, qalb va fikrni bulg‘ovchi narsalar zangini ketkazishning umrboqiy rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirishga o‘xshaydi.

Haj esa tor fikr va g‘arib tuyg‘ular, dunyoviy hislar illatidan poklanish uchun islomiyatning billurdek sof, shonli o‘tmishini yodga olish, muborak diyorlarga borib, Baytullohni tavof etish, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ravzalarini, qahramon sahobalarni zi­yorat qilishdir. Haj qalbni Allohdan boshqa narsalarga bog‘lanish dog‘idan tozlovchi eng oliy ibodatdir. Xulosa qilib aytsak, Islom tozalikni sevadiganlar, zohiri va botini pok bo‘lganlarning dinidir.

Islomda hech bir ibodat ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zini yaxshi ko‘rsatish, riyo uchun bo‘lmaganidek, poklik ham kishini boshqalarning pok, chiroyli, deb maqtashlari uchun emas.

Mo‘min kishi boshqalarga chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki nafsini tahlil qilish va dinimiz buyurgan amrlarga itoat qilish uchun poklanadi. U faqat zohiran pok ko‘rinib, boshqalarni aldanshi katta gunoh deb biladi. Tahoratli va junub bo‘lmagan mo‘min bilan betahorat, junub, dinsiz kishini yonma-yon qo‘ysinlar. Ularning tashqi ko‘rinishida kat­ta bir farq sezmaysiz. Lekin mo‘min junub holida juda ham bezovta va behuzur bo‘ladi, hatto yotog‘ida ham uxlay olmaydi, faqat g‘usl qilganidan keyingina ko‘ngli tinchlanadi.

 

*** Junub bo‘lgach, nima uchun g‘usl qilamiz? ***

Janobatning sababi bo‘lgan maniy vujudning har tomonidan sizilib kelaroq tashqariga chiqadi, butun tanamiz «mahsuloti» bo‘lgan bu najosatdan poklanish uchun vujudni batamom yuvishdek aqlga mone boshqa qanday amal bo‘lishi mumkin? Tibbiyotda aniq isbot qilinganki, janobatga sabab bo‘ladigan harakatlar, ichki va tashqi a’zolarning juda ham tezkor faoliyati, xuddi inson o‘z shuurini yo‘qotib qo‘yadigandek bir junbushga kelishi natijasida yuz beradi. Tana juda katta kuch sarflaydi, qon aylanishi va nafas olish tezlashadi. Shuning uchun ham maniy ajralib chiqqach, inson charchoq, darmonsizlik his qiladi. Shu bois a’zolarni avvalgi mo‘tadil holatiga qaytarish, toza havo bilan ta’minlash uchun dinimiz boshdan-oyoq yuvinishni buyuradi. Bugun ham salomatlik mavzuidagi kitoblarda, janobatdan so‘ng yuvinish juda foydali ekani ko‘p ta’kidlanadi.

Jinsiy aloqa farzand dunyoga kelishininng bir sababidir. Farzand din va jamiyat uchun foydali, yoki aksincha zararli inson bo‘lishi ham mumkin. Shu bois farzandni dunyoga keltirish ulug‘, ayni paytda, juda katta mas’uliyatdir. Far­zand solih odam bo‘lsa, o‘tib ketgan ota-onasining amal daftariga davomli savob yozilib turishi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, hadislarida zikr qilingan. Bunday avlodni voyaga yetkazish ham dunyoda, ham oxiratda juda katta baxtdir. Ammo farzand dinga, jamiyatga zarar keltiradigan bo‘lsa, avvalo, ota-onaning ko‘p yuragi siqiladi.

Shuning uchun ham janobatdan so‘ng g‘usl qilgan musulmon er-xotin Alloh taologa shunday yolvorayotgandek bo‘ladilar: "Yo Rabbiy, hozirgina ketgan hirsiy holatimizdan qutulib, senga yuzlanamiz. Senga faqat pok holdagina yuzlana olamiz. Agar bu qo‘shilish farzand tug‘ilishiga sabab bo‘lsa, dinimizga, insoniyatga va bizlarga xayrli avlod bo‘lishini so‘raymiz. Sen hamma narsaga Qodir Zotsan!"

Alloh barchamizni zohiran va botinan pok musulmonlardan qilsin! Omin...

 

*** G‘uslni vojib vdpmaydigan narsalar ***

Kuyidaga hollarda g‘usl qilish vojib emasdir:

  1. Maziy, ya’ni jinsiy lazzat olmasdan, shahvat paytida kelgan quyuq suv.
  2. Vadiy, ya’ni bavl qilmasdan avval yoki undan so‘ng, ba’zan og‘ir narsa ko‘targanida, keladigan oq suyuqlik. (Maziy va vadiy tahoratni ketkazsa ham, g‘usl qilish shart emas. Ikkalasi ham siydik hukmidadir).
  3. Ehtilom bo‘lgandek uyg‘onsa-yu, maniy chiqmasa, ichki kiyimda namlik ko‘rilmasa, g‘usl qilish shart emas.
  4. Inzol (ehtilom) bo‘lmagan holda, hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish (Shofe’iy mazhabida bu g‘uslni vo­jib qiladi).
  5. (Juda jirkanch va harom ish bo‘lsa ham, hukm jihatidan) inzol yuz bermagan holda o‘lik bilan jinsiy aloqa qilish (bunday nomaqbul aloqada shahvoniy lazzat kuchli bo‘lmaganidan inzol yuz bermaydi).

Ayollar bilan aloqa qilinganida maniy kelmasa ham, g‘usl vojib bo‘ladi.

  1. Inzol yuz bermasdan va qizlik iffatini buzmagan holda yaqinlik qilish (chunki qizlik iffatining buzilmasligi junub bo‘ladigan darajada jinsiy aloqa sodir etmaganidan dalolatdir).

 

*** G‘uslning farzlari ***

G‘uslning uchta farzi bor.

  1. Og‘zni yuvmoq.
  2. Burunni achishtirib chaymoq.
  3. Butun tanani ishqalab yuvmoq.

Quyidagilar g‘uslning vojiblaridir:

  1. Qiyinchiliksiz ochiladigan, sunnat qilinmagan terining ichini yuvish.
  2. Kindik chuqurchasining ichini yuvmoq.
  3. Quloqdagi sirg‘a taqiladigan teshikcha ichini yuvish.
  4. Erkaklarning o‘rilgan sochlarini yechib yuvishi, ayollar o‘rilgan sochning ostita suv yetkazishsa, kifoya.
  5. Qalin bo‘lsa ham, soqol tublarini yuvish.
  6. Mo‘ylab tublarini yuvish,
  7. Qoshlarning ostilarini yuvish.
  8. Ayollarning farj va maq’adni, erkaklarning esa maq’adning tashqi qismini yuvishi.

Izoh: G‘uslda ayollar o‘rilgan sochlarini yechishlari shart emasligiga quyidagi hadisi sharif dalildir: «Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, zavjalaridan Ummu Salama, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: «Men Rasulullohdan, sollallohu alayhi va sallam, yuvinayotganimda o‘rilgan sochlarimni yechishim lozimmi, deb so‘radim. Ul zot, sollallohu alayhi va sallam, "Boshingga uch marta suv quyishing, so‘ngra vujudingning qolgan joylariga suv yetkazib poklanishing kifoyadir", deb javob berdilar».

 

*** G‘uslning sunnatlari ***

G‘uslning o‘n ikkita sunnati bor.

  1. G‘uslni "Bismillah" bilan boshlamoq.
  2. Niyat qilmoq.
  3. Qo‘llarni oshig‘i bilan yuvmoq.
  4. Badanga najosat tekkan bo‘lsa, avval uni tozalamoq.
  5. Avratlarini yuvmoq.
  6. G‘usldan avval tahorat kilmoq (xuddi namozga tahorat qilgandek, a’zolarini uch martadan yuvadi va boshga mas'h tortadi, faqat oyoqlari ostiga suv to‘planadigan bo‘lsa, oyoq yuvishni g‘usl oxiriga qoldiradi).
  7. Har bir a’zoga uch martadan suv quymoq, oqava suv yoki uning hukmidagi suvda sho‘ng‘ib cho‘milsa, (tahorat va g‘usl qilishga ketgan muddat miqdoricha suvda qolsa) sunnat bajarilgan bo‘ladi.
  8. Suv quyishni boshdan boshlamoq.
  9. So‘ngra o‘ng yelkadan quymoq.
  10. So‘ngra chap yelkadan quymoq.
  11. Birinchi quyishda badanni ishqalamoq.
  12. Barcha a’zolarni beto‘xtov, ketma-ket yuvmoq.

 

*** G‘usl odobi va makruhlari ***

G‘usl qilish odobi tahorat olish odobi kabi bo‘lib, faqat g‘uslda qibla tomonga yuzlanmaydi. Chunki g‘uslda av­rat joylar ochiq bo‘lishi mumkin.

Izoh: Nopok joy bo‘lgani uchun, yalang‘och holda, duo o‘qish uchun bo‘lsa ham hammomda gapirmaslik mustahabdir. Avrat joylariga qarashi harom bo‘lgan kishilar ko‘rmaydigan pana joyda yuvinish ham mustahabdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo hayo sohibidir, yashiringan Zotdir. Shu bois hayoli va avrat joylarini yashirgan kishini sevadi. Sizlardan bir kishi yuvinayotganda odamlar ko‘rmaydigan, pana joyni tanlasin", mazmunidagi hadislari bilan mazkur masalada musulmonlar qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib berganlar. Ayollar ham boshqa ayollar orasida yuvinishga majbur bo‘lsalar, boshqalar ko‘rmaydigan pana joy topishlari zarur. Erkaklar orasida esa ayollar yuvinishni boshqa qulayroq vaqtga qoldiradilar. Xoli joyda g‘usl uchun yechingan odamning avratini boshqa odam ko‘rib qolganida, yuvinayotgan kishi emas, unga qaragan odam gunohkor bo‘ladi.

Tahoratdagi maqruh holatlar g‘uslda ham maqruhdir.

 

*** Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari ***

To‘rt amal uchun g‘usl qilish sunnatdir:

  1. Juma namozi uchun.
  2. Hayit namozlari uchun.
  3. Haj va umra niyatida ehromga kirish uchun.
  4. Arafotda vuquf qilish uchun.

 

*** Quyidaga o‘n olti holatda g‘usl qilish mustahabdir:

  1. Janobat, hayz va nifosdan pok holda Islomni qabul qilganida.
  2. Yoshi jihatidan, hukman balog‘atga yetganida (15 yoshga to‘lgan o‘g‘illar va 12 yoshga to‘lgan qizlar ehtilom va hayz ko‘rmagan bo‘lsalar-da, hukman bolig‘ va mukallaf hisoblanadi).
  3. Mastlik va telbalik bois hushidan ketib, so‘ng o‘ziga kelganda.
  4. Qon oldirganidan so‘ng.
  5. Mayitni yuvishdan oldin.
  6. Baroat (Sha’bon oyining 15-dan 16-ga o‘tar) kechasini ibodat bilan o‘tkazish niyatida.
  7. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish maqsadida.
  8. Madinai Munavvaraga kirish uchun.
  9. Qurbon hayiti kuni tongda Muzdalifada turish uchun.
  10. Makkai Mukarramaga ziyorat tavofi uchun kirishda.
  11. Quyosh yo oy tutilganida o‘qiladigan namoz uchun.
  12. Yomg‘ir so‘rab duo qilishga chiqish oldidan.
  13. Biror narsadan qo‘rqqanida o‘qiladigan namoz uchun.
  14. Kunduzi (tuman kabi) zim-ziyolikdan qo‘rqib o‘qiladigan namoz uchun.
  15. Kechayu kunduz davom etgan qattiq shamoldan qutulish niyatida o‘qiladigan namoz uchun.
  16. Har qanday gunohdan tavba qilish uchun.

 

Takrorlash uchun savollar

  1. Tahoratni ta’riflang. Poklanish joiz bo‘lgan suvlar haqida gapirib bering.
  2. Ikki xil sifati bo‘lgan suyuqliklar qachon tabiiy suvni o‘zgartirgan bo‘ladi? Sifati yo‘q suyuqliklar-chi?
  3. Qoldiq suvni ta’riflab, uning turlarini, har bir turning hukmlarini aytib bering. Aksar qismi toza bo‘lgan suv idishlari hukmi bilan nopok va toza kiyimlarning aralashib ketishi orasidagi farqni bayon qiling.
  4. Najas tushib ketganida, katta quduq bilan kichik quduq orasidagi farqni aytib bering. Qo‘y va tuya qumalog‘i bilan quduq suvi qanday holatlarda iflos hisoblanadi?
  5. Quduq suvi inson najosatidan qancha tushsa iflos bo‘ladi? Agar suvga xachir, eshak go‘ngi, so‘laklari tushsa, hukmi qanday bo‘ladi?
  6. Istinjo qachon sunnat, qachon vojib, qachon farz bo‘ladi? Erkak bilan ayol istinjosi orasidagi farqni ayting, istinjoda ko‘llash makruh bo‘lgan narsalarni bayon qiling.
  7. Tahoratning ruknlari, sabablari, hukmi, uni vojib qiladigan hollar, durustligining shartlari va makruhlarini tushuntirib bering.
  8. Tahorat qachon farz, qachon vojib va qachon mustahab bo‘ladi?
  9. Tahoratni buzadigan va buzmaydigan narsalardan beshta-beshtasini aygib bering.
  10. G‘uslni vojib qiladigan hamda vojib qilmaydigan narsalarni aytib bering.
  11. G‘uslning farz va sunnatlarini bayon qiling.
  12. G‘usl qilshp odobi, makruhlarini va g‘usl qachon sunnat, qachon mustahab bo‘lishini bayon qiling.

 

KЕYINGI MAVZULAR:

 

TAYAMMUM:

Tayammmumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari;

Tayammumning ruknlari;

Tayammumning sunnatlari;

Suvni axtarish;

Tayammum qilib namoz o‘qish;

Yarasi bor kishilar nima qiladi?

Tayammumni buzadigan narsalar;

Qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishilar.

MAS'H BO‘LIMI:

Mahsiga mas'h tortish;

Mahsiga mas'h tortishning joiz bo‘lish shartlari;

Mas'hning muddati;

Mas'hning farzi;

Mas'hning sunnatlari;

Mas'hni buzuvchi sabablar;

Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida;

Takrorlash uchun savollar;

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston hojilarining Prezident Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigi

05.06.2025   11874   4 min.
O‘zbekiston hojilarining Prezident Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Bismillahir Rohmanir Rohim

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

 

Alloh taologa behisob shukrki, Sizning bevosita tashabbuslaringiz va sa’y-harakatlaringiz bilan haj amallarini yuqori saviyada tashkil etishga muvaffaq bo‘lmoqdamiz.

Bunday e’tibor va ehtiromni biz hojilar chin yurakdan his etib, yaratilgan barcha qulayliklar uchun Sizga chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

Hurmatli Prezident Sizni va Siz orqali yurtdoshlarimizni haj ibodatini ado etayotgan hamyurtlarimiz nomidan musulmon ummati uchun eng ulug‘ bayram – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Biz, o‘zbekistonlik hojilar shunday fayzli kunlar uchun shukronalar aytib, Haq taolodan jonajon yurtimizga qut-baraka, aziz xalqimizga farovonlik va farzandlarimizga barkamollik so‘rab ezgu duolar qilmoqdamiz.

Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) “Duolarning eng yaxshisi arafa kuni qilingan duodir”, deb xushxabar berganlar.

Alloh taoloning bayti joylashgan muqaddas zaminda – Mino, Arafot kabi muborak manzillarda ulug‘ amallarni ixlos ila bajarmoqdamiz.

Sizni vaqt ajratib, muborak haj ziyorati uchun yaratilgan sharoitlar va salomatligimiz haqida so‘raganingiz hamda har kuni holimizdan xabardor bo‘lib turganingiz ibodat bilan yurgan biz hojilarni cheksiz darajada mamnun etdi.

Bunday e’tibor va ehtiromni Saudiya Arabistonining mutasaddilari ham yuqori baholab, Siz Janobi Oliylariga hurmat va duolarini izhor etmoqdalar.

Muborak maskanlarda har bir ziyoratchi Sizning g‘amxo‘rligingizni yurakdan his qilib, ko‘zlarida yosh bilan duolar qilayotganini alohida aytib o‘tmoqchiman.

Sizga aytadigan yana bir xabarimiz, Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan yurtimizning diniy soha vakillari hamda ziyoratchilari tomonidan mavsum davomida Qur’oni karim 10 ming marotaba xatm qilinib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilindi.

Hurmatli Prezident, Siz yaratib bergan imkoniyatlardan ruhlanib, o‘zbekistonlik hojilar yurtga qaytganimizdan keyin “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” degan ezgu tashabbusni bir ovozdan ilgari surib, Uchinchi renessans yaratuvchilarini tarbiyalashda Sizga ko‘makchi bo‘lmoqchimiz.

Siz boshchiligingizda yurtimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimizning ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, kerak bo‘lsa dunyoni egallashi kabi masalalar eng ustuvor vazifaga aylandi.

Shunday ekan, biz hojilar yurtimizga qaytgach, quyidagi ishlarni amalga oshirmoqchimiz:

– ona-Vatanimiz taraqqiyotiga xolis xizmat qilish, mahallalarda tinchlik va birdamlikni mustahkamlash, aholi orasida tinchlik-osoyishtalikni qadriga yetish, xalqimizni ma’nan yuksaltirish, jamiyatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirish kabilarga targ‘ib etish;

– kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmni qadrlash va ilm-ma’rifatga homiylikda namuna bo‘lish;

– to‘ylar, oilaviy tadbirlar va marosimlarda me’yoriylikka amal qilgan holda kamxarj va ixcham o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lish;

– kiyinishda va muomalada oddiylik va kamtarinlikka amal qilish, dabdababozlik, isrofgarchilik, maishatbozlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishni targ‘ib qilish;

– yoshlarni muvaffaqiyatlarga faqat o‘qib-o‘rganib, ilm bilan erishish mumkinligini o‘rgatish;

– ustozlar, o‘qituvchi va murabbiylarga doimo ehtirom ko‘rsatish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash ishlariga ko‘mak berish;

– mahallalardagi notinch oilalar, shu jumladan tarbiyasida muammosi bor yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;

– hududlardagi maktablarning ta’mirga muhtoj qismini joriy ta’mirlash ishlariga ko‘maklashish;

– xayriya, mehr-muruvvat va yordam ko‘rsatish ishlarini ko‘paytirish.

Barcha hojilarimiz yurtimizga qaytgandan so‘ng ushbu tashabbuslarni qat’iy amalga oshirishga va’da beramiz.

Zero, jonajon Vatanimiz kelajagi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz shonu shuhrati Siz aytganingizdek yoshlarimiz qo‘lidadir. Ular ertaga O‘zbekistonni yanada kuchli, yuksak taraqqiy etgan davlatga aylantirish uchun o‘zlarining bor bilimi, iqtidori va kuch-g‘ayratini safarbar qilsa, ko‘zlagan barcha ezgu maqsadlarimizga, albatta erishamiz.

Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:

“Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi,

Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”.

 

 

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari!

 

Biz, 15 ming hoji duolar ijobat bo‘ladigan Arafotda turib, Alloh taolodan Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va ulkan muvaffaqiyatlar tilab, olib borayotgan barcha ishlaringizda madadkor bo‘lishini so‘rab iltijolar qilyapmiz.

Alloh taolo butun dunyo mo‘min-musulmonlariga Qurbon hayitini muborak aylasin, tinchlik-xotirjamlik ato etsin, ibodatlarimizni O‘z dargohida husni qabul aylasin, ona Vatanimizni obod, xalqimiz hayotini yanada farovon qilsin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

 

Hurmat va kamoli ehtirom ila,

 

O‘zbekiston hojilari,

Makka shahri Arafot vodiysi,

2025 yil 5 iyun

Maqolalar