Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

O'g'ri mushuk va ko'r ilon

29.08.2023   1004   1 min.
O'g'ri mushuk va ko'r ilon

Bir kuni Ahmad ibn Dinor huzurlaridan yovvoyi mushuk bir parcha go'shtni olib qochdi. Ul zot bu “o'g'ri” go'shtni qayerga olib borib er ekan, deb mushuk ortidan kuzatishga tushdilar. Mushuk o'ljasini uncha uzoqqa eltmadi. Hovli chetiga, devor ostidagi bir kovak og'ziga qo'yib nari ketdi. Olim bundan taajjubda qoldi. Nima uchun bunday qildi ekan, deb turgan edi hamki, haligi teshikdan ko'zlari ko'r bir ilon chiqib keldi-da, go'shtni hidlay boshladi. So'ngra uni bir zumda edi-qo'ydi.

Buni ko'rgan olimning hayrati yanada oshdi. Hamisha bir-biriga ashaddiy dushmanlik qiluvchi bu ikki maxluq “o'zaro yordam” munosabatiga o'tishgan bo'lsa! Axir, ular qachon ro'para kelib qolishsa, adovatlari kuchliligidan bir-birini o'ldirishar edi-ku. Nega endi ahvol o'zgardi? Nahotki, rizq-nasiba dushman bo'lgan maxluq orqali ham etkazilsa. Alloma ana shunday o'y-xayollar girdobida qoldi...

Ilonning nasibasini etkazishni uning dushmani mushukka ilhom qilgan Zot nahotki “La ilaha illalloh” deguvchi mo'min bandalarining holidan xabar olmay qo'ysa? Yo'q! Ul Zot doimo rizqimizni etkazib beruvchi razzoq emasmi?! Faqat biz g'ofil bandalar buni sezmaymiz, anglamaymiz. Holbuki, hikmatlarda aytilishicha, biz rizq talabida qanday harakat qilsak, rizq ham shunga mos ravishda bizga etkazilishini Allohdan so'rar ekan.

Abdulqayum HIKMATOVning

“Saodat quchganlar ibrati” kitobidan.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   44634   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar