Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2025   |   17 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:28
Peshin
12:33
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
20:54
Bismillah
11 Avgust, 2025, 17 Safar, 1447

“Ahmadjon qori” jome masjidi yaqinda ta’mirdan chiqadi

27.09.2019   5467   1 min.
“Ahmadjon qori”  jome masjidi yaqinda ta’mirdan chiqadi

Toshkent shahridagi shinam, fayzli masjidlardan biri “Ahmadjon qori”  jome masjidi yaqinda ta’mirdan chiqadi.

Mazkur masjid 1991 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib  800 ta namozxonga mo‘ljallangan edi.

2018 yildan masjidning qo‘shimcha qismi qurilishi boshlandi va shu bilan birga erto‘la qismi  ham qurildi.

Yaqinda qurilish ishlari  yakuniga etib pardozlash ishlari boshlandi. Bugungi kunda “Ahmadjon qori” masjidida 2000 ga yaqin kishi namoz o‘qimoqda.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Rasmlar muallifi Shahzod Shomansur

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

08.08.2025   23878   1 min.
Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

   Madina shahrida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha o‘nta muqaddas joylar mavjud. Ulardan biri — Banu Unayf masjidi bo‘lib, u Kubo masjididan janubiy-g‘arbiy tomonga, al-U’sba mahallasiga 500 metrdan yaqinroq bo‘lgan masofada joylashgan. 
 

  IQNA axborot agentligi Saudiya Arabistonining “VAS” agentligiga tayanib xabar berishicha, ushbu tarixiy masjid o‘z nomini Kubo ahli bilan ittifoqchi bo‘lgan Bali qabilasining tarmog‘i — Banu Unayf qabilasi nomi bilan atagan.


   Ba’zi tarixchilar ushbu masjidni ”As-Subh” yoki “Al-Musabbah” nomlari bilan ham bilishadi. Masjid o‘zining asl va sodda me’morchiligi bilan tanilgan: u qora tusli vulqon toshlaridan qurilgan va uning tom qismi yo‘q. Masjid maydoni taxminan 37,5 kvadrat metrni tashkil qiladi.


Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq joylarni saqlash va Saudiya Arabistonidagi “Nigoh – 2030 dasturi” maqsadlariga muvofiq ravishda ushbu masjid kapital ta’mirdan chiqarildi.


Banu Unayf masjidi madaniy va diniy turizm loyihalariga kiritilgan bo‘lib, Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi uni amalga oshirishni nazorat qilmoqda. Bu esa ziyoratchilarni Madinadagi tarixiy va diniy joylar bilan tanishtirishga qaratilgan kompleks yondashuvning bir qismi sanaladi. 
 

Manbalar asosida
Ilyos Ahmedov
tayyorladi