O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bilmaymiz, Allohning rahmatidan so‘ng, bizni jannatga nima kiritadi?
U ikki rakat namozmi, sadaqami, suv ulashishmi, bir mo‘minning hojatini chiqarganimizmi yoki yaxshilikka chaqirishmi yo zikrmi!
Kichik, arzimas sanamasdan yaxshi amal qilavering. Qaysi hasana, solih amal sizni jannatga kiritadi, bilmaysiz...
Izoh: “Mana shu – qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir” (Zuxruf surasi, 72-oyat).