Tojikiston milliy banki mamlakatning ilk islomiy banki – “Tavhidbank”ka milliy va xorijiy valyutada islomiy banking xizmatlarini ko‘rsatishi uchun litsenzitsiya (https://azon.uz/content/views/tojikistonning-ilk-islomiy-bankiga-licen) berdi.
Joriy yilning 1 iyulida “Sohibkorbank”ning nomi “Tavhidbank” deb o‘zgartirilgan edi. “Sohibkorbank”ning o‘zgarish jarayonini o‘tgan yilning bahorida boshlagan. Bu borada Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (Islom taraqqiyot banki tarkibiga kiradi) mutaxassislari yordam berdi. “Sohibkorbank” vakillari islomiy banking orqali aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qaytarishga umid qilmoqda.
Tojikistonda islomiy bankingni joriy etish haqida 2010 yilda aytilgan edi. 2014 yilning yozida “Islomiy bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shundan so‘ng Qatar Tojikistondagi ilk islomiy bankingni ochishda qatnashish istagini bildirdi. Biroq 2015 yilda respublikada boshlangan moliyaviy inqiroz tufayli loyihalar to‘xtab qolgandi.
Markaziy Osiyoda islomiy banklar Qozog‘istonda va Qirg‘izistonda ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.
"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.
Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.
Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.
"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati