Bugun, 4-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Janojon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon!” shiyori ostida yangi 2019 — 2020 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tarbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.
Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi va mazkur madrasa mudiri Shamsutdin domla Bauatdinov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan qutladi. O‘z nutqi davomida yurtimizdagi islohatlar, rivojlanishlar, barcha sohalar qatori diniy sohadagi yangilanishlar, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, mo‘min-musulmonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shu bilan birga, ushbu dargohda ta’lim olayotgan zakovatli talabalarning ilm-fan va sport sohasidagi erishgan yuutuqlari haqida batafsil to‘xtalib, ularning kelgusidagi rejalarining amalga oshishida, ilmning sir-sinoatlarini qunt bilan o‘rganishda omadlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti.
Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.
Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi.
Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi.
Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?
Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin!
Akbarshoh Rasulov