Imom-xatiblar uchun tajvid darslari davom etmoqda
Qozog'istonlik mehmonlar "Hazrati Imom" majmuasini ziyorat qildi
"Markaziy Osiyo mamlakatlari HHI asrda madaniyatlarning yaxshi qo'shnichiligi" xalqaro konferentsiyasi o'tkazildi
Umra-2023 mavsumi uchun tender e'lon qilindi
"Yil imomi – 2023" tanlovining viloyat bosqichlari bo'lib o'tmoqda
“Jumadan jumagacha” rukni orqali muslim.uz saytida e'lon qilingan eng muhim xabarlarning qisqacha sharhi bilan tanishish mumkin.
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati