Hozirgi Hazrati Imom majmuasiga kiruvchi ko‘pgina inshootlar XIX asrda barpo etilgan. Shu asr o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Mo‘yi Muborak nomini olgan yana bir madrasa qurildi.
Bu majmuadagi diqqatga sazovor joylardan biri Tilla shayx masjididir. Bu masjid XX asr boshlariga oid bo‘lib, u yerda ikkita mehrob mavjud. Ulardan biri 1890 yilda qurilgan. Asosiy masjid binosi 1902 yilda barpo etilgan.
Fotolar muallifi: Shahzod SHOMANSUROV
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati