Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik!

23.07.2024   20355   1 min.
Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklardagi bir guruh ulamolar aholi vakillari bilan muloqotlar, namozxonlar bilan uchrashuvlar va jome masjidlarda mav’izalar qilmoqdalar. Bugun, Muftiy hazratlari Qo‘qon shahridagi “Zaynul Obidin” masjidiga borib, xufton namozi avvalida mo‘min-musulmonlarga mav’iza qilib berdilar.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari jamoatga yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan islohotlar, yangi ochilayotgan masjid-madrasalar, Qur’oni karim kurslari faoliyati, haj-umra qiluvchilarga keng yo‘l berilayotganiga shukrona keltirish kerakligi haqida so‘zlash barobarida Alloh taoloni rozi qiladigan va norozi qiladigan amallar haqida ma’ruza qilib berdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va bir guruh taniqli ulamolar Qo‘qon shahridagi markaziy masjidlarda peshin va xufton namozlarida jamoatga mazmunli suhbat qilib berdilar.

Qo‘qon safari davom etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik! Allohni rozi qiladigan amallarga shoshilaylik!
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’limda yangi bosqich: Toshkentda nufuzli anjuman bo‘lib o‘tmoqda

20.08.2026   44284   2 min.
Diniy ta’limda yangi bosqich: Toshkentda nufuzli anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazining Katta majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjumani boshlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli tadbirda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, bosh imom-xatiblar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.  Anjumanga jami 700 nafarga yaqin pedagog va soha vakillari jalb etilgan bo‘lib, ularning 300 nafari bevosita zalda, 400 nafari esa hududlardan videoselektor orqali qatnashmoqda.

So‘zga chiqqan notiqlar so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbuslari bilan diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga to‘xtalib o‘tmoqda. Ta’kidlanganidek, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy islom instituti va madrasasi hamda 4 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi ilm ahliga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Toshkent islom institutida magistratura ochildi, tizimdagi 510 nafar pedagogning 50 nafardan ortig‘i PhD va DSc ilmiy darajalariga ega bo‘ldi. 

Shuningdek, yurtimizdagi diniy ta’lim muassasalariga Misrning Al-Azhar majmuasi ustozlari jalb etildi. 90 ta fan dasturi va yangi avlod darsliklari yaratildi. Mir Arab, Xadichai Kubro, Hidoya va Ko‘kaldosh madrasalari zamonaviy binolarga ega bo‘lib, Iordaniya, Misr va Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar rivojlanmoqda.

Ushbu nufuzli anjumandan ko‘zlangan maqsad ham professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy muloqot maydonini yaratish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim jarayoniga raqamli va innovatsion usullarni keng joriy etishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari