بسم الله الرحمن الرحيم
الْحَمْدُ للهِ الَّذِي جَعَلَ الْمُؤْمِنِينَ بِنِعْمَتِهِ إِخْوَاناً وَعَلَى الخيرِ أَنْصَاراً وَأَعْوَاناً، وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى خَيرِ خَلْقِهِ مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أَجْمَعِيْن أَمَّا بَعْدُ
BЕMORLARNI ZIYORAT QILISH – INSONIY BURCH
Muhtaram birodarlar! Alloh taolo insoniyatni behisob ne’matlar bilan siylagan. Ular orasida inson uchun eng bebaholaridan ikkitasi – sihat-salomatlik va xotirjamlikdir. Darhaqiqat, bu ikki ne’matdan bahramand bo‘lib turganimiz uchun mehribon Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar aytamiz!
Alloh taolo O‘z xohish-irodasi bilan ba’zi bandasiga dard berib, u sababli bandalarining xato-kamchiliklarini o‘chirib, gunohlarini yuvadi. Xalqimizda “Issiq jon, isitmasiz bo‘lmas” degan naql bor. Albatta, bu naql bejiz aytilmagan. Zero, xastalik go‘dakni ham, yoshni ham, keksani ham chetlab o‘tmaydi. Jumladan, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday degan:
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ (سورة البقرة/الآيات 157-155)
ya’ni: “Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo‘li bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey Muhammad)!” Ularga musibat yetganda: “Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz”, – deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir (Baqara surasi, 155-157 -oyatlar).
Bemor kishining holidan xabar olib, ko‘ngil so‘rash – musulmonlarning vazifasi bo‘ladi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
حَقُّ المُسْلِمِ عَلَى المُسْلِمِ خَمْسٌ: رَدُّ السَّلاَمِ وَعِيَادَةُ المَرِيضِ وَاتِّبَاعُ الجَنَائِزِ وَإِجَابَةُ الدَّعْوَةِ وَتَشْمِيتُ العَاطِسِ رَوَاهُ "ِ (رواه الامام الْبُخَارِيُّ وَالامام مُسْلِمٌ عن أبي هريرة).
ya’ni: “Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshta: salomga alik olish, bemorni ko‘rgani borish, janozada qatnashish, chaqirilgan joyga borish, aksirgan kishiga (“Yarhamukallohu...”, deb) javob aytish” (Imom Buxoriy, va Imom Muslim rivoyati).
Ushbu hadisi sharifdan ham ko‘rinib turibdiki, biz mo‘min-musulmonlarning bir-birimizdagi haq-huquqlarimizdan biri – kasal bo‘lgan yaqinlarimiz yoki qavmu qarindoshlarimizdan bemor bo‘lib qolganlarini darhol ko‘rgani borishlik ekan.
Bemorni ziyorat qilish fazilati haqida hazrati Ali raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
"مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَعُودُ مُسْلِمًا غُدْوَةً إِلا صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ أَلْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُمْسِيَ، وَإِنْ عَادَهُ عَشِيَّةً إِلا صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ أَلْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُصْبِحَ، وَكَانَ لَهُ خَرِيفٌ فِي الْجَنَّةِ"
(رواه الامام الترمذي عن علي كَرَّمَ اللَّهُ وَجهَهُ).
ya’ni: “Bir musulmon boshqa bir betob musulmonni ertalab borib ko‘rsa, albatta, unga kechqurungacha yetmish ming farishta salavot aytadi. Agar kechqurun kasalni ko‘rsa, unga yetmish ming farishta ertalabgacha salavot aytadi. Yana unga jannatda bir bog‘ yaratiladi” (Imom Termiziy rivoyati). Ushbu hadisi sharifdan ma’lum bo‘ladiki, agar bemor uchun noqulay bo‘lmasa, kechqurunlari ham ularni ko‘rish uchun borish mumkindir.
Aziz musulmonlar! Bemorlarni ziyorat qilish birinchi navbatda yaqin qarindoshlardan boshlanadi. Bu o‘z navbatida dinimizda buyurilgan qarindoshlar orasidagi silai rahmning mustahkamligini ta’minlaydi.
Bemorlarni ziyorat qilish fazilati va ularning qalbiga xursandchilik kirgizuvchi hadislardan biri – quyidagi hadisi qudsiy bo‘lib, unda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam orqali Alloh taolo bunday deydi:
"إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ يَقُولُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: "يَا بْنَ آدَمَ مَرِضْتُ فَلَمْ تَعُدْنِي؟" قَالَ: يَا رَبِّ كَيْفَ أَعُودُكَ وَأَنْتَ رَبُّ الْعَالَمِينَ؟ قَالَ: "أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ عَبْدِي فُلانًا مَرِضَ فَلَمْ تَعُدْهُ؟ أَمَا عَلِمْتَ أَنَّكَ لَوْ عُدْتَهُ لَوَجَدْتَنِي عِنْدَهُ؟" (رواه الامام مسلم عن أبي هريرة رضي الله عنه).
ya’ni: “Alloh taolo qiyomat kuni bunday deydi: “Ey odam farzandi, (nega) men kasal bo‘lganimda meni ko‘rgani qilmading? Banda esa: “Ey Rabbim, axir Sen olamlar Parvardigorisan, qanday seni ko‘rgani boraman?” Shunda Alloh taolo aytadi: “Sen falonchi bandamning kasal ekanini bilib turib, nima uchun uni ko‘rgani bormading? Bilmaysanmi, agar o‘sha kasalni ziyorat qilish uchun oldiga borganingda, uning huzurida meni toparding?” (Imom Muslim rivoyati).
Afsuski, hozirgi kunda shu narsalarni guvohi bo‘lamizki, ba’zi kishilar keksayib qolgan ota-onalari va yaqin qarindoshlari, mahalladoshlari, kasbdoshlari, do‘stlarini borib ko‘rish uchun vaqt yo‘qligini sabab qilib, ziyorat qilishga, duolarini olishga bormaydilar. Bu bilan ko‘p savoblardan benasib qoladilar. Zero, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bizlarga kasal bo‘lgan birodarlarimizni ziyorat qilib, ularning duolarini olishga undab shunday deganlar:
"عُودُوا الْمَرْضَى، وَمُرُوهُمْ فَلْيَدْعُوا لَكُمْ، فَإِنَّ دَعْوَةَ الْمَرِيضِ مُسْتَجَابَةٌ، وَذَنْبَهُ مَغْفُورٌ"
(رواه الامام الطبراني والامام البيهقي عن أنس رضي الله عنه).
ya’ni: “Bemorlarni ziyorat qilinglar va ulardan haqqingizga duo qilishlarini so‘ranglar. Chunki kasalning duosi farishtalarni duosi kabi mustajobdir va uning gunohlari kechirilgandir” (Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan).
Dinimizning go‘zal hikmatlari va Alloh taoloning biz bandalariga mehribonchiligini qarangki, biz agar bir bemor birodarimizni ko‘rish uchun borsak, go‘yoki uning og‘irini yengil va dardiga shifo tilab qaytamiz va asosiy maqsad shu bilan hosil bo‘ladi, deb tushunib qolganmiz. Vaholanki, Rahimli Parvardigorimiz shu savobli ishda ham biz bandalariga ko‘proq ajr-savob topish va duosi mustajob bo‘ladigan insonlarning duosidan bahramand bo‘lish baxtiga muyassar qildi.
Ulug‘ savoblarda doim peshqadam bo‘lgan Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning fazilatlariga dalolat qiluvchi quyidagi hadisda ham bemorni ziyorat qilish fazilati haqida bunday deyilgan:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ صَائِمًا؟" قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: "أَنَا"، قَالَ: "فَمَنْ تَبِعَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ جَنَازَةً؟" قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: "أَنَا"، قَالَ: "فَمَنْ أَطْعَمَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ مِسْكِينًا؟" قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: "أَنَا"، قَالَ: "فَمَنْ عَادَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ مَرِيضًا؟" قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: "أَنَا"، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم: "مَا اجْتَمَعْنَ فِي امْرِئٍ إِلاَّ دَخَلَ الْجَنَّةَ"
(رواه الامام مسلم عن أبي هريرة رضي الله عنه).
ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Sizlardan kim bugun ro‘za tutti?” – desalar, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: “Men”, – dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Sizlardan kim bugun biror janozada ishtirok etdi?” – desalar, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: “Men”, – dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Sizlardan kim bugun biror miskinga taom berdi?” – desalar, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: “Men”, – dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Sizlardan kim bugun biror bemorni ko‘rgani bordi?” – desalar, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: “Men”, – dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kimda shu barcha xislatlar (bir kunda) jam bo‘lsa, u jannatga kiradi”, – dedilar” (Imom Muslim rivoyati).
Muhtaram jamoat! Dinimizda har bir xayrli ishning odobi bo‘lgani kabi, ulamolarimiz bemorning ziyorati bobidagi odoblarni quyidagicha sanab berganlar:
ILOVA: QURBONLIK QILISH FAZILATI
Alloh taologa bandani yaqinlashtiruvchi eng savobli ibodatlardan biri – qurbonlikdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"مَا عَمِلَ ابْنُ آدَمَ يَوْمَ النَّحْرِ عَمَلًا أَحَبَّ إلَى اللَّهِ مِنْ هِرَاقَةِ دَمٍ وَإِنَّهُ لَتَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِقُرُونِهَا وَأَظْلَافِهَا وَأَشْعَارِهَا وَأَنَّ الدَّمَ لَيَقَعُ مِنَ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ بِمَكَانٍ قَبْلَ أَنْ يَقَعَ عَلَى الْأَرْضِ فَطِيبُوا بِهَا نَفْسًا" (رَوَاهُ الإِمَامُ ابْنُ مَاجَهْ وَ الإِمَامُ التِّرْمِذِيُّ عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا).
ya’ni: “Odam bolasi qurbonlik kuni qiladigan amallarining ichida qon chiqarishidan ko‘ra Alloh taologa mahbubroq amal yo‘q. Qurbonlikka so‘yilgan jonivor qiyomat kuni o‘z shoxi, tuyog‘i va yunglari bilan keladi. Qurbonlik qoni yerga tushmay turib, Alloh taoloning huzurida qabul bo‘ladi. Shuning uchun dildan chiqarib qurbonlik qilinglar”, – dedilar” (Imom Ibn Moja va Imom Termiziy rivoyati).
Qurbonlik qilish jahannamdan to‘siqligi haqida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
"مَنْ ضَحَّى طَيِّبَةً بِهَا نَفْسُهُ مُحْتَسِباً لِأُضْحِيَّتِهِ كَانَتْ لَهُ حِجَاباً مِنَ النَّارِ"
(رَوَاهُ الإِمَامُ الطَّبَرَانِيُّ عَنْ الحُسَيْنِ بْنِ عَلِيٍّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا)
ya’ni: “Kim qurbonlikni chin ko‘ngildan va savob umidida qilsa, u (qurbonlik) uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyati).
Qurbonlik qilinayotgan jonliqni birinchi qon tomchisi yerga tushishi bilan egasining gunohlari kechirilishi borasida hadisi sharifda shunday keladi:
قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِفَاطِمَةَ: " يَا فَاطِمَةُ قُومِي إِلَى أُضْحِيَّتِكِ فَاشْهَدِيهَا فَإِنَّ لَكِ بِأَوَّلِ قَطْرَةٍ تَقْطُرُ مِنْ دَمِهَا أَنْ يُغْفَرَ لَكِ مَا سَلَفَ مِنْ ذُنُوبِكِ"، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، هَذَا لَنَا خَاصَّةً أَهْلَ الْبَيْتِ أَمْ لَنَا وَلِلْمُسْلِمِينَ عَامَّةً؟ قَالَ: "بَلْ لَنَا وَلِلْمُسْلِمِينَ عَامَّةً"
(رواه الإمام الحاكم عن ابي سعيد الخدرى رضى الله عنه).
ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Fotima raziyallohu anhoga: “Ey Fotima qurbonligingiz oldida turib guvoh bo‘ling. Chunki qurbonlik qonining birinchi qatrasi tomishi bilan o‘tgan gunohlaringiz mag‘firat qilinadi”, – dedilar. Shunda Fotima onamiz: “Ey, Allohning Rasuli, bu faqat bizni oilamiz uchunmi yoki biz va barcha musulmonlar uchunmi?” – dedilar. Shunda U Zot: “Biz va barcha musulmonlar uchun”, – dedilar” (Imom Hokim rivoyati).
Qurbonlik qilishga qodir bo‘la turib, jonliq so‘ymagan kishidan Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xafa bo‘lib bunday deganlar:
"xafa bo‘libagan kishidan Payg‘ambarimiz egasini gunohlari kechirilishi borasida hadisi sharifda shunday keladi:مَنْ وَجَدَ سَعَةً لأَنْ يُضَحِّىَ فَلَمْ يُضَحِّ فَلاَ يَحْضُرْ مُصَلاَّنَا" (رواه الإمام ابن ماجه والإمام أحمد)
ya’ni: “Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa, namozgohimizga kelmasin” (Imom Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyati).
Shunday ekan, imkonimiz bo‘lsa, har birimiz bunday buyuk savobli ishda bir-birimiz bilan musobaqa qilishimiz ayni muddaodir.
ILOVA: 2019 yil Qurbon hayiti kuni va namozining vaqti
Muhtaram imom-domla! O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’ati hijriy 1440 yil zulhijja oyining birinchi kuni 2019 yilning 1 avgustiga to‘g‘ri kelganini inobatga olib, joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 2019 yil 11 avgust (zulhijja oyining 10 kuni) yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 11 avgust yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan 05:45 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Alloh taolo Qurbon hayiti namozini barchamizdan qabul aylab, bu kunning sharofati bilan yurtimizga O‘zining fayzu barakotini ato etsin! Omin!
Qurbon hayiti namozini viloyatlarda
o‘qiladigan vaqtlari haqida
MA’LUMOT
№ |
Viloyat |
Namoz vaqtlari |
1. |
Andijon viloyati |
05:35 |
2. |
Buxoro viloyati |
06:10 |
3. |
Jizzax viloyati |
05:55 |
4. |
Navoiy viloyati |
06:05 |
5. |
Namangan viloyati |
05:35 |
6. |
Samarqand viloyati |
06:00 |
7. |
Sirdaryo viloyati |
05:50 |
8. |
Surxondaryo viloyati |
06:00 |
9. |
Toshkent viloyati |
05:50 |
10. |
Toshkent shahri |
05:45 |
11. |
Farg‘ona viloyati |
05:35 |
12. |
Xorazm viloyati |
06:20 |
13. |
Qashqadaryo viloyati |
06:05 |
14. |
Qoraqolpog‘iston Respublikasi |
06:25 |
Eslatma: Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
1. Allohga taqvo qilishni tijorat deb bil, shunda u senga molsiz foyda keltiradi.
2. O‘zingni senga muhtoj bo‘lmagan, lekin sen unga muhtoj bo‘lgan kishining o‘rniga qo‘y.
3. Xarsang toshlarni joyidan ko‘chirish, ongsiz odamga anglatishdan osonroqdir.
4. Jannatni talab qilishda oliy himmatli bo‘l.
5. Allohdan shunday umid qilki, u bilan Uning makridan omonda bo‘lma va Allohdan shunday qo‘rqki, u bilan Uning rahmatidan umidsiz bo‘lma.
6. Men hech qachon sukutdan afsuslanmadim. Agar gap kumush bo‘lsa, sukut — oltin.
7. Hikmat kambag‘allarni podsholarning majlislarida o‘tkazgan.
8. “Yo Robbim, meni mag‘firat qil” — deb ko‘p takrorla, zero Allohning bir soati borki, u vaqtda so‘rovchi rad etilmaydi.
9. Kim yolg‘on gapirsa, yuzining suvini (obro‘yi) ketadi, kimning xulqi yomon bo‘lsa, g‘am-tashvishi ko‘payadi.
10. Allohdan qo‘rq, lekin qalbing fojir bo‘laturib, odamlar seni hurmat qilishlari uchun o‘zingni ularga Allohdan qo‘rqadigan qilib ko‘rsatma.
11. Amal faqat yaqiniy ishonch (e’tiqod) bilangina mukammal bo‘ladi, kimning e’tiqodi zaif bo‘lsa, amali ham zaif bo‘ladi.
12. Yolg‘on gapirishdan ehtiyot bo‘l, zero u pishirilgan chumchuq go‘shti kabi ishtahalidir, lekin ko‘p o‘tmay egasini ichini yondiradi.
13. Majlisni ko‘zing bilan ko‘rib tanla, agar Alloh zikr qilinadigan majlis bo‘lsa, u yerda o‘tir. Agar olim bo‘lsang, ilming naf beradi, agar johil bo‘lsang, senga o‘rgatishadi, agar Alloh u majlisga rahmatini nozil qilsa, sen ham shu rahmatdan bahramand bo‘lasan.
14. Qarzdorlikdan ehtiyot bo‘l, chunki u kunduzi xorlik va tunda g‘amdir.
15. To‘qlik ustiga ovqat yemagin — chunki unday taomni yegandan ko‘ra itga tashlagan yaxshiroq.
16. Agar shayton senga shubha va gumon orqali kelsa, uni yaqiniy ishonch va nasihat bilan yeng, agar u tanballik va zerikish tomonidan kelsa, qabr va qiyomatni eslab yeng, agar u xohish va qo‘rquv tomonidan kelsa, unga dunyo tark etiladigan va qoldiriladigan narsadir, deb ayt.
17. Tilingdan chiqqan gaplarga ehtiyot bo‘l, sukut qilgan kishi omonda bo‘ladi, faqat foydasi bor gaplarni gapir.
18. Yuzingni niqoblashdan (ya’ni shubhali qiyofadan) saqlan — chunki, u kechasi odamlarni qo‘rqitadi, kunduzi esa xo‘rlik keltiradi.
19. Men tosh, temir va og‘ir yuklarni ko‘tardim, ammo yomon qo‘shnidan og‘irroq narsani ko‘rmadim.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV