Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

19.07.2019 y. HASAD VA GINA –HAMJIHATLIK ZAVOLI

16.07.2019   8834   15 min.
19.07.2019 y. HASAD VA GINA –HAMJIHATLIK ZAVOLI

بسم الله الرحمن الرحيم

HASAD VA GINA –HAMJIHATLIK ZAVOLI

الْحَمْدُ لله  الذِي أمَرنَا بالْإِسْتِعَاذَةِ مِنْ شَرِّ الحَاسِدِ إِذَا حَسَد ، وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِهِ الذِّي حَذَّرَ أُمَّتَهُ عَنْ ذَلِكَ وَزَجَرْ وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ أَجْمَعِيْن أَمَّا بَعْدُ

Hurmatli jamoat! Jamiyatimizda mo‘min-musulmonlar amal qiladigan turli xil yaxshi xislatlar bilan birga zararli xulqlar ham mavjud. Musulmon inson doimo maqtalgan xislatlarni qo‘lga kiritib, yomon xislat va odatlardan nafsini poklashiga targ‘ib qilingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

﴿ قَدْ أَفْلَحَ مَنْ زَكَّاهَا  وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسَّاهَا ﴾ (سورة الشمس/9-10)

ya’ni: “Haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur.  va u (nafs)ni (gunohlar bilan) ko‘mib, xorlagan kimsa esa (Allohning rahmatidan) noumid bo‘lur!” (Shams surasi, 9-10 oyatdar).

Shunday nafs illatlaridan biri – hasaddir. “Hasad” lug‘atda “biror narsani terisini shilmoq yoki qirmoq” degan ma’noni bildiradi. Uning istilohiy ma’nosi haqida alloma Munoviy shunday deydilar:

الْحَسَدُ : تَمَنَّي زَوَالَ نِعْمَةٍ عَنْ مُسْتَحِقٍّ لَهَا

ya’ni: “Hasad – ne’matga loyiq bo‘lgan kishidan uni zavol bo‘lishini umid qilishdir” (“At-Tavqif ala muhimmatit-taorif” 139-bet).

Eng birinchi gunoh ham Iblis tomonidan Odam alayhissalomga kibr va hasad qilishidan kelib chiqdi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلاَّ تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ قَالَ أَنَاْ خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِي مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُ مِن طِينٍ (سورة الأعراف/12)

ya’ni: “(Alloh) aytdi: “Senga buyurganimda sajda qilishingga nima monelik qildi?” U dedi: “Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding” (A’rof surasi, 12-oyat).

Ibn Atiya rahimahulloh: “Alloh taologa birinchi qilingan gunoh –hasaddir. U Iblisdan sodir bo‘lgan edi”, – deganlar.

Qatoda raziyallohu anhu ushbu oyat tafsirida: “Allohni dushmani bo‘lgan Iblis Odam alayhissalomga Alloh taolo bergan izzat-hurmatiga xasad qildi va “Men olovdan, u esa loydan yaratilgan”, – deya kibrlandi”, – deydilar.

Ulamolarimizdan birlari bu xaqda: “Albatta hasad qiluvchi Iblisga o‘xshaydi. Chunki u musulmonlardan Allohning ne’matlarini ketishi, ular orasida fasod ko‘payishi kabi Shaytonga mahbub bo‘lgan ishlarni talabida bo‘ladi”, - deganlar.

Yer yuzidagi birinchi qotillik ham hasad sababli sodir bo‘ldi. Odam alayhissalomning o‘g‘li Qobil o‘z ukasi Hobilga hasad qildi va uning qotiliga aylandi. Qur’oni karim oyatlarining birida shunday deyiladi:

﴿ فَطَوَّعَتْ لَهُ نَفْسُهُ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُ فَأَصْبَحَ مِن الْخَاسِرِين (سورة المائدة/30)

ya’ni: “Uning (havoyi) nafsi birodarini o‘ldirishni xush ko‘rsatdi va darhol, uni o‘ldirdi. Shu bilan u ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qoldi” (Moida surasi, 30-oyat).

Hazrati Odam alayhissalomning o‘g‘illari Qobil tarafidan bu ish sodir bo‘lguniga qadar yer yuzida barcha insonlar itoatkor musulmon hollarida tinch totuv hayot kechirishar edi.

Afsuski, bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida hasad illatiga mubtalo bo‘lingani sir emas. Ko‘p hollarda ziyoli insonlarga nisbatan hasadgo‘ylik bilan muomala qilinishi – juda achinarli hol. Bunday holatlar Islomning avvalida mushriklar tarafidan kuzatilar edi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:

﴿ أمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَى مَا آَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ فَقَدْ آَتَيْنَا آَلَ إِبْرَاهِيمَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ

 وَآَتَيْنَاهُمْ مُلْكًا عَظِيمًا (سورة النساء/54)

ya’ni: “Yoki (ular) Alloh O‘z fazlidan bergan ne’matlari uchun odamlarga hasad qilishadimi? Axir, Biz (ilgari ham) Ibrohim nasliga (Yusuf, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob, Hikmat berib, yana ularga buyuk mulk (hukmronlik) ham ato etgan edik-ku!” ( Niso surasi, 54-oyat)

Demak, ilmu-hikmat ham Alloh taolo tarafidan berilgan ulug‘ bir ne’mat bo‘lib, bunga hasad bilan emas, balki havas bilan qarash – ayni dinimiz buyurgan ishlardandir.

Havas mazmunidagi hasad haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

"لاَ حَسَدَ إِلاَّ فِى اثْنَتَيْنِ رَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ قُرْآنًا فَهُوَ يَقُومُ بِهِ آنَاءَ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ ، وَرَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ مَالاً

فَهُوَ يُنْفِقُهُ آنَاءَ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ" (رَوَاهُ الإِمَامُ الْبُخَارِىُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)

ya’ni: “Ikki kishidan boshqaga hasad qilish yo‘q: Alloh Qur’onni ato qilgan kishi va Qur’onni kechayu kunduz haqqini ado qiladigan kishi, Alloh mol bergan va u molni kechayu kunduz infoq-ehson qiladigan kishi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu hadis haqida Imom Jaloliddin Suyutiy shunday deydilar: “Hasad ikki xil bo‘ladi: haqiqiy va majoziy. Haqiqiy hasad – bir kishidan ne’matni ketishini istash. Bu harom ekaniga ulamolar ijmo’ qilishgan. Majoziy hasadni “g‘ibta”, ya’ni “havas” deyiladi. Bunda – ne’mat egasidan ketmasdan, kishining o‘zida ham bo‘lishini orzu qiladi. Dunyo ishlarida havas qilish – muboh ish. O‘zgalar qilayotgan toatlarni orzu qilish esa – mustahab (ya’ni maqtalgan ish)dir”.

Boshqa rivoyatda ham mazkur ma’nodagi hasad zikr etilgan:

" لاَ حَسَدَ إِلاَّ فِي اثْنَتَيْنِ ، رَجُلٌ آتَاهُ اللَّهُ مَالا فَسَلَّطَهُ عَلَى هَلَكَتِهِ فِي الْحَقِّ ،

وَرَجُلٍ آتَاهُ اللَّهُ حَكْمَةً فَهُوَ يَقْضِي بِهَا وَيُعَلِّمُهَا " (مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ رضي الله عنه)

ya’ni: “Hasad ikki narsada bo‘ladi. (birinchisi) Alloh taolo bir kishiga moli dunyo berib, uni haq yo‘lda sarflash imkonini ham beradi, (ikkinchisi) Kishiga Alloh taolo ilmu-hikmat beradi. U ilmu hikmatni (haqqini) ado qiladi va uni (odamlarga) o‘rgatadi”, dedilar (Muttafaqun alayh).

Hasadning ikkinchi xili yomon hasad bo‘lib, u boshqadagi ne’matni yo‘q bo‘lishini umid qilishdir. Bunday hasad shariatda harom qilingandir.

Zero Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z vaqtida hasad illati jamiyat a’zolari o‘rtasida naqadar xavfli ekani, hatto kishining imoniga ham putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirib shunday deganlar:

"لاَ يَجْتَمِعُ فِي جَوْفِ عَبْدٍ الإِيَمانُ وَالحَسَدُ" (أخْرَجَ الإِمَامُ النَّسَائِيُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)

ya’niBir bandada imon va hasad aslo birga bo‘lmaydi (Imom Nasaiy rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda esa:

"لا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَالَمْ يَتَحَاسَدُوا" (رَوَاهُ الإِمَامُ الطَّبَرَانِيُّ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)

ya’niInsonlar bir-birlariga hasad qilmaslikda bardavom bo‘lsalar, yaxshilik uzra bardavom bo‘ladilar,dedilar. (Imom Tabaroniy rivoyati)

Buyuk ajdodimiz Imom Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh hasadning zaralari to‘g‘risida shunday deganlar: “Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad o‘z egasiga beshta uqubat keltiradi:

  1. Hasadchining g‘am-tashvishi uzilmaydi;
  2. Uning ushbu g‘am-tashvishiga ajr kelmaydi;
  3. Xorlik olib keladi;
  4. 4. Alloh taolo unga g‘azab qiladi;
  5. Unga tavfiq eshiklari yopiladi”.

Boshqa bir o‘rinda esa: “Uch kishining duosi qabul bo‘lmaydi. Ular:

  1. Harom rizq yeguvchi;
  2. Ko‘p g‘iybat qiluvchi;
  3. Qalbida musulmonlarga adovati va hasadi bo‘lgan kishilar” deganlar.

Hurmatli jamoat! Muqaddas dinimiz bir qancha salbiy illatlarning davosini o‘rgatgani kabi, bu hasad illatidan forig‘ bo‘lish yo‘llarini ham ko‘rsatib bergan. Bu haqda suyukli Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:

"ثلاثٌ لازماتٌ لأُمَّتِي سُوءُ الظَّنِّ والحَسَدُ والطِّيَرَةُ فإذا ظَنَنْتَ فلا تُحَقِّقْ وإذا حَسَدْتَ فاسْتَغْفِرِ اللهَ

وإذا تَطَيَّرْتَ فَامْضِ" (رَوَاهُ الْإِمَامُ الطَبَرَانِيُّ عَنْ حَارِثَةَ بْنِ النُّعْمَانِ رضي الله عنه)

ya’ni: “Uchta xislat ummatimda doim bo‘ladi: yomon gumon, hasad va shumlanish. Gumon qilsangiz, yuzaga chiqarmang. Hasad qilsangiz, Allohga istig‘for ayting. Shumlansangiz, yo‘lingizda davom eting”, – deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Boshqa bir hadisda esa:

"كُلُّ بَنِي آدَمَ حَسُودٌ وَلاَ يَضُرُّ حَاسِداً حَسَدُهُ مَا لَمْ يَتَكَلَّمْ بِاللِّسَانِ أَوْ يَعْمَلْ بِالْيَدِ"

 (رَوَاهُ الْإِمَامُ أَبُو نُعَيْمٍ عَنْ أَنَسِ ابْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه)

ya’ni: “Har bir Odam bolasi – hasadchidir, (lekin) modomiki (hasadini) tiliga chiqarmasa, (hasadiga) qo‘li bilan amal qilmasa, hasadchiga hasadi zarar qilmaydi” (Imom Abu Nuaym rivoyati).

Alloh taolo Qur’oni karimning oxirgi suralaridan bo‘lgan “Falaq” surasida hasad qiluvchining yomonligidan panoh so‘rashga buyuradi:

"وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ" (سورة الفلق/5)

ya’ni: “Hasadchining hasadi yovuzligidan (panoh so‘rayman deb ayting)” (Falaq surasi, 5-oyat).

Hasad aqlni cheklab qo‘yishi fanda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Dnepropetrovsk universitetidagi tadqiqodlarda aniqlanishicha, hasad – cheklanishdir. Bu holatda inson faqat bitta maqsad uchun harakat qiladi. Motivatsiyaning bu tarzda cheklanishi esa fikr doirasining torayishiga olib keladi. Oqibatda shaxs shakllanishi buzilib, aqliy jarayon susayadi.

Har bir illatning davosi bo‘lgani kabi, hasad illatining ham davosi bor. Bu bo‘yicha ulamolarimiz “Kim o‘zida boshqalarga bo‘lgan hasadni sezsa, unga qarshi taqvo va sabrni ishlatsin”, – deyishgan. Shu bilan birga quyidagi omillarni ham ishga solishi talab etiladi: 

- Avvalo Alloh taolodan yordam so‘rab, unga ko‘p bog‘lansin. Ushbu illatdan xalos bo‘lishga muvaffaq etishini umid qilsin;  

- Islom shariati ko‘rsatmalariga amal qilishi lozim. Zero shariatga amal qilish kishini turli illatlardan uzoqlashtiradi;  

- Bu dunyodagi har bir narsa Alloh taoloning Qazo va Qadari ila bo‘lishini imonini mustahkamlasin;

- Hasad hasadchining bu dunyoda salomatligiga, oxiratda esa Allohning g‘azabiga duchor qilishi kabi zararlarini ko‘p tafakkur qilsin;  

- O‘limni ko‘p eslasin. Zero, o‘lim – har qanday havoyi-nafs istaklarini parchalovchi omildir.  Mashhur sahobalardan birlari Abu Dardo raziyallohu anhu insonlarga nasihat qilib, shunday der ekanlar:

مَا أَكَثَرَ عَبْدٌ ذِكْرَ الْمَوْتِ إلّا قَلَّ فَرَحُهُ وَقَلَّ حَسَدُهُ

ya’ni: “Qaysi bir banda o‘limni ko‘p eslasa, uning (behuda) hursandchiligi va hasadi kamayadi”.

Alloh taolo barchamizni hasaddan, adovatdan asrasin, o‘zaro hamjihat bo‘lib yashashni muyassar qilsin! Omin!

Muhtaram jamoat! Mav’izamizni hozirgi kunda ba’zi hududlarda avj olib borayotgan illatlardan biri – hayvonlarni urishtirish haqida suhbatlashamiz.

Dinimizda turli hayvonlarni urishtirish, bu o‘yinlarga pul tikib qimor tashkil qilish va hatto tomosha qilish – ta’qiqlangan, harom ishdir. Bu haqda Ibn Abbos raziyallohu anhu shunday deydilar:

نَهَى رَسًولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ التَّحْرِيشِ بَيْنَ الْبَهَائِمِ )رَوَاهُ الْاِمَامُ التَّرْمِذِيُّ(

ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayvonlarni urishtirishdan qaytardilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Bu hadisi sharifning sharhida muhaqqiq Mullo Aliyyul Qori shunday deydilar: “Ya’ni, Payg‘ambarimiz sallalllohu alayhi vasallam hayvonlar bir-birini shoxlashi, tishlashi, bosib-yanchishi yoki o‘ldirishi uchun ularni gij-gijlash (urishtirish)dan qaytardilar. “Nihoya” kitobida hadisdagi “taxrish” – hayvonlarni bir-biriga gij-gijlash, deyiladi. Tuya, qo‘chqor, xo‘roz, fil va buqalarni bir-biri bilan urishtiradilar. Buqa va sherni ham gij-gijlashadi. Hayvonlarni bir biri bilan urishtirish mumkin emas ekan, odamlarni bir-biri bilan urishtirish undan ham yomonroqdir. Odam urishtirish ayrim shaharlarda ko‘p uchraydi. Bu hadisni Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyat qilgan” (“Mirqotul mafatih”).

“Avnul Ma’bud” kitobida bu haqida shunday deyilgan: “Hayvon urishtirishdan man qilishning sababi – hayvonlarga hech bir foydasiz, balki o‘yin uchun azob berish va qiynashdir”.

Hayvonlarni urishtirishning haromligi haqida Xalqaro islom uyushmasi qoshidagi Islom fiqhi akademiyasining Makka shahrida 1987 yil (1408 h. yil Safar oyida)  bo‘lib o‘tgan o‘ninchi davra majlisida qat’iy fatvo berildi. Hayvon urishtirishning haromligi aniq bo‘lgandan keyin, o‘rtaga pul qo‘yib urishtirish yoki tomoshabinlar pul bilan garov bog‘lashlarining ham harom ish ekanligi kelib chiqadi.

Dinimizda hayvonlarga ham sababsiz ozor, aziyat va azob berish mumkin emas. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayvonlarning ham huquqlari borligini asoslab berdilar. Payg‘ambarimiz  sallallohu alayhi vasallam yuz qismiga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib: “Bunga tamg‘a urganni Alloh la’natlasin!” – dedilar (Imom Muslim rivoyati). Yana hayvonlarni “musla” qilish (tirik hayvonlarni a’zolarini kesib yaralash)dan ham qaytarilganmiz. Demak, hayvonlarga ozor berish, azoblash va ularga shafqat ko‘rsatmaslik shariatimizda og‘ir jinoyat hisoblanadi. Hayvonlarni qamab qo‘yib, ochlikdan o‘ldirish – haromdir. Hadisi sharifda bir mushukni qamab qo‘yib qiynagan ayolning azoblanishi haqida xabar berildi (Imom Buxoriy rivoyati).  Kunlarning birida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eti suyagiga yopishib ketgan tuyani ko‘rib qoladilar va: “Bu tilsiz hayvonlar to‘g‘risida Allohdan qo‘rqinglar. Minishga yaroqli qilib mininglar, yeyishga yaroqli qilib yenglar”, – dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati). Har bir hayvonni nima uchun yaratilgan bo‘lsa, shu ishda foydalanish ham – dinimizning ko‘rsatmalaridan biridir. Bir hadisi sharifda: “Ulovlaringiz ustini minbar qilib olishdan saqlaninglar...”, – deyilgan (Imom Abu Dovud rivoyati). Buning ma’nosi, kimnidir kutayotganda, savdo-sotiq qilayotganda yoki boshqa ishlarni qilayotganda, zarurat bo‘lmasa, ulovni ustiga minib turmang, deganidir. Hadisi shariflarda tirik jonzot (tovuq, qo‘y, echki kabilar)ni o‘q otishga nishon qilib olishdan qaytariladi (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinimizdagi hayvonlarga bog‘liq yana bir asl qoida – ularga rahm-shafqat ko‘rsatishdir! Chanqagan itga shafqat ko‘rsatib, quduqdan suv olib chiqib bergan kishining gunohlarini Alloh taolo kechirgani rivoyat qilingan (Imom Buxoriy rivoyati). Sahobiylar safarda chumchuqqa o‘xshagan qushning paloponlarini olib qo‘yishganda, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam paloponlarni qaytarib, o‘z joyiga qo‘yishni buyurdilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hayvonlarga rahm-shafqatning bundan ham oliy darajasi – hatto go‘shti uchun so‘yilayotgan hayvonni ham qiynamaslikdir. Hadisi shariflarda so‘yilayotgan hayvonni qo‘pol ravishda sudramaslik, pichoqni hayvonni oldida qayramaslik, pichoqni o‘tkir qilish va boshqa hayvonlar oldida so‘ymaslik buyuriladi. Qo‘yni yiqitib qo‘yib, pichog‘ini qayrayotgan bir kishiga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Uni bir necha marta o‘ldirmoqchimisan?!” – deb tanbeh berdilar (Imom Hokim rivoyati). Fatvo kitoblarda agar zarar yetkazmasa, hasharotlarni ham behuda o‘ldirish mumkin emasligi zikr qilingan.

 

Muhtaram imom-domla! Kelgusi juma ma’ruzasi “Janoza va ta’ziya odoblari”mavzusida bo‘ladi. Jamoatga e’lon qilishingizni so‘raymiz.

Juma mav'izalari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

05.09.2026   54106   10 min.
Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi - xalqimiz tarixidagi eng muhim va qadrli sanalardan biri. 1991 yilda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyoga tanilishi xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarini tiklash va mamlakatni o‘z taraqqiyot yo‘lidan olib borish imkonini berdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berib, bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda.


Mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, diniy muassasalar faoliyatini rivojlantirish va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.


Bugun O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini, uning ilm-ma’rifatga, insonparvarlikka, mehr-oqibat va tinchlikka da’vat etadigan ezgu ta’limotlarini o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Diniy ta’lim muassasalari faoliyati takomillashtirilib, diniy kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy bilimini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.


Yurtimizda islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur allomalarning ilmiy merosini o‘rganish ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar asarlarini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy merosini yosh avlodga yetkazish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar xalqimizning milliy g‘ururini yuksaltirish bilan birga, yoshlarni ilm-fanga, ma’naviy kamolotga intilishga qiziqtiradi.


Diniy sohadagi islohotlarning yana bir muhim yo‘nalishi - diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashdir. O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat sifatida turli din vakillarining totuv va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. O‘zaro hurmat, sabr-toqat va totuvlik - yurtimiz tinchligi va barqarorligining muhim kafolatlaridir.


Bugungi global axborot almashinuvi davrida yosh avlodni diniy radikalizm, ekstremizm va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Yoshlarga diniy bilimlarni to‘g‘ri va ilmiy asosda o‘rgatish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va boshqa xalqlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.


Mustaqillikning 35 yilligi - bu bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizni baholab, kelajakka yangi maqsadlar bilan qadam tashlaydigan qutlug‘ sanadir. Mustaqilligimiz tufayli bugungi kunga kelib yurtimizda 2160 dan ziyod masjid, 14 ta islom ta’lim muassasasi (4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus) va 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolari uchun Qur’oni karimni sifatli o‘qishni o‘rgatadigan o‘ttizta o‘quv kurslari ochildi. Ushbu kurslarda 100 mingdan ziyod fuqarolarimiz ta’lim olmoqda. Yana bu yil ochilgan Toshkentdagi "Islom sivilizatsiyasi markazi," Samarqanddagi "Imom Buxoriy majmuasi" nafaqat O‘zbekiston musulmonlari, balki butun ummat uchun katta ne’mat bo‘ldi. Joriy yil 2026 yil Ramazon oyida xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning sababidan necha ming xonadonga quvonch kirib bordi. Yana "Muborak Qurbon hayiti" munosabati bilan xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun yana qaror chiqarilib, 700 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.


Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan bunday islohotlar jamiyatning ma’naviy jihatdan rivojlanishiga, milliy va diniy qadriyatlarimizning saqlanishiga hamda yosh avlodning yetuk inson bo‘lib shakllanishiga samarali xizmat qilmoqda.


Mustaqillik - xalqimizga o‘z tili, tarixi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlarini erkin o‘rganish va rivojlantirish uchun berilgan buyuk imkoniyat. Shu bois mustaqillikni qadrlash, yurtimizdagi tinchlik va asrash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatan taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish - barchamizning umumiy burchimizdir.


Mustaqilligimizning 35 yilligi xalqimizga yangi zafarlar, tinchlik, farovonlik va ma’naviy yuksalish olib kelsin! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz birligi va yurtimizdagi tinchlik abadiy davom etsin!


Barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!

Bahromiddin Razov,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi


"Erkin Qoraqalpog‘iston" gazetasi 2026 yil 90-sonidan olingan

***

G‘ӘRЕZSIZLIK – DINIY-MӘRIPIY RAO‘AJLANЫO‘ HӘM MӘNAO‘IY JЕTILISIO‘DIҢ PUNDAMЕNTI

     Өzbekstan Respublikasi mәmleketlik g‘әrezsizliginiң 35 jillig‘i – xalqimizdiң tariyxindag‘i yeң әhmiyetli hәm qәdirli sәne­lerdiң biri. 1991-jili Өzbekstanniң g‘әrezsiz mәmleket bolip dүnyag‘a tanilio‘i xalqimizg‘a өz tag‘dirin өzi belgileo‘, milliy qәdiriyatlarin qayta tikleo‘ hәm mәmleketti өz rao‘ajlanio‘ joli menen alip bario‘ imkaniyatin berdi. Өtken jillar dao‘aminda mәmleketimizde keң kөlemli өzgerisler jүzege asip, bүgin Jaңa Өzbekstandi qurio‘ jolinda izbe-iz reformalar alip barilip atir.

    
G‘әrezsizlik jillarinda milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdi qayta tikleo‘ge ayriqsha itibar berildi. Әsirese, soңg‘i jillarda diniy-mәripiy tarao‘dag‘i reformalar jaңa basqishqa kөterildi. Puqaralardiң hүjdan yerkinligin tәmiyinleo‘, diniy bilim alio‘ ushin shәrayatlar jaratio‘, diniy mәkemelerdiң xizmetin rao‘ajlandirio‘ hәm jәmiyette diniy keңpeyillikti bekkemleo‘ boyinsha әhmiyetli jumislar әmelge asirilip atir.


     Bүgin Өzbekstanda islam dininiң haqiyqiy mәnisin, oniң ilim-bilimge, adamgershilikke, mehir-aqibetke hәm tinishliqqa shaqiratug‘in iygi tәlimatlarin үyrenio‘ge үlken әhmiyet berilip atir. Diniy bilim berio‘ mәkemeleriniң xizmeti jetilistirilip, diniy kadrlardi tayarlao‘ hәm olardiң kәsiplik bilimin arttirio‘ ushin jaңa imkaniyatlar jaratilip atir.


     Yelimizde islam dininiң rao‘ajlanio‘ina үlken үles qosqan ataqli alimlardiң ilimiy miyrasin үyrenio‘ de basli bag‘darlardiң birine aylandi. Imam Buxariy, Imam Termiziy, Imam Maturidiy, Burhaniddin Marg‘inaniy siyaqli ulli alimlardiң shig‘armalarin tereң үyrenio‘, olardiң ilimiy miyrasin jas әo‘ladqa jetkerio‘ hәm xaliq araliq dәrejede keңnen tanitio‘ boyinsha kөplegen ilajlar әmelge asirilip atir. Bul jumislar xalqimizdiң milliy maqtanishin arttirio‘ menen birge, jaslardi ilim-bilimge hәm mәnao‘iy kәmilikke umtilio‘g‘a qiziqtiradi.


     Diniy tarao‘dag‘i reformalardiң jәne bir әhmiyetli bag‘dari – diniy keңpeyillik hәm konfessiyalar araliq tatio‘liqti tәmiyinleo‘ bolip tabiladi. Өzbekstan kөp milletli hәm kөp konfessiyali mәmleket sipatinda tүrli din o‘әkilleriniң tatio‘ hәm tinish turmis keshirio‘i ushin zәrүrli sharayatlardi jaratip atir. Өz-ara hүrmet, sabirliliq hәm tatio‘liq – yeli­mizdiң tinishlig‘i hәm turaqlilig‘iniң әhmiyetli kepillikleri bolip tabiladi.


     Bүgingi global xabar almasio‘ dәo‘irinde jas әo‘ladti diniy radikalizm, ekstremizm hәm basqa da jat ideyalardiң tәsirinen qorg‘ao‘ mәselesi de ayriqsha әhmiyetke iye. Usig‘an baylanisli mәmleketimizde «Jәhәlatqa qarsi mәrifat» prinsipi tiykarinda keң kөlemli ag‘artio‘shiliq jumislari alip barilip atir. Jaslarg‘a diniy bilimlerdi duris hәm ilimiy tiykarda үyretio‘, olarda milliy qәdiriyatlarg‘a hүrmet, O‘atang‘a sүyispenshilik hәm basqa xaliqlarg‘a hүrmet sezimlerin qәliplestirio‘ – bүgingi kүnniң әhmiyetli o‘aziypalarinan biri.


     G‘әrezsizliktiң 35 jillig‘i – bul өtken jolimizg‘a kөz juo‘irtip, jetiskenliklerimizdi bahalap, keleshekke jaңa maqsetler menen qәdem taslaytug‘in qutli sәne bolip tabiladi. G‘әrezsizligimiz sebepli bүgingi kүnge kelip yelimizde 2160tan aslam meshit, 14 islam tәlim orinlari (4 joqari hәm 10 orta arnao‘li) hәm 5 ilimiy-izzertleo‘ oraylari jumis alip barip atir. Jәne Өzbekstanniң 18 jastan joqari bolg‘an puqaralari ushin Qurani kәriymdi sapali oqio‘di үyretetug‘in otiz oqio‘ kurslari ashildi. Bul kurslarda 100 miңnan aslam puqaralarimiz tәlim alip atir. Jәne biyil ashilg‘an Tashkenttegi «Islam sivilizatsiya orayi», Samarqanddag‘i «Imam Buxariy kompleksi» tek g‘ana Өzbekstan musilmanlari ushin yemes, pүtkil үmmet ushin үlken ne’mat boldi. Biyilg‘i 2026-jilg‘i Ramazan ayinda qayirxomliq ilajlarin өtkerio‘ ushin 1 trillion artiq qarji ajiratildi. Buniң sebebinen neshshe miң shaңaraqqa quo‘anish kirip bardi. Jәne «Mүbәrek Qurban hayiti» mүnәsibeti menen qayirxomliq ilәjlarin өtkerio‘ ushin jәne qarar shig‘arildi hәm 700 milliard so‘mg‘a jaqin qarji ajiratildi.


     Diniy-mәripiy tarao‘da әmelge asirilip atirg‘an bunday reformalar jәmiyettiң mәnao‘iy tәrepten rao‘ajlanio‘ina, milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdiң saqlanio‘ina hәm jas әo‘ladtiң jetik insan bolip qәliplesio‘ine nәtiyjeli xizmet yetip atir.


     G‘әrezsizlik — xalqimizg‘a өz tilin, tariyxin, mәdeniyatin, milliy hәm diniy qәdiriyatlarin yerkin үyrenio‘ hәm rao‘ajlandirio‘ ushin berilgen ulli mүmkinshilik. Sol sebepli g‘әrezsizlikti qәdirleo‘, yelimizdegi tinishliq hәm tatio‘liqti saqlao‘, reformalardi qollap-quo‘atlao‘ hәm O‘atan rao‘ajlanio‘ina өz үlesimizdi qosio‘ — bәrshemizdiң birgeliktegi o‘aziypamiz.


     G‘әrezsizligimizdiң 35 jillig‘i xalqimizg‘a jaңa jeңisler, tinishliq, pәrao‘anliq hәm mәnao‘iy ilgerileo‘ alip kelsin! Jaңa Өzbekstanniң rao‘ajlanio‘i, xalqimizdiң birligi hәm yeli­mizdegi tinishliq mәңgi dao‘am yetsin!


Bәrshege Өzbekstan Respublikasi Mәmleketlik G‘әrezsizlik bayrami menen qutli-mүbәrek bolg‘ay…

 

Baxramaddin Razov, Qaraqalpaqstan musilmanlari qaziyati qazisi

 

Maqolalar