Musulmonlar hozirda butun dunyo aholisining 25 foizdan ortig'ini tashkil etmoqda va bu din dunyodagi ikkinchi eng ko'p e'tiqod qilinadigan din hisoblanadi.
Global musulmon aholi soni hisobotiga ko'ra, dunyo bo'ylab musulmonlar soni 2 006 931 770 kishini tashkil qilmoqda. Hisobotda musulmonlarning o'sish sur'ati ikki baravarga oshgani ma'lum qilingan.
Hisobotga ko'ra, Islom Afrika va Osiyo davlatlarning dini bo'lib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan dinga aylanmoqda.
2017 yil PEW tadqiqot markazining Din va jamoat hayoti forumida aholi soni bo'yicha yangi ma'lumotlar e'lon qilingan edi. Unga ko'ra, kelgusi 20 yil ichida dunyo musulmonlari soni 35 foizga o'sishi taxmin qilingan.
Dunyo musulmonlari soni musulmon bo'lmagan aholiga nisbatan tezroq o'sishi kutilayotgan bo'lsa-da, keyingi yigirma yil ichida musulmonlar soni avvalgi yigirma yildagiga qaraganda sekinroq o'sishi ham ta'kidlangan.
Bugungi kunda 240 milliondan ortiq musulmonga ega Indoneziya dunyodagi eng katta musulmon jamiyati hisoblanadi. Keyin Pokiston, Hindiston va Bangladesh. Afrika qit'asidan esa Nigeriya birinchilardan bo'lib turibdi.
Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir.
Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi.
Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.
MuslimShosh.uz