Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga burda (libos) hadya qildi. U zot alayhissalom uni kiydilar. U zotning o‘sha kiyimga ehtiyojlari bor edi. Sahobalardan biri uni ko‘rdi-da, «Ey Allohning Rasuli, bu buncha ham chiroyli ekan. Menga kiydiring shuni» deb u zotdan o‘sha libosni so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam darhol yechib, o‘sha odamga berdilar. Shunda sahobalar o‘sha odamga «Yaxshi ish qilmading. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu kiyimga ehtiyojlari borligidan uni kiygan edilar. Keyin sen u zot hech kimni quruq qaytarmasliklarini bilib turib so‘rading» deyishdi. Buni eshitgan boyagi odam «Allohga qasamki, men u libosni kiyish uchun so‘ramadim. Balki men uni kafanim bo‘lishi uchungina so‘radim» dedi. Buxoriy rivoyati.
O‘sha sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning liboslarini o‘zida saqlab turdi va oxiri o‘sha kiyim uning kafani bo‘ldi.
Nozimjon Hoshimjon tarjimasi
1. Soch oldirishda qiblaga qarab o‘tirish.
2. Sochni boshning o‘ng tomonidan boshlab olish va takbir (Allohu akbar deb) aytish.
3. Olingan sochni ko‘mish.
4. Sochning bir qismini oldirib, qolgan qismini qoldirmaslik.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir bolaning sochining ba’zisini qirilib, ba’zisini qoldirilganini ko‘rdilar. U zot alayhissalom bundan qaytarib: “Hammasini qiringlar yoki hammasini qoldiringlar”, dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD