Ramazon oyida hammamiz taqvodor bo‘lishga urinamiz. Namoz o‘qish, sadaqa berish, yetimlar, beva-bechoralar holidan xabar olishga intilib, qarindoshlar bilan bordi-keldini kuchaytiramiz. Oila, farzandlarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Ammo Ramazon oyidan keyin ba’zi kishilar bu ulug‘ oydagi taqvolarini ushlab qololmay, Ramazondan oldingi xatolarini yana davom ettirayotganlari ko‘zga tashlanib qoladi.
Xo‘sh, biz Ramazon oyidagi ruhiy holatimizni, ibodatlarga bo‘lgan intilishimizni bu oydan keyin ham davom ettirishimiz uchun nima qilishimiz kerak?
Javobi oddiy: biz taqvoli bo‘lishga faqat Ramazon oyida emas, balki butun umrimiz davomida buyurilganimizni unutmasak va shunga ko‘ra harakat qilsak bo‘ldi.
Alloh taolo bizni faqat Ramazonda emas, balki doim kuzatib turadi. Amallarimizni doim hisob-kitob qilib boradi.
Namoz doim farz. Zakot doim farz. Solih amallarni qilish va gunohlardan tiyilish bizdan doim matlubdir. Ota-ona ziyorati, silai rahm, yaxshi qo‘shnichilik, namozlarni masjidda jamoat bilan ado etish doim muhimdir. Ramazonda astoydil urinib qiladigan solih amallarimizni, aslida, doim qilib yurishga buyurilganmiz. Farishtalar bizning amallarimizni vafot etgunimizcha yozib borishadi. Ehson, infoq, muruvvat hamisha qilinishi kerak. Alloh taolo solih amallarimizga hamma vaqt savob beradi. Xato va ma’siyatlarimiz hamisha gunoh deb yozib boriladi. Biz gunohdan umrimiz oxirigacha chetda bo‘lishimiz kerak.
Alloh taolo bizni umr bo‘yi taqvo qilishga amr etgan. Shu amrida bardavom bo‘lishimizni, Ramazondan keyin ham Ramazon oyi shukuhida, oxiratga tayyorgarlik ko‘ruvchi inson bo‘lib yurishimizni nasib etsin, omin!
Nozimjon Iminjonov
313 ta hayotiy ZIYNAT qoidalari
ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(2-qism)
101) Saxiylik – boyning ziynati.
102) Ochiqqo‘llik – saxiyning ziynati.
103) Ko‘p yig‘i – xavf va qo‘rqishning ziynati.
104) Ulug‘vorlik – poshsholar ziynati.
105) Minnatni tark qilish – ehsonning ziynati.
106) Halollik – ishning ziynati.
107) Xushu’ – namozning ziynati.
108) Do‘ppi – o‘zbekning ziynati.
109) Bunyodkorlik – mehnatning ziynati.
110) Savod – bilimning ziynati.
111) Ilm – insoniyatning ziynati.
112) Sabr – balo-ofatning ziynati.
113) Donolik – tajribaning ziynati.
114) Mulohazalilik – fikrning ziynati.
115) So‘zda turish – erkakning ziynati.
116) Vaqtga rioya – mas’uliyatning ziynati.
117) Qalb musaffoligi – yaxshi insonning ziynati.
118) Tinchlik – yurtning ziynati.
119) Birdamlik – millatning ziynati.
120) Hur fikr – erkinlikning ziynati.
121) Toat-ibodat – ruhning ziynati.
122) Adolat – davlatning ziynati.
123) Ibrat – o‘tganlar hayotining ziynati.
124) Xotira – inson qadrining ziynati.
125) Qalb yumshoqligi – rahm-shafqatning ziynati.
126) Yaxshi so‘z – zabonning ziynati.
127) Bardosh – sinovlarning ziynati.
128) Quvonch – yurakning ziynati.
129) Qanoat – hayotning ziynati.
130) Hushyorlik – ongning ziynati.
131) Qalb tozaligi – imonning ziynati.
132) Yaxshi niyat – amalning ziynati.
133) Hayotbaxsh so‘z – dilning ziynati.
134) Qanoatlilik – qo‘shnining ziynati.
135) Yo‘lboshchilik – jamoaning ziynati.
136) Tinch uyqu – xotirjamlikning ziynati.
137) Yaxshi uyqu – sog‘lomlikning ziynati.
138) Halol mehnat – dehqonning ziynati.
139) Tashakkur – insoniylikning ziynati.
140) So‘zda tozalik – tilning ziynati.
141) Tarbiya – kelajakning ziynati.
142) Ibratli hayot – avlodning ziynati.
143) Mehr-muhabbat – turmushning ziynati.
144) Hurfikrlilik – zamonaviylikning ziynati.
145) To‘g‘rilik – hukmning ziynati.
146) Salohiyat – yoshlarning ziynati.
147) Quvvat – jasurning ziynati.
148) Harf tanish – bolalikning ziynati.
149) Diqqat – o‘qishning ziynati.
150) Ulug‘ orzu – qalbning ziynati.
151) Bardoshlik – darveshning ziynati.
152) Qaytmaslik – otaning ziynati.
153) Vafodorlik – xotinning ziynati.
154) Qanoatlilik – ko‘ngilning ziynati.
155) Ishonch – oilaviy munosabatlarning ziynati.
156) Hamkorlik – jamiyatning ziynati.
157) Ijodiylik – yoshlarning ziynati.
158) Tiniqlik – keksalarning ziynati.
159) Tiniq fikr – keksaning ziynati.
160) Tarbiya – ota-onaning ziynati.
161) Tuzuk fikr – yoshning ziynati.
162) Haqiqatni aytish – olimning ziynati.
163) Botiniy poklik – zohidning ziynati.
164) Ilojsizlikka chora – mohir ustaning ziynati.
165) Chin dildan ishlash – yaxshi ishchining ziynati.
166) Hurmat – barcha insoniy aloqalarning ziynati.
167) Tuzuk yo‘l – sayohatning ziynati.
168) Tartib – poshshoning ziynati.
169) Tezkorlik – savob izlaguvchining ziynati.
170) Mevadorlik – daraxtning ziynati.
171) Qanot – qushning ziynati.
172) Qanoatli mehnat – ishbilarmonning ziynati.
173) Qahrdorlik – yovuzning ziynati.
174) Umumiylik – insoniyatning ziynati.
175) Go‘zal so‘z – so‘zlashuvning ziynati.
176) Ustoz – ilm yo‘lining ziynati.
177) Savol – bilim olishning ziynati.
178) Xotira – millatning ziynati.
179) Vijdon – inson qalbining ziynati.
180) Yuzdagi nur – taqvoning ziynati.
181) Suvdagi tozalik – hayotning ziynati.
182) Yaxshi niyat – har bir ishning ziynati.
183) Yaxshi do‘st – tanlovning ziynati.
184) Sahar – ibodat vaqtining ziynati.
185) Ilk qadam – bolalikning ziynati.
186) Yaxshi zehn – aqlning ziynati.
187) Suzuvchi bulut – osmonning ziynati.
188) Bedorlik – vatan posbonining ziynati.
189) Vatan – millatning ziynati.
190) Qalb nuri – imonning ziynati.
191) Savob – har bir yaxshi ishning ziynati.
192) Sevgi – qalb muvozanatining ziynati.
193) Tilak – duoning ziynati.
194) O‘zaro tushunish – oilaviy baxtning ziynati.
195) Baxt – shukrning ziynati.
196) Yordam berish – insoniylikning ziynati.
197) Ibratli so‘z – ustozlikning ziynati.
198) Hushyor ko‘z – kuzatuvchanlikning ziynati.
199) Boshqalarni tinglash – hurmatning ziynati.
200) Qariyalar duosi – avlodning ziynati.
(Davomi bor...)
Ibrohimjon domla Inomov