Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2026   |   15 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:26
Xufton
20:49
Bismillah
03 May, 2026, 15 Zulqa`da, 1447

Iftorlik

14.05.2019   38937   2 min.
Iftorlik

Tanlovga!

—  Faqat ro‘zadorlarni da’vat qilaylik, ayajon. Tadbirning nomi iftorligu, qorni to‘qlarni chaqiramizmi?..

—  Yaqin qarindoshlarni aytmasak, ayb bo‘ladi, qizim!.. Butun mahalla-ko‘y, qarindoshlar taklif qilinadi-da!

“Odamlardan andisha qilamizu, Alloh va Rasulidan hayo qilmaymizmi, ayajon? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan  “Dasturxonlarning eng yomoni, ochlar qolib to‘qlar da’vat qilinganidir” mazmunda hadis rivoyat qilinadi. Ro‘za tutmagan, Allohning buyrug‘iga itoat qilmaganlarga dasturxon yozishning nima keragi bor, ayajon?!”... Bu so‘zlar yuragidan otilib chiqib, bo‘g‘zida tugunlandi. Onasiga e’tiroz bildirolmadi. Oqshom iftorlik dasturxoni yozilgan uylarga birin-ketin mehmonlar joylashdilar. Aksariyati ro‘za tutmagan,  “qalbi toza”lar. Ro‘za tutmagan bo‘lishsa-da, tortinmay iftorlik (!) dasturxonining to‘ridan joy olishganiga qaramay, ro‘zadorlar oldida og‘iz ochishni kutmay oldilariga qo‘yilgan yeguliklarni kavshay boshlashdi...

Iftorlik o‘tdi. To‘qlar to‘ydi. Ba’zilari duo qilib, ayrimlari esa, shukronalikni ham unutib qo‘zg‘aldilar.

—  Opa,- dedi o‘n olti yashar jiyani,- iftorlikda Islom haqida, Allohning buyruqlari, Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning hayot yo‘llari, sunnatlari, sahobiylar haqida gapirilmaydimi? Men shunaqa suhbatlar bo‘ladi deb kelgandim. Odatiy g‘iybatlar “aylandi” dasturxonda.

—  Qo‘yaver, singlim,- dedi jiyanidan ko‘zini olib qochib.- Biri oyog‘i, boshi og‘rishidan shikoyat qilgandi, ro‘za tutishini, ham iymon, ham sog‘lik halovatini his qilishini aytib baloga qoldim. Namoz o‘qimay, ro‘za tutmasa ham qalbi tozaligini naq bir soat takrorlab charchamadi.

—  Bekor gapiribsiz-da, asabingiz buzilibdi...

—  Yo‘q, singlim, aksincha, undaylarga sabr va chiroyli muomala bilan, avvalo aytganlarimizga o‘zimiz amal qilib, hol tili bilan tushuntirishda davom etishimiz kerak. Chunki, biz faqat nasihat qilguvchimiz, Hidoyatga boshlaguvchi esa Alloh subhonahu va taoloning O‘zi...

Umida Adizova

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar

Umar roziyallohu anhuning Rasululloh ﷺga muhabbatlari

29.04.2026   6002   1 min.
Umar roziyallohu anhuning Rasululloh ﷺga muhabbatlari

Bir kuni Hazrat Umar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Izn bering, Makkaga borib, umra qilib kelay", dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruxsat berdilar. Lekin Hazrat Umar roziyallohu anhu ketar-ketmas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni chaqirib, "Duolaringda bizni ham yod etgin, birodarim. Bizni unutma", dedilar. Bu gaplar Hazrat Umar roziyallohu anhuni eritib yubordi. Yo‘l davomida ajib hislarga chulg‘anib ketdi. Xursandchiliklari shu darajada ediki, dunyoning butun ne’matlari bu so‘zlarga teng kelmas edi (Ibn Sa’d, "Tabaqot"). Umradan qaytgunicha ko‘ngli shu quvonchga to‘lib yurdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘sha so‘zlari quloqlari ostida tinmay jaranglab turaverdi.


Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi