Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

Saudiya Arabistoni fatvoga oid xalqaro anjuman o'tkazadi

09.08.2023   884   1 min.
Saudiya Arabistoni fatvoga oid xalqaro anjuman o'tkazadi

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da'vat va irshod vazirligi kelgusi yakshanba kuni 85 davlatning vazirlari va diniy ishlar idorasi rahbarlari ishtirokida xalqaro anjuman tashkil qiladi: “Dunyodagi diniy ishlar, fatvolar va shayxliklar boshqarmalari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga oid “Aloqa va integratsiya” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qiladi.

Mamlakat Islom ishlari, da'vat va irshod vaziri doktor Abdullatif bin Abdulaziz Ol Shayxning ta'kidlashicha, anjuman ettita asosiy mavzuni o'z ichiga oladi, xususan, dunyodagi diniy ishlar bo'limlari, fatvo va shayxliklar idoralarining Islomga xizmat qilish, islom birligini mustahkamlash, voqelik va umid o'rtasidagi aloqa va integratsiya, ularning xalqlar o'rtasida bag'rikenglik va osoyishtalik  qadriyatlarini targ'ib qilish borasidagi sa'y-harakatlari, Qur'on va sunnatda mo''tadillik va asliyat, dunyodagi diniy ishlar, fatvo va shayxliklar idoralarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash va ularning jamiyatni ateizm va parchalanishdan himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlari kabilarni qamrab oladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

12.05.2025   3989   1 min.
Mo‘minning hamma ishi o‘ziga yaxshilik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ishi ajoyibdir. Uning hamma ishi o‘ziga yaxshilikdir. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).