Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2026   |   18 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:44
Bismillah
03 Iyul, 2026, 18 Muharram, 1448

Islomda ayolning o‘rni

14.02.2019   6961   7 min.
Islomda ayolning o‘rni

Bashariyat hech qaysi zamonda ayolga islom ta’limotichalik katta e’tibor bergan birorta din yoki tamaddunni ko‘rgan emas, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ayol haqida so‘z yuritar ekan islom dini uni yuksak maqom va yuqori hurmat –ehtirom egasi o‘laroq tasvirlaydi. Islomda ayol kishi haq-huquqlari ta’minlangan va burch-vazifalari belgilab berilgan to‘laqonli shaxs hisoblanadi.

Islom bashariyatga jismoniy tuzilish, tabiat, his-tuyg‘u,orzu-umid, sihhat-salomatlik, ehtiyoj va zaruratlar borasida bir-butun mukammal inson sifatida qaraydi. Va aksincha irqiy omil, rangdagi tafovut, kelib chiqish va jinsiy farqlarga nazar solmagan. Bu holda mazkur birlik har bir narsada; erkinlikda, adolatda va birodarchilikda ham bo‘lishlikni taqozo etadi. Tenglik tamoyili islom dining insonlarning fe’l va hatti-harakatlariga taalluqli turli-tuman shar’iy hukmlari tarkibida chaqirib kelgan tushunchadir. Bu borada Rosululloh (s.a.v.)dan mana bunday hadis rivoyat qilingan: “Insonlar bir-birlariga xuddi taroq tishlari kabi tengdirlar. Bir kishini boshqa kishidan taqvodan boshqa narsada afzalligi yo‘qdir”. Islomda bashar farzandlari barobardirlar. Unda ayrim insonlar o‘zlarini boshqalardan jins yo kelib chiqish, terisining rangi yoki yashash joyi kabi omillar orqali ustun sanashlarini oqlovchi narsa aslo topilmaydi. Afzallik borasida mezon bitta va u qaysi jinsda bo‘lishidan qat’iy nazar taqvodir. Bundan ma’lum bo‘ladiki, islom ayolga ikkita qoida asosida qarar ekan. Ularning birinchisi tuzilish va yaratilishdagi bir xillik bo‘lib, bu haqida qur’oni karimda mana banday deyilgan: “Odamlar, sizlarni bir jon (Odam ato)dan yaratib, undan uning juftini yaratgan va ulardan ko‘plab erkak va ayollarni taratgan robbingizdan qo‘rqing” (Niso 1-oyat). Ikkinchisi, erkak va ayol o‘rtasida qaror toptirilgan aka singillik rishtasi. Chunki har bir erkak va ayol bir otaga borib taqaladi. Bu haqida Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey odamlar biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratib, o‘zaro tanishishlaringiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik...” (Hujurot, 13). Bu aytib o‘tilganlarning barchasi xususida Rosululloh (s.a.v.) insoniyat uchun abadiy dasturni mana bunday deb baralla e’lon qiladi: “Ey insonlar, sizlarning robbingiz bir, otangiz ham bir, ogoh bo‘lingizkim, arabni arab bo‘lmagandan va arab bo‘lmaganni arabdan, qizil tanlini qora tanlidan va qora tanlini qizil tanlidan taqvodan boshqa narsada ustunligi yo‘q. Albatta, sizlarning  eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir”.

Agar biz yuqoridagi ikkita asosiy qoidani to‘g‘riligini isbotlagan bo‘lsak, endi ulardan kelib chiqadigan ba’zi-bir juz’iy qirralarni aytib o‘tamiz.

Avvalo erkak va ayol shar’iy vazifalar va ularga bog‘liq bo‘lgan ajr va savoblar borasida barobardir. Bu narsa Qur’on va sunnatda ochiq ravshan ta’kidlab o‘tilgan. Ularga ko‘ra din va dunyoga bog‘liq barcha ishlarda yuklangan vazifa bir xil. Alloh taolo aytadi: “erkakmidi ayolmidi mo‘min bo‘lgan har kimki solih amal qilsa, bas, ular jannatga kirurlar ...” (Niso, 124). Jazo berilish masalasida ham ushbu tenglikni ko‘rish mumkin. Alloh taolo aytadi: “O‘g‘ri erkak va o‘g‘ri ayolni qilgan ishlariga jazo bo‘lsin uchun qo‘lini kesinglar ...” (Moida, 38).

Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasidan kelib chiqib ulamo va mufassirlarning aksariyati Qur’on va sunnatda birlik yoki ko‘plikdagi erkak jinsiga qaratilgan vazifalar, umumiy amallar hech qanday ajratishliksiz ayolga ham tegishli ekanligini  ta’kidlaganlar. Faqat har bir jinsning o‘z jinsiga xos bo‘lgan ishlar bundan mustasnodir. Bularga ibodatlar ham, moliyaviy ishlar ham, haq-huquqlar ham halol-haromlar ham odob-axloqlar ham barcha-barchasi kirib ketadi. Ammo ba’zi-bir ishlar, masalan, vatan himoyasi, juma va jamoat namozlari, moliyaviy ta’minot va boshqa masalalardagi tengsizligi uning aqli yoki insoniyligi, sha’ni yo layoqatini kamsitishdan emas, balki, uning tabiati, imkoniyati va undagi hissiyotning g‘olibligi kabi jihatlarini hisobga olinganidandir.

Endi islomda erkak va ayolga nisbatan farqli bo‘lgan ayrim shar’iy masalalarni ko‘rib chiqaylik.

Moliyaviy haq-huquqlarda ikkita ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga barobar qilingan. Buning sababi oddiy. Odatda ayol kishi ko‘proq uy ishlari bilan band bo‘ladi. Shuning uchun ham uning moliyaviy oldi-berdilardagi ishtiroki deyarli bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda kam sonli ayollarni katta tijoratlarda ishtirok etayotgani bu kamyob hodisa bo‘lib, unga e’tibor berilmasa ham bo‘ladi. Demak, bu masalalarda xato qilib qo‘yish yoki unutib qo‘yish ehtimoli kattaroq. Bu narsa xuddi ba’zi-bir uy yumushlarida erkak kishi esdan chiqarib qo‘yadigan masalalarni ayol yaxshiroq bilishi mumkin bo‘lishining ayni o‘zidir. Insonda o‘zining ko‘p mashg‘ul bo‘ladigan sohasini boshqa sohalarga qaraganda yorqinroq eslab qolish tabiati mavjud bo‘lar ekan.

Jinoyat ishlarida esa ayol kishi umuman guvohlikdan ozod qilingan. Chunki uning tabiati qon to‘kish, qatlning turli-tuman ko‘rinishlariga toqat qilib tura olmaydi. Natijada hodisaga taalluqli nozik jihatlarni payqamay qolishi mumkin. Aksincha, ayollarga xos bo‘lgan ba’zi masalalarda esa, erkaklar qolib uning guvohligi qabul qilinadi. Aytib o‘tilganlardan ma’lum bo‘ladiki, bu sohada e’tibor qaratiladigan asosiy jihat insonning erkak yoki ayolligi emas, balki boshqa nazarda tutilgan manfaatlar ekanligi har bir insofli kishiga oydek ravshan bo‘lib turibdi.

Merosda ham islom ayolga erkak ulushining yarmini ajratdi. Chunki meros tartiblarini meros oluvchining zimmasiga yuklangan nafaqa qilish kabi vazifalarni nazarda tutib qaraydigan bo‘lsak, dinimizda ayollarga ajratilgan vorislik haqqi bu ularga nisbatan ko‘rsatilgan juda katta iltifot va yuksak ehtirom namunasidir. Chunki islom ayollarga hech qanday yaqiniga nafaqa qilish burchini yuklamagan. Hattoki o‘ziga ham sarf qilmaydi va uning sarf-xarajatlari erining yo otasining yoki o‘g‘lining va ba’zan aka va shunga o‘xshash yaqin qarindoshlarining zimmasiga yuklatilgan.

Demak, ayoldan ikki barobar ko‘p meros olgan akasi agar uning boquvchisi yo‘q bo‘lsa ushbu singilga, o‘zining xotiniga, onasiga va boshqalarga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda, uning yarmicha meros olgan singil mazkur mablag‘ni faqat o‘zi istagan yo‘lga ishlatishi mumkin bo‘ladi. Kimga ko‘p e’zoz ko‘rsatilganini mana shu tomonlarni e’tiborga olib hisoblanilsa adolatli bo‘ladi manimcha.

Islomning boshqa hukmlari ham shunday. Ibodatlarni olsak, bu yerda ularga juda katta ehtirom ko‘rsatilganini guvohi bo‘lamiz. Ularga juma, jamoat namozi, hayit namozi, janoza namozi va dafn marosimlari va boshqa ko‘plab amallar ixtiyoriy. Bularning barchasi erkaklar zimmasida. Oylik odati yoki nifosi kelib zaiflashib turgan vaqtda qaysi g‘amxo‘r yo himoyachi islomchalik marhamat ko‘rsatgan. Aksincha, ularni erkak bilan teng degan da’vo bilan hech bir yumushini soqit qilish u yoqda tursin hatto yengillatib ham qo‘ymagan.  

 

Saidjamol Masayitov

O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Robbingizga tavakkul qilib uyquga yoting

03.07.2026   827   1 min.
Robbingizga tavakkul qilib uyquga yoting

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hayotning bo‘ronli kunlariyu o‘tkir tig‘li hanjarlari unga ozor berishiga qaramay Allohning qadari va irodasiga rozi bo‘lib uyquga ketgan, mahzunlik uning qalbiga kirishga yo‘l topa olmayotgan, ko‘z yoshlar esa ko‘ziga hech o‘rnasha olmayotgan va farzandi, suyukli insonlari, ota-onasi yoki do‘stlarini yo‘qotgan barcha insonlarga aytar gapimiz: Alloh ajringizni ulkan qilib bersin! Darajangizni oliy qilsin! Siniqligingiz o‘rnini O‘zi to‘ldirib bersin! U zot bunday marhamat qiladi:

﴿وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى الْخَاشِعِينَ﴾

“Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir” (Baqara surasi, 45-oyat).

Hazrati Aliy roziyallohu anhu aytadilar: “Sabrning iymondagi o‘rni boshning jismdagi o‘rni kabidir”. Shuning uchun siz sabringiz evaziga beriladigan mukofot – Firdavs jannatini qo‘lga kiritishingiz sizga xushxabar bo‘lsin! Tez orada siz har qanday holatda ham muvaffaqiyat qozongan inson ekaningizni bilasiz. Chunki Alloh taolo O‘zining Payg‘ambariga bunday deydi:

﴿وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ﴾

Va sabrlilarga bashorat ber” (Baqara surasi, 155-oyat).

Shu’la: O‘zingizga bo‘lgan ishonch umringiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sizga yangi g‘oyalar ijod etishingiz va o‘z kasbingizda yangi marralarni zabt etishingizga yordam beradi.
 

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar