Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447

01.02.2019 y. Fiqhiy mazhablar – birlik ramzi

25.01.2019   5562   15 min.
01.02.2019 y. Fiqhiy mazhablar – birlik ramzi

بسم الله الرحمن الرحيم    

FIQHIY MAZHABLAR – BIRLIK RAMZI

الحَمْدُ للهِ الذِّي قَالَ فِي كِتَابِهِ: "وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا"، وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِهِ الذِّي قَالَ: "إيَّاكُمْ وَالفُرْقَةَ" وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ وَالتَّابِعِيْنَ وَمَنْ تَبِعَهُمْ بِإِحْسَانٍ إِلَى يَوْمِ الدِّيْنْ أَمَّا بَعْدُ

Muhtaram jamoat! “Mazhab” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “yo‘l”, “yo‘nalish” ma’nolarini bildiradi. Shar’iy istilohda esa, “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘lidir. Sahoba va tobeinlar davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasida to‘rt yirik: hanafiy, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhablari rivoj topgan. Mazkur to‘rt mazhab vujudga kelishining asosiy omili –  bular qolgan mazhablarning ta’limotini ham tadqiq qilib chiqib qamrab olganidir.

Bu haqda alloma Ibn Rajab (vaf. 795/1393) o‘zining “To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” asarida quyidagi so‘zni aytganlar: “Ko‘plab mazhablar orasidan aynan to‘rt mazhab saqlanib qolishi xuddi Qur’oni karimning yetti qiroatidan faqat bittasi qolganiga o‘xshaydi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamga Qur’oni karim yetti xil lahjada nozil bo‘lgan. Keyinchalik islom dini atrofga keng yoyilib, musulmonlarning soni ortib bordi va qiroat borasida ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar kelib chiqqach, Usmon ibn Affon raziyallohu anhu mus'hafni yetti qiroatdan faqat bittasining lahjasida yozdirishga qaror qildi. Oqibatda bugun yer yuzi musulmonlari Qur’onni faqat bitta mus'hafdan ya’ni, Usmon mus'hafida yozilgan xatidan o‘qiydigan bo‘ldi. Demak, ko‘plab mazhablar orasidan faqat to‘rttasining saqlanib qolgani asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo‘lgan”.

Mazkur to‘rt mazhabning to‘g‘riligi va haq ekanligi haqida barcha musulmon ummati ijmo (ittifoq) qilganlar. Dalil sifatida quyidagi olimlarning so‘zlarini keltiramiz:

Alloma Ibn Rajab rahmatullohi alayh o‘zlarining “To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” nomli kitobida shunday degan: “Alloh taolo shariatni saqlash va dinni muhofaza qilish uchun o‘z hikmati bilan odamlar ichidan to‘rt zabardast imomlarni chiqarib berdi. Ularning ilmu ma’rifatda bir martabaga erishganlarini va chiqargan fatvo va hukmlarini haqiqatga o‘ta yaqinligini barcha ulamolar bir ovozdan e’tirof qilganlar. Barcha hukmlar o‘shalar orqali chiqariladigan bo‘ldi. Bu narsa mo‘min bandalar uchun Alloh taoloning lutfu karami va marhamati bo‘ldi”.

Ulamolarimiz fiqhiy mazhablar imomlarini va ularning ishlarini quyidagi misol bilan tushuntiradilar: “Allohning roziligiga erishib, jannatiy bo‘lish xuddi tog‘ning cho‘qqisiga chiqishdek bo‘lsa, mazhab imomlari Qur’on, hadis va shularga asoslangan manbalardan foydalanib, cho‘qqiga chiqishning eng oson va bexatar yo‘lini topib, belgi qo‘yib, osonlashtirib qo‘ygan kishilardir. Cho‘qqiga chiquvchilar mazkur buyuk to‘rt imom ko‘rsatgan yo‘ldan birini tutsalar osongina, qiynalmasdan maqsadiga erishadi”.

Imom Badruddin Zarkashiy “Bahrul muhit” kitobida shunday yozadi: “Musulmonlarning e’tirof qilingan to‘rt mazhabi haqdir va undan boshqasiga amal qilish joiz emas”.

Mazkur to‘rt mazhabning barchasi mo‘tabar bo‘lib, musulmon kishi ularning biriga ergashishi vojibligiga islom ummati ittifoq qilgan.

 Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy o‘zlarining “Iqdul farid fi ahkomit-taqlid” nomli asarlarida shunday deganlar: “Bilingki, ushbu to‘rt mazhabdan birini ushlashda katta foyda bor. Undan yuz o‘girishda esa, katta muammo va ixtiloflar bor. Bir mazhabda yurishdagi foydalardan biri – sahoba va tobeinlarning shariat ilmini o‘rganishdagi odatlariga ergashishdir. Chunki, tobeinlar shariat ishida bir-birlariga yoki sahobalarga ergashar edi, sahobalar esa, bir-birlariga yoki Rasulullohga ergashganlar”.

Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy so‘zlarini davomida shunday deydi: “Bir mazhabda yurishdagi foydalardan yana biri – Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qilgan quyidagi hadisga amal qilish bor:

  "فَإِذَا رَأَيْتُمُ اخْتِلَافًا فَعَلَيْكُمْ بِالسَّوَادِ الْأَعْظَمِ"

ya’ni: “Agar ixtilofni ko‘rsangiz, o‘zingizga ko‘pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Ibn Moja rivoyati).

  To‘g‘ri mazhablardan faqat mana shu to‘rttasi qolgan ekan, ularga ergashish katta jamoaga ergashish hisoblanadi”.

Alloma Zafar Ahmad Usmoniy rahmatullohi alayh “E’lous-sunan” kitobida shunday deganlar: “To‘rt mazhab imomlari haqiqatan to‘g‘ri yo‘l va hidoyatdadir. Bir yurtda ulardan qaysi birining mazhabi tarqalgan bo‘lsa, uning ulamolari va kitoblari ko‘p bo‘lsa, ijtihod darajasiga yetmagan kishi (oyat va hadislardan o‘zi mustaqil hukm chiqarishga qodir bo‘lmagan kishi) uchun o‘sha mazhabga ergashmoq vojib bo‘ladi. O‘z yurtida keng tarqalmagan va ulamolari ko‘p bo‘lmagan mazhabga ergashish joiz emas. Chunki bunday holatda mazkur mazhabning barcha hukmlarini o‘rganish imkoni bo‘lmaydi. Buni yaxshi biling. Inshaalloh, haqiqat bundan boshqada emas.

Agar bir yurtda barcha mazhablar tarqalib, mashhur bo‘lgan bo‘lsa, hamda u mazhablarning ulamolari ham yetarli bo‘lsa, ijtihod darajasiga yetmagan kishi uchun ulardan birini tanlab, o‘sha mazhabga ergashishi joiz bo‘ladi”.

  Mashhur alloma Abdulhay Laknaviy hazratlari o‘zlarining “Majmuatul fatovo” kitoblarida Shoh Valiyulloh Dehlaviyning quyidagi so‘zlarini keltirganlar: “Hindiston va Movarounnahr yurtlarida shofeiylarni ham, hanbaliylarni ham, molikiylarni ham mazhabi tarqalmagan, boshqa mazhab kitoblari ham yetib kelmagan. Shuning uchun ushbu diyorlarda yashovchi ijtihod darajasiga yetmagan kimsalarga Abu Hanifa mazhabiga ergashish vojib bo‘ladi. Makkai mukarrama va Madinai munavvarada yashovchi kimsalarga unday emas. Chunki u yerda barcha mazhablarni topish imkoniyati bor”.

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, bizning O‘zbekistonimizda faqatgina Imomi A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabiga amal qilish lozim ekani ma’lum bo‘lmoqda. Allohga hamdlar bo‘lsinki, bir necha asrlardan beri ota-bobolarimiz mazkur mazhabga og‘ishmay-toyilmay amal qilib kelmoqdalar.

Mashhur muhaddis olim Ibn Hajar Asqaloniy o‘zlarining “Majma’ul muassas fil mo‘jamil mufahras” asarida o‘zlari shofeiy  bo‘lishlariga qaramasdan hanafiy mazhabimizni maqtab shunday deganlar: “Hanafiy mazhabida bizning mazhabimizda uchramaydigan mustahkam asosga ega qoidalar bor”.

Hozirgi kunda dunyo musulmonlarining yarmidan ortig‘i aynan hanafiy mazhabimizga amal qilib, o‘z ibodatlarini shu mazhabga muvofiq ado etib kelmoqdalar.

Xullas, mazhablar, xususan hanafiy mazhabimiz haqidagi maqtov va e’tiroflar nihoyatda ko‘p bo‘lib, bu joyda ularning barchasini keltirishga imkon yo‘q.

Afsuslar bo‘lsinki, mana shunday barcha yetuk olimlar e’tirof qilib turgan mazhabdan ba’zi yurtdoshlarimiz yuz o‘girib, “men Qur’on va hadisdan o‘zim hukm olaman” deb, katta xato qilmoqdalar. Xatolarining asosiy sababi ular mazhab o‘zi nima, asoschilari kimlar ekanligini bilmasliklaridandir, ya’ni jaholatdandir.

Mazhabboshilar sahih hadislarni hasanidan, hasan hadislarni zaifidan, nosix hadislarni mansuxidan ajrata oladigan bo‘lganlar. Shuningdek, ular oyat, hadis va osorlarning (sahobalardan rivoyat qilingan xabarlarning) ma’nolari va sharhlaridan xabardor bo‘lganlar hamda oyat va hadislardan hukm olish uchun zarur bo‘lgan bir qancha ilmlarni bilganlar. Bizni hozirgi zamonda bunday zotlarni topish amrimahol ishdir.

Hijriy yettinchi asrda yashagan Imom Navaviy rahmatullohi alayh ham bu mavzuga doir quyidagi fikrlarni aytganlar: “Mujtahidning hukmiga qarshi sahih hadis topgan kishi unga amal qilishi uchun alohida shartlar bor. Bu shartlarni o‘zida mujassam qilgan kimsa bizning zamonamizda o‘ta ozdir”.

E’tibor beraylik, Imom Navaviy rahmatullohi alayh hijriy yettinchi asrda turib, bizning zamonamizda bunday odam ozdir, demoqdalar. Hozirgi o‘n beshinchi hijriy asrda bunday shartlarni o‘zida mujassam qilgan zotlar bormikan?

Bir ishda bir mazhabga, ikkinchi bir ishda boshqasiga ergashish durust emas. Buni ulamolar “talfiq” deydilar. Dinda adashmaslik uchun, to‘rttadan ma’lum bir mazhabni ixtiyor qilish va faqat unga ergashish lozim.

Ulamolarimiz: “Hatto ilmi yuqori darajaga yetib, mazhablarning dalillarini solishtirib, kuchlisini aniqlash darajasiga yetgan odam ham birovlarga bu haqda gap ochmasin, fatvo bermasin. O‘zi amal qilsa, ruxsat”, deganlar.

Bularning hammasi musulmonlar orasida ixtilof chiqarmaslik uchun ko‘rilgan chora-tadbirlardir. Bunday choralar ayniqsa ommaviy diniy ilmsizlik hukm surayotgan makonlar va zamonlar uchun juda ham zarur.

Ma’lumki, ahli sunna val-jamoadagi to‘rt mazhabning barchasini e’tirof etamiz va hurmat qilamiz. “Usulul fiqh” kitoblarida ta’kidlanganidek, ulardan faqat bittasiga taqlid qilamiz, ya’ni ergashamiz.

Imomi A’zam rahmatullohi alayh hijriy 80 yilda tavallud topganlar.

Imomi Molik ibn Anas rahmatullohi alayh hijriy 93 yilda tavallud topganlar.

Imomi Shofeiy rahmatullohi alayh hijriy 150 yilda tavallud topganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh hijriy 164 yilda tavallud topganlar. Demak, eng avval tug‘ilgan, sahobalar asrida tavallud topgan Imom bizning Imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayhdir. U zot Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalariga zamondosh bo‘lganlari ma’lum, boshqa mazhabboshilar esa sahobalarning suhbatlarini topmaganlar. Shuning uchun ular Imomi A’zam rahmatullohi alayhni  o‘zlariga ustoz deb bilganlar. Mazhab boshliqlaridan biri Imomi Shofeiy Imomi A’zamni shunday e’tirof qiladilar: “Odamlar hammalari va barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashda va mas’ala ilmida go‘yo Imomi A’zam Abu Hanifa qaramog‘idagi oila a’zolaridir. Abu Hanifa rahmatullohi alayh bilan raqobot qilish darajasiga chiqqan inson yo‘q”.

Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh esa, Imomi A’zam rahmatullohi alayhni ulug‘lab, shunday tavsif etganlar: “Men hadis ilmini bilishda, janobi Rasulullohning oxirgi hadislarini yetkazishda va eng sahih hadislarni anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa insonni uchratmadim”. Bu zot doimo Imomi A’zam rahmatullohi alayhni o‘zlariga ustoz deb bilganlar.

Demak, musulmonlarning birligi, ibodatlarning mukammalligi, jamiyatning tinchligi uchun yurtimiz musulmonlari o‘z ota-bobolari tanlagan Imomi A’zam rahmatullohi alayhning mazhablariga ixlos ila ergashishlari o‘ta muhim va juda zarurdir!

Muhtaram jamoat! Mav’izamiz davomida hanafiy mazhabimiz bo‘yicha namozdagi ba’zi masalalar haqida suhbatlashamiz.

  • Namozda oyoqlar kerib turilmaydi. Agar imkon bo‘lsa, ikki oyoqning o‘rtasi to‘rt barmoq miqdoricha bo‘lgani mustahabdir. Ammo bemor, gavdasi katta va barvasta kishilar bo‘lsa, to‘rt barmoq miqdoridan kengroq ochishlariga ham ruxsat berilgan.
  • Qiyomga turganda (tikka turishda) qo‘llarni kindik ostiga qo‘yiladi. ayollar esa bundan farqli o‘laroq qo‘llarini ko‘kraklari ustiga qo‘yadilar.
  • Namozga kirish uchun aytiladigan “Allohu akbar” takbirida qo‘llarning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga tekkiziladi. Ayollar esa, qo‘llarini yelkasi barobaricha ko‘taradi.
  • Imomga iqtido qilgan odam qiroat qilmaydi, garchi imom ichida qiroat qilsa ham, balki sano o‘qigandan keyin jim turadi.
  • Jahriy namozlarda imom surai Fotihani o‘qib bo‘lganda, iqtido qilguvchilar “Omin”ni ovoz chiqarmasdan aytadi.
  • Rukuga borganda qo‘llar bukilmaydi, balki tekkis turadi.
  • Rukudan oldin va keyin ikki qo‘l ko‘tarilmaydi.
  • Sajdaga borishda yerga birinchi tizza, keyin qo‘llar, so‘ng peshona va burun qo‘yiladi. Sajdadan ko‘tarilishda esa, birinchi burun va peshona, keyin qo‘llar, so‘ng tizzalar yerdan uzuladi. Bemor yoki yoshi ulug‘ kimsalar esa, o‘z sharoitlaridan kelib chiqib, sajdaga borishi va ko‘tarilishi mumkin.
  • Sajdadan keyin turish kerak bo‘lgan rakatlarda bir o‘tirib olmasdan, balki sajdani ado qilib, darrov turiladi.
  • O‘tirgan paytda ko‘rsatgich barmog‘ini to‘xtovsiz qimirlatmaydi yoki o‘tirishni boshidan oxirigacha uni ko‘tarib ham turmaydi, balki puxta o‘rgangan bo‘lsa, ishorai sabboba qiladi, aks holda qilmaydi.
  • Farzdan keyin sunnati o‘qiladigan namozlarda, farz bilan sunnatni orasida “Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh. Allohumma antas salom, vaminkas salom, tabarokta ya zaljalali val-ikrom”ni o‘qib, darrov sunnat namozini o‘qishga kirishiladi, o‘rtaga boshqa narsa ziyoda qilinmaydi.
  • Namozni bosh kiyim bilan o‘qiladi, salla bilan o‘qish esa, afzal va savobi ko‘pdir. (Muxtasarul viqoya, Sharhul viqoya, Hidoya, Xulosatul Fatovo, Fatovoi Qozixon, Fatovoi Hindiya va boshqa Hanafiy mazhabimizning barcha mo‘tabar kitoblarida mazkur masalalar ochiq-oydin bayon qilingan).

 

“Vaqf” xayriya fondining oxirga haftadagi ishlari haqida ILOVA

“Vaqf” xayriya fondi tomonidan imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11 yanvar kuni Jizzax viloyatidagi 150 nafar gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan shaxslarga jami 9 763 564 (to‘qqiz million yetti yuz oltmish uch ming besh yuz oltmish to‘rt) so‘m,  17 yanvar kuni Toshkent viloyatida esa 350 nafar gapirishida va eshitishida nuqsoni bor imkoniyati cheklangan shaxslarga jami 15 595 300 (o‘n besh million besh yuz to‘qson besh ming uch yuz so‘m) so‘m va 20 yanvar kuni  Samarqand viloyatidagi 500 nafar gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan shaxslarga jami 18 001 000 (o‘n sakkiz million ming so‘m) so‘mlik tovar-moddiy boyliklar xayriya tariqasida imkoniyati cheklangan shaxslarga taqdim qilindi.

Shuningdek, Gematologiya-qon quyish markazida oq qon bilan kasallangan 15 nafar yosh bolalarga 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘mlik dori-darmonga yordam berdi.

Alloh taolo Baqara surasida shunday degan:

الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ سِرًّا وَعَلَانِيَةً فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ.

ya’ni: “Mol (boylik)larini kechayu kunduz, pinhonayu oshkora ehson qiladigan kishilar uchun Parvardigorlari huzurida (maxsus) mukofotlari muhayyodir. Ularga (oxiratda) xavf ham bo‘lmas va ular tashvish ham chekmaslar” (Baqara surasi, 274-oyat).

Demak, kishi xayr-ehsonni ixlos bilan, savob umidida qilar ekan, oyati karimada va’da qilinganidek, ulkan mukofotlarga erishadi.

Alloh taolo barchamizni ota-bobolarimizning mazhablari bo‘lmish Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yo‘llarini ushlab, bir yoqadan bosh chiqarib, ixtilof va tafriqachilikka berilmasdan, o‘zaro hamjihatlikda hayot kechirib borishimizni nasib aylasin! Omin.

 

Juma mav'izalari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI

26.06.2025   2368   2 min.
HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI


 Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasida 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda matbuot, televideniye, radio, internet saytlari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Shuningdek, Diniy idoraning hududiy vakilliklari Matbuot xizmati xodimlari Zoom dasturi orqali masofadan turib qatnashdi. 
 Ta’kidlash joizki, davlatimiz Rahbari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari barobarida ularga yuksak e’tibor qaratib kelayotganlari quvonarli hol albatta.

 Tadbir Qur’oni karim tilovati va ezgu duolar bilan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov jurnalistlarga Muftiy hazratlarining tabriklarini yetkazish barobarida xalqimiz manfaati, din g‘ami va Vatan taqdirini yuragidan o‘tkazib ishlaydigan ijod ahlining da’vatkor so‘zi, ibratli faoliyati tahsinga loyiq ekanini bildirib o‘tdi. 
 Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali Ijodiy birlashmasi Bosh direktori Madamin Safarov so‘zga chiqib, diniy-ma’rifiy ishlarni xalqimizga to‘laqonli yetkazishda ijod ahlining o‘rnini alohida qayd etishdi. Xususan, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan qilinayotgan hamkorliklar tufayli teleradio va matbuotdagi chiqishlar salmog‘i yil sayin ortib borayotganini ta’kidlashdi.

 Bayram tadbiri yakunida o‘ttizdan ziyod hamkor OAV vakillariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashakkurnomalari va esdalik hadyalar taqdim etildi.  

 Fursatdan foydalanib Muslim.uz jamoasi barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab qoladi!
 FOTOLAVHALAR 


 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 MUSLIM.UZ (http://muslim.uz/) GA  OBUNA BO'LING (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7)  VA ULASHING (https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal)

 YouTube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured) | Instagram (https://www.instagram.com/muslimuzportali/) |  Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)

#xabar #27_iyun #matbuot #axborot

HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI
O'zbekiston yangiliklari