Marokash tashabbusi bilan qabul qilingan hujjat BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilindi.
Qarorda “odamlarga diniy mansubligi yoki e'tiqodidan kelib chiqib, ularning diniy timsollari – muqaddas kitoblari, mulki, uy-joy, korxona, maktab, madaniyat markazlariga qarshi qaratilgan har qanday zo'ravonlik harakati keskin qoralanadi. Yoki jo'nab ketish joyi, shuningdek, diniy manzil, ziyoratgohga har qanday hujum taqiqlanadi.
Hujjat mualliflari musulmonlarning muqaddas kitobi – Qur'onga qarshi fitnani keskin qoralab, bunday amalni “diniy nafrat harakati” sifatida ta'riflagan.
25 iyul' kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalarida Qur'on nusxasini yoqish aktsiyasi bo'lib o'tdi. Huddi shunday hodisa bir kun avval Iroq elchixonasi yaqinida ham o'tkazilgan edi.
O'zA
Bir o‘smir “ulg‘ayib, boy bo‘lsam hammaga yordam beraman” deb yurar edi. U boylik bo‘lsagina odamlarga yordam berish mumkin, degan fikrda ekan, bir kuni Payg‘ambar alayhissalomning bir xurmoni yarmini sadaqa qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlanish lozimligi haqidagi hadisini eshitib qoldi. Bir kichik xurmoning yarmi qancha bo‘lardi, deb tasavvur qilolmadi.
Ertasiga ko‘chaga chiqish oldidan bir xurmoni cho‘ntagiga solib oldi. Yo‘l bo‘yda tilanib turgan otaxonning yonidan o‘tarkan, cho‘ntagiga qo‘lini tiqib, beixtiyor kechagi hadisni esladi. Xurmoni olib, yarmini otaxonga uzatdi. Shunda otaxonning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. O‘smir yigit o‘yladiki, “hatto ko‘p pul berilsa ham bu qadar xursand bo‘lmasdi”, deb o‘yladi. Qilgan ishidan o‘ziyam shodlandi. Angladiki, otaxon o‘ziga berilgan narsaning qiymatidan emas, o‘ziga berilgan e’tibor va baham ko‘rishdan nihoyatda shodlangandi.
Yigitcha bu ishidan keyin yuqoridagi hadisning hikmatini tushunib ketdi. Endi u bir ko‘ngilni obod qilish uchun boy bo‘lishni kutib yurmaslik kerakligini bildi. Zero, ko‘ngil Xudoning nazargohidir. Uni quvontirgan kishini Alloh quvontirishi shubhasizdir.
Akbarshoh Rasulov