Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyun, 2025   |   15 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
19:59
Xufton
21:37
Bismillah
11 Iyun, 2025, 15 Zulhijja, 1446

BMT muqaddas kitob tahqirlanishi bo'yicha rezolyutsiya qabul qildi

26.07.2023   1446   1 min.
BMT muqaddas kitob tahqirlanishi bo'yicha rezolyutsiya qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni kamsituvchi har qanday amalni qoralab, bunday xatti-harakat xalqaro huquq me'yori buzilishi sifatida tan olingan rezolyutsiyani tasdiqladi.

Marokash tashabbusi bilan qabul qilingan hujjat BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilindi.

Qarorda “odamlarga diniy mansubligi yoki e'tiqodidan kelib chiqib, ularning diniy timsollari – muqaddas kitoblari, mulki, uy-joy, korxona, maktab, madaniyat markazlariga qarshi qaratilgan har qanday zo'ravonlik harakati keskin qoralanadi. Yoki jo'nab ketish joyi, shuningdek, diniy manzil, ziyoratgohga har qanday hujum taqiqlanadi.

Hujjat mualliflari musulmonlarning muqaddas kitobi – Qur'onga qarshi fitnani keskin qoralab, bunday amalni “diniy nafrat harakati” sifatida ta'riflagan.

25 iyul' kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalarida Qur'on nusxasini yoqish aktsiyasi bo'lib o'tdi. Huddi shunday hodisa bir kun avval Iroq elchixonasi yaqinida ham o'tkazilgan edi.

 O'zA

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bo‘lajak hojilarimizning hujjat ishlari yakuniga yetdi

30.05.2025   12253   1 min.
Bo‘lajak hojilarimizning hujjat ishlari yakuniga yetdi

Bugun Madinai munavvaradagi pasport va beydjiklar bilan bog‘liq ishlar nihoyasiga yetdi. Bu ishlarga mas’ul bo‘lgan Rifada shirkati hujjat ishlarida yaqindan ko‘mak bergan o‘zbekistonlik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Jumladan, “Haj-2025” mavsumida ushbu bo‘lim bilan hamkorlikda ishlagan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo‘limi mudiri Kamoliddin Mahkamov hamda Hadis ilmi maktabi direktori Barot Amonovga tashakkurnoma taqdim etildi.

Bo‘lajak hojilarimizning hujjat ishlari yakuniga yetdi
O'zbekiston yangiliklari