Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

Insoniyatning ijtimoiy tarmoqdan foydalanish ko'rsatkichi 60 foizdan oshdi

25.07.2023   917   1 min.
Insoniyatning ijtimoiy tarmoqdan foydalanish ko'rsatkichi 60 foizdan oshdi

Yer yuzi bo'ylab, qariyb, besh milliard kishi yoki sayyoramiz aholisining 60 foizi ijtimoiy tarmoqdan foydalanmoqda. Bu “Kepios” raqamli konsalting firmasi o'tkazgan tadqiqot natijasida ma'lum bo'ldi.

Hulosa qilinishicha, 2022 yil tarmoqdan foydalangan odamlar soni 3,7 foiz ko'paygan va jami internet auditoriyasi (5,19 milliard kishi) bilan tenglashgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqda o'tkazayotgan vaqti ham oshib, kuniga o'rtacha 2 soat 26 daqiqaga etgan.

Ijtimoiy tarmoqda eng faol qatlam 16-24 yosh orasidagi xotin-qizlar ekan, eng sust qatlam esa 55-64 yoshli erkaklar bo'lib chiqdi. Foydalanuvchilar, asosan, ettita platformaga qo'shilgan, ularning eng ommabopi “WhatsApp”, “Instagram” va “Facebook”. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda vaqt o'tkazish mintaqalarda farqlanadi. Masalan, Sharqiy va Markaziy Afrikada har 11 kishining, atigi, bir nafari ijtimoiy tarmoqdan foydalansa, Hindistonda bundaylar har uch kishidan birini tashkil etadi.

O'zA

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

16.05.2025   1998   1 min.
Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi
O'zbekiston yangiliklari