Hulosa qilinishicha, 2022 yil tarmoqdan foydalangan odamlar soni 3,7 foiz ko'paygan va jami internet auditoriyasi (5,19 milliard kishi) bilan tenglashgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqda o'tkazayotgan vaqti ham oshib, kuniga o'rtacha 2 soat 26 daqiqaga etgan.
Ijtimoiy tarmoqda eng faol qatlam 16-24 yosh orasidagi xotin-qizlar ekan, eng sust qatlam esa 55-64 yoshli erkaklar bo'lib chiqdi. Foydalanuvchilar, asosan, ettita platformaga qo'shilgan, ularning eng ommabopi “WhatsApp”, “Instagram” va “Facebook”. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda vaqt o'tkazish mintaqalarda farqlanadi. Masalan, Sharqiy va Markaziy Afrikada har 11 kishining, atigi, bir nafari ijtimoiy tarmoqdan foydalansa, Hindistonda bundaylar har uch kishidan birini tashkil etadi.
O'zA
Ibn Qoyyim rahimahulloh: “Juma kunida sadaqa berishning haftaning boshqa kunlariga nisbatan fazli, Ramazon oyida sadaqa berishning boshqa oylarda sadaqa berishga nisbatan fazli kabidir”, dedi.
Juda oz bo‘lsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qil. Chunki sadaqa:
• Allohning g‘azabini o‘chiradi;
• kasallikka davo bo‘ladi;
• mol-mulkingni poklaydi;
• Qiyomat kuni soya bo‘ladi;
• inson vafotidan keyin ham ajr-savobni ko‘paytirib turadi.