Hotin-qizlar huquqlarini mustahkam himoya qilish va bolalarning majburiy mehnatga jalb etilishiga qarshi kurash sohasida erishilgan natijalar alohida qayd etildi. O'zbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini ta'minlash bo'yicha samarali islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar, odam savdosiga oid muammolar, ularning kelib chiqishi sabablari, bartaraf etish yo'llari, ushbu illatdan jabr ko'rganlarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatish, aybdorlarga nisbatan esa qonuniniy chora ko'rish amaliyotlari bilan bog'liq bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Fatma Al Baaj Almoatasem Belah, o'z navbatida, dunyo bo'ylab olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlari, amaliy tadbirlarga qaramay, hozirgi kunga qadar ko'plab odamlar «zamonaviy qullik» - odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganini ta'kidladi. U O'zbekistonning ushbu global muommaga qarishi kurash bo'yicha vazifalarini va natijalarini yuqori baholadi. «Odam savdosidan jabr ko'rayotganlar orasida ayollar soni ortib borayotgani hamda transmilliy jinoyatchilik chegara tanlamasligi inobatga olinib, yuqoridagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhim», - dedi Fatma Al Baaj Almoatasem Belah.
Bo'lib o'tgan suhbat yakunida O'zbekiston Bosh konsulligi va «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg'armasi» o'rtasida odam savdosi qurboni bo'lgan ayollar hamda undan jabr ko'rganlarni himoya qilish maqsadida ikki tomonlama Hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash to'g'risida kelishib olindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati