Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446

Odam savdosiga qarshi kurash sohasida «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg'armasi» bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

21.07.2023   1277   2 min.
Odam savdosiga qarshi kurash sohasida «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg'armasi» bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg'armasi» boshqarma boshlig'i Fatma Al Baaj Almoatasem Belah bilan uchrashdilar, deb  xabar  bermoqda «Dunyo» AA muxbiMuloqot avvalida BAA vakiliga  davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekistonda turli sohalarda hayotga izchil tadbiq etilayotgan islohotlar, barkamol avlodni har tomonlama sog'lom va etuk kadrlar bo'lib etishishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, migratsiya siyosatini takomillashtirish, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida  batafsil aytib berildi.

Hotin-qizlar huquqlarini mustahkam himoya qilish va bolalarning majburiy mehnatga jalb etilishiga  qarshi kurash sohasida erishilgan  natijalar alohida  qayd etildi. O'zbekistonda  ayollar va bolalar huquqlarini ta'minlash bo'yicha  samarali islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan  yuqori baholanayotgani ta'kidlandi.

Tomonlar, odam savdosiga oid muammolar, ularning kelib chiqishi sabablari, bartaraf etish yo'llari, ushbu illatdan jabr ko'rganlarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatish, aybdorlarga nisbatan esa qonuniniy chora ko'rish amaliyotlari bilan bog'liq bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Fatma Al Baaj Almoatasem Belah, o'z navbatida, dunyo bo'ylab olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlari, amaliy tadbirlarga qaramay, hozirgi kunga qadar ko'plab odamlar «zamonaviy qullik» - odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganini ta'kidladi. U  O'zbekistonning ushbu global  muommaga qarishi  kurash  bo'yicha vazifalarini va  natijalarini  yuqori baholadi. «Odam savdosidan jabr ko'rayotganlar orasida ayollar soni ortib borayotgani hamda transmilliy jinoyatchilik chegara tanlamasligi inobatga olinib, yuqoridagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhim», - dedi Fatma Al Baaj Almoatasem Belah.

Bo'lib o'tgan  suhbat  yakunida O'zbekiston  Bosh konsulligi va «Dubay ayollar va bolalarni himoya qilish jamg'armasi» o'rtasida odam savdosi qurboni bo'lgan ayollar hamda undan jabr ko'rganlarni himoya qilish maqsadida ikki tomonlama Hamkorlik  memorandumini ishlab chiqish va  imzolash to'g'risida kelishib olindi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   16367   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD