Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

25.01.2024   1572   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston ziyolilari yagona muloqot maydonida birlashdi

24.11.2026   1810   7 min.

«Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi». O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ana shu shior ostida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor tashkil etilgan O‘zbekiston ziyolilari kengashi yig‘ilishining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida, shuningdek, Yangi Toshkentda qad rostlagan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi majmuasida bo‘lishdi.

O‘zbekiston ziyolilari kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur kengash mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning intellektual salohiyati, boy tajribasi va tashabbuslarini umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yo‘naltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, milliy yuksalishni hech kim tayyor holda taqdim etmaydi. U xalqimizning o‘z mehnati, aql-zakovati va hamjihatligi bilan barpo etiladi. Bu yo‘lda ziyolilarning o‘z bilim va tajribasi, kuch-g‘ayrati hamda intellektual salohiyatini safarbar etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kengashning yalpi majlisi va yettita sho‘basida milliy taraqqiyotimizning g‘oyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, «O‘z» falsafasining zamonaviy talqini, inson qadri va fuqarolik o‘zligi, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, o‘zbek tili va adabiyoti, raqamli taraqqiyot va mediamakon, milliy tarbiya va tarixiy xotira, madaniyat va kreativ iqtisodiyot, ilm-fan va ta’lim, innovatsion tibbiyot, yashil taraqqiyot hamda tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ziyolilar, olimlar va ijod ahlini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini davlat va jamiyat boshqaruvida inobatga olish masalalariga doimo alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «Ziyolilarimiz, olimlarimiz, ijodkorlarimiz — jamiyatimizning oltin fondi, xalqimizning ma’naviy ustunidir. Ularning fikri, taklif va tashabbuslari biz uchun doimo muhim va qadrli».

Ushbu kengash yig‘ilishiga tayyorgarlik doirasida shu yilning 10–14 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy muloqotlar tashkil etildi. Ularda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot, innovatsiya va jamoatchilik sohalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur muloqotlarga ikki ming nafardan ortiq ziyoli jalb qilinib, ular tomonidan uch mingdan ziyod fikr-mulohaza va mingga yaqin taklif bildirildi. Bu esa jamiyatimizdagi intellektual salohiyat, ijodiy tafakkur va yangilanishga bo‘lgan intilishning yaqqol ifodasidir.

– Qudratli davlat barpo etgan Amir Temur dunyoni lol qoldirgan saltanatida hamisha oqil kishilar bilan maslahatlashishga odatlangan, – dedi O‘zbekiston Qahramoni, taniqli olim Shavkat Ayupov. – Bugungi uchrashuvimizning mohiyati ham ana shu ko‘p asrlik qadriyat va an’analarning Yangi O‘zbekistonda qayta tatbiq etilishidir. Anjuman uchun muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi tanlangani ham bejiz emas. Bu maskan Xorazmiy va Beruniy, Ibn Sino va Forobiy, Imom Buxoriy va Termiziy kabi ulug‘ allomalarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan beqiyos hissasi timsolidir. Ushbu tabarruk maskanda muhokamalar o‘tkazamiz. Yakunda har bir yo‘nalishda ishlab chiqilgan aniq tavsiyalarni umumlashtirib, taqdim etamiz.

Yig‘ilishning dastlabki qismida, shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov, Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodov, professor Nurislom To‘xliyev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xattot Habibullo Solih, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora Samandar, ijtimoiy tarmoqlarda milliy mediakontentlar yaratuvchi Nodirbek Nishonov, aktyor Erkin Bozorov, shoira Mehrinoz Abbosova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Almagul Bayriyeva so‘zga chiqdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ular mamlakatimizda kechayotgan yangilanish va islohotlar jarayonida ziyolilar ham o‘zlarining o‘tkir va ta’sirchan so‘zi, ibratli faoliyati hamda ezgu tashabbuslari bilan faol ishtirok etishlari zarurligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish davomida hududiy muloqotlarda bildirilgan taklif va tashabbuslar, milliy taraqqiyotning ustuvor vazifalari yuzasidan fikr almashish davom etdi. Ikki kunlik yig‘ilish yakunida ilgari surilgan takliflarni umumlashtirish hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash ko‘zda tutilgan.

Zero, milliy yuksalishning mustahkam poydevori bilimli, tashabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan ziyolilardir. Bu kabi muloqtlar ana shu salohiyatni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, ziyolilar so‘zini jamiyat va davlat hayotida yanada ta’sirchan kuchga aylantirishga xizmat qilishi aniq.

Nazokat USMONOVA,

Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA

 

 

Fotolavhalar