Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qilgan holatlar

15.11.2018   10993   2 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum qilgan holatlar

Badaviy bilan suhbat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’bai muazzamani tavof qilayotib, bir sahroyi kishining “Yo Karim!” deganini eshitdilar va uning so‘zini takrorladilar. Sahroyi kishi Mezob tomonga o‘tib yana: “Yo Karim!” – degan edi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham “Yo Karim!” – dedilar. Shunda sahroyi kishi u zotga qarab: Ey go‘zal yuz, ko‘rkam qomat sohibi! Meni masxara qilmoqchimisan? Allohga qasam, bir mo‘min banda bo‘lmaganingda edi, sen to‘g‘ringda Muhammadga (alayhissalom) shikoyat qilardim. U zot tabassum qildilar va: Payg‘ambaringni taniysanmi? – dedilar.

Sahroyi kishi: – Yo‘q, – deb javob berdi.

– Unda qanday qilib imon keltirgansan?

– Uni ko‘rmagan bo‘lsam­da, payg‘ambarligiga imon keltirdim va yetkazganlarini tasdiqladim.

Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini tanishtirdilar. Sahroyi kishi hayajonini yashirolmadi. Xijolat chekib, Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam muborak qo‘llarini o‘pmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Shoshma, ey mo‘min banda, ajamlar o‘z podshohlariga shunday muomala qilishadi. Mutakabbirlik menga xos emas. Alloh meni bashorat berguvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborgan”, dedilar.

Barchaga tabassum qilardilar

Jarir roziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomning ishonchlarini qozongan, u zotning huzurlariga to‘siqsiz kira olar edi. Nabiy alayhissalom Jarir roziyallohu anhuni har ko‘rganlarida tabassum qilardilar. Bu haqda Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: Men musulmon bo‘lganimdan keyin qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan bo‘lsam, albatta yuzimga tabassum bilan qaraganlar” (Imom Buxoriy rivoyati). 

So‘nggi tabassum...

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Abu Bakr Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan oldingi bemorliklarida odamlarga namoz o‘qib berar edi. Toki, dushanba kuni kelib, ular namoz safida turganlarida, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hujraning pardasini ochdilar va tik turgan hollarida bizga nazar sola boshladilar. Yuzlari xuddi mus'hafning varag‘iga o‘xshash edi. So‘ngra tabassum ila kulimsiradilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto)

05.01.2026   2258   1 min.
Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto)

#Malaka_oshirish #Qishki_ta’til

2025 yil 30 dekabrdan shu yil 11 yanvarga qadar professor-o‘qituvchilar uchun “O‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar hamda ixtisoslik fanlari” mavzusida malaka oshirish seminari tashkil etildi.
 

Seminarning maqsadi — professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalar va metodologiyalar bo‘yicha bilimlarini boyitish hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etishdir.


Ilk dars Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov tomonidan “O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda Islom ilmlari ta’lim tizimining rivojlanishi” mavzusida ochildi. Shuningdek, Muhammadakmalxon domla Shokirov Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’ruza qildi.


Seminarda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Oliymahad.uz

Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto) Qishki ta’tilda malaka oshirish seminarlari boshlandi (foto)
O'zbekiston yangiliklari