Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Barchamizga Hadis ilmi maktabi muborak bo‘lsin

10.11.2018   4653   3 min.
Barchamizga Hadis ilmi maktabi muborak bo‘lsin

Hadisi sharif Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi asosi hisoblanadi. Hadis ilmini mukammal o‘rganish Islom diniga bid’at-xurofotlar kirishidan himoya qiladi. Bu ilm bo‘lmasa, hadislarning sahih va to‘qimalari aralashib ketadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va boshqalarning so‘zlari farqlanmay qoladi. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, o‘z joyini do‘zaxdan tayyorlasin»,- deganlar (Imom Buxoriy). Bu esa muqaddas Islom dini sofligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun hadis ilmini to‘liq va mukammal o‘rganish lozim bo‘ladi.

Yurtimizda barcha sohalar kabi diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan islohotlar bo‘lmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Azal-azaldan Islom dini ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan diyorimizda musulmonlar uchun yana bir quvonchli xabar parvoz qila boshladi. Bu Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan asos solingan Hadis ilmi maktabining ochilishidir. Imom Buxoriy va Imom Termiziylarni yetishtirgan bu o‘lkadan yana ko‘plab dunyoga ustoz bo‘ladigan ulamolar yetishib chiqishiga aslo shubha yo‘q. Ushbu maktabning “Hadis ilmi sultoni”atalmish Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi mangu qo‘nim topgan diyorda bunyod etilishi ham bu dargohda ilm oluvchilarga o‘zgacha bir kuch va g‘ayrat baxsh etsa ajab emas. Ma’rifatga oshifta xalqimiz, hadis ilmiga chanqoq bo‘lib turgan paytda, bu bilim dargohi tashna  qalblarni qondirgan zilol suvdek halovat baxsh etdi desak ayni haqiqat bo‘ladi. Har qanday farzand ham ota-bobosi bajargan ishni qilishga, ularning izidan borishga  moyil bo‘ladi. Yoshlarimizdan kelajakda butun dunyoga mashhur olimlar yetishib chiqishiga hech shubha yo‘q. Chunki bizning avlodlar tomirlarida butun jahonga O‘zbek  ilmini taratgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy,  Imom Dorimiy kabi buyuk muhaddislarning qoni jo‘shib oqmoqda. Aynan shu xususiyatlarni o‘z vaqtida payqab, ilm eshiklarini keng ochayotgan yurtboshimizning bunday xayrli ishlariga tasannolar bo‘lsin! Ha, bu diyorning farzandlari azaldan dunyoga ustozlik qilib kelgan, shunday ekan bu odat davom etishdan to‘xtamaydi.

Bu ulug‘ yurtdan ko‘plab Buxoriylar, Termiziylar chiqadi. Negaki, bu millatning oqil va dono yo‘lboshchisi xalqiga nurafshon yo‘lni ko‘rsatib, ilm bulog‘iga chorlab turibdi, o‘sha ilmning sharqiroq anhorlaridan yana biri bu - Samarqandda ochilgan hadis ilmi maktabidir. Hadis ilmi bo‘yicha dunyoning eng yirik ulamolaridan biri Shayx Muhammad Avvoma bunday deydi: «O‘zbekistondan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi allomalarning Islom ilmlariga qo‘shgan buyuk hissasini butun dunyo e’tirof etadi. Bu diyor dunyo mamlakatlariini yoritgan olamga nur taratgan zamin hisoblanadi. Jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekistonda adolatli rahbar boshchiligida insonlar farovonligi, ularning to‘kin hayoti yo‘lida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozir O‘zbekiston katta taraqqiyot yo‘lida. Ishonamanki, ushbu mamlakatning kelajagi buyuk bo‘ladi, inshaalloh».

Barcha-barcha Islom shaydolari, hadis ilmi oshiftalariga bu yangi va nurafshon dargoh muborak bo‘lsin!

Ziyouddin MIRSODIQOV,

«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   22468   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar