Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy rohimahulloh bunday deganlar: “Bilingki, ushbu to'rt mazhabdan birini ushlashda katta foyda bor. Undan yuz o'girishda esa katta muammo va ixtiloflar bor. Bir mazhabda yurishdagi foydalardan biri – sahoba va tobeinlarning shariat ilmini o'rganishdagi odatlariga ergashishdir. Chunki tobeinlar shariat ishida bir-birlariga yoki sahobalarga ergashar edi. Sahobalar esa Rasulullohga yoki bir-birlariga ergashganlar”.
“Iqdul farid fi ahkomit-taqlid” kitobidan
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan imom-xatiblar va imom noiblari
uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan shu yil 6 martdan boshlab Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatida tajvid darslarining navbatdagi amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
Xususan, shu yil 10 aprel kuni Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida hududdagi imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid va qiroat ilmiga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi.
Mazkur tadbirda "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum ishtirok etib, "Buxoro va Samarqand ulamolarining tajvid va qiroat ilmiga qo‘shgan hissasi" mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati