Imom Ali ibn Abdulloh Samhudiy rohimahulloh bunday deganlar: “Bilingki, ushbu to'rt mazhabdan birini ushlashda katta foyda bor. Undan yuz o'girishda esa katta muammo va ixtiloflar bor. Bir mazhabda yurishdagi foydalardan biri – sahoba va tobeinlarning shariat ilmini o'rganishdagi odatlariga ergashishdir. Chunki tobeinlar shariat ishida bir-birlariga yoki sahobalarga ergashar edi. Sahobalar esa Rasulullohga yoki bir-birlariga ergashganlar”.
“Iqdul farid fi ahkomit-taqlid” kitobidan
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.