Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida bir guruh arxeologlar 14 asrga oid bo‘lgan masjid devorlarini tiklash ishlarini boshlaydilar. Ushbu masjid aholi yashash manzillari orasida joylashgan.
Qadimiy topilmalar vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, Qohiraning al Darb al Ahmar tumanida joylashgan Amir al Mardoniy masjidining qayta ta’mirlanishi yer osti suvlari va kanalizatsiya quvurlari tufayli muammoga uchrab kelgan.
Masjidni qayta ta’mirlash ishlari 2020 yilning oxirlariga borib yakunlanishi aytilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masjidlar qurish, ta’lim olish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordamga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Bugungi qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati