Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Safar oyi – yaxshilik oyi

12.10.2018   11048   5 min.
Safar oyi – yaxshilik oyi

Safar oyi – hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yilning ikkinchi oyidir. Har doim safar oyi yaqinlashishi bilan odamlar orasida turli savollar ko‘paya boradi. Safar oyida safar qilib bo‘lmasmish. Safar oyida to‘y qilib bo‘lmasmish va hokazolar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam  insoniyatni jaholat botqog‘idan xalos etib, ular orasida tarqalgan xurofotlarni isloh qilish uchun yuborilganliklari barchamizga ma’lum. Ilohiy ta’limotda qazoyu qadarga imon keltirish Islom dinimiz asoslaridan biridir.  Shunday ekan, inson boshiga tushadigan barcha yaxshilik va yomonliklarni ham taqdirdan deb bilish, u bandaga Allohning irodasi bilangina yetadi deyish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu haqda Qur’oni karimda quyidagicha bayon qilingan: “Sizga Allohning iznisiz hech bir musibat yetmas. Kim Allohga imon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir” (Tag‘obun,11).

Ayrim kimsalarning oy, kun, joy va odamlardan shumlanishi, ulardan yomon fol ochishi ularning nodonligiga va Islom ta’limotidan bexabarligiga dalolat qiladi. Shumlanishlik borasida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak xadis shariflarida: “Uch narsadan mening ummatim hanuz qutula olmaydi. Ular: xasad, badgumonlik va irimdir. Shu narsalardan qutulish yo‘li shuki, hasad qilsangiz zulmga o‘tmang. Gumonu shubha qilsangiz, uni xaqiqat hisob qilib unga asosan ish tutmang. Biror irim qilinadigan narsaga duch kelsangiz, Allohga tavakkul qilib, yo‘lingizda va ishingizda davom etavering!”(Abu Ya’lo rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qilgan hadisda johiliyat aqidasidan ogohlantirib aytdilarki: “E’tiqod yuzasidan bir kasallikni ikkinchi bir kishiga o‘tishi qat’iy qilinmaydi, magar Alloh taolo xohlasagina o‘tadi. Shariati islomiyada irim qilish yo‘q, u johiliyat qoldiqlaridan bo‘lib, musulmonlar orasida tarqalgan zararli aqidadir. Vafot etgan odamning ruhi kelib, turli jonivorlar shaklida chirqillab turishi ham yo‘qdir. Chunki odamlar o‘ylaganidek, boyo‘g‘li sayraganida yoki in qurganda, daraxt qurib, uylar vayronaga aylanmaydi, aksincha, boyo‘g‘li qurigan daraxtlarni va vayronalarni qidirib topib, o‘sha joylargagina in quradi. Chunki uning yemishi bo‘lmish sichqon va kalamushlar, odatda, xuddi ana shunday yerlarda bo‘ladi. Safar oyidan ham irim qilish, shumlanish noto‘g‘ri” (Muttafaqun alayh).

Har vaqt va har bir amalda Allohning o‘ziga tavakkul etish zarur. Zero, Alloh taolo Quroni karimda bunday marhamat qiladi: “…Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas,(Allohning) o‘zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh o‘zi(hoxlagan) ishiga yetuvchidirAlloh barcha narsa uchun miqdor (me’yor va muddatni tayin) qilib qo‘ygandir” (Taloq, 3).

Hozirgi kunda ham xalqimiz orasida bunday bema’ni fikr va irim-sirimlar uchrab turadi. Masalan, yo‘lda ketayotgan odam oldidan qora mushuk o‘tib qolsa, bir falokat yuz beradi deb tushunadi. Kechasi qichqirgan xo‘rozni bexosiyat deb hisoblab, uni so‘yib yuborish kerak deb o‘ylaydi. Bu ishlarning noto‘g‘riligini quyidagi hadis isbotlaydi: Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Vaqtiki xo‘roz qichqirganini eshitsangiz, Alloh taoloning fazlini so‘rang, chunki xo‘roz farishtani ko‘rganda qichqiradi”. Vaqtiki eshakni hangraganini eshitsangiz, Allohdan panoh tilang, chunki eshak shaytonni ko‘rganda xangraydi”, deganlar.

Safar oyidan shumlanishga qarshi faqat tushuntirish ishlari olib borish bilan kifoyalanib qolinmadi, balki amaliy va namunali ishlar ham qilindi. Johiliyat ahlining safar oyidan shumlanishiga tamoman zid o‘laroq bu oy Islomda “Safarul xayr” (Safar yaxshilik) deb nomlandi. Johiliyat ahlining safar oyida ish boshlab bo‘lmaydi, degan xurofotiga zid o‘laroq Islomda ko‘pgina ishlar aynan safar oyida boshlandi. Masjidi Nabaviyning qurilishi birinchi hijriy sananing aynan safar oyida bo‘ldi. Johiliyat ahlining safar oyida safarga chiqib bo‘lmaydi, degan e’tiqodiga zid o‘laroq musulmonlar xuddi boshqa oylardagi kabi bemalol safarlarga chiqdilar. Payg‘ambar alayhissalom safar oyida safarga chiqib Xaybarni fath qildilar. Johiliyat ahlining safar oyida nikohlanib bo‘lmaydi, degan safsatasiga qarshi o‘laroq musulmonlar bu oyda nikohlarini o‘tkazdilar. Manbalarda Imom Zuhriyning rivoyatlari asosida keltirilishicha, Payg‘ambarimiz alayhissalom aynan safar oyida o‘z qizlari Fotimai Zahroni Ali roziyallohu anhuga nikohlab berdilar. O‘shanda hijratning ikkinchi yili edi. Safar oyidan shumlanishni yig‘ishtiraylik. Bilmaganlarga ham bu oy to‘g‘risida o‘zimiz bilgan islomiy haqiqatni yetkazaylik.

Alhosil, xalqimiz ichida hanuzgacha bid’at-xurofot va irim-sirimga berilib, safar oyida qilinadigan xayrli ishlarni boshqa oylarga ko‘chiradigan, boshqalarning fikrini chalg‘itib sof Islom ta’limotidan yiroqlashtirib qo‘yayotgan ayrim kimsalar yuqorida aytilgan gaplardan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olsalar, ayni muddao bo‘lur edi

Xalqimizda “Xayrli amallar kechiktirilmaydi”,  degan hikmatli ibora bejiz aytilmagan.

Haq taolo hammamizni O‘zining hidoyat yo‘lidan borishimizni, turli bid’at va xurofotlardan ehtiyot bo‘lishimizni, O‘zi rozi bo‘ladigan solih amallar qilishimizni nasib aylasin!

M.TO‘RAQULOV,

Oltinko‘l tumani bosh imom-xatibi      

O‘MI matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ayol kishi eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

14.07.2025   362   1 min.
Ayol kishi eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uyida eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar joiz bo‘lsa, ayol qayerda turadi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, ayollar uyda erlari yoki boshqa erkak mahramlariga iqtido qilgan holda jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari joiz bo‘ladi. Bu borada alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh bunday zikr qiladilar:

“Agar imom bilan bir ayol namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, uning orqasida turadi. Chunki ayolni erkak bilan bir safda yonma-yon turishi erkakning namozini buzadi. Agar imomdan tashqari bir erkak va bir ayol bo‘lsa, erkak imomning o‘ng tomoniga va ayol esa, orqasida turadi. Agar imomdan tashqari ikki erkak va bitta ayol bo‘lsa, ikki erkak imomning orqasida va bitta ayol ularning orqasida turadi. Agar erkaklar va ayollar hamda yosh o‘g‘il va qiz bolalar jamoat bo‘lib namoz o‘qimoqchi bo‘lsalar, u holda imomning orqasida dastlab balog‘atga yetgan erkaklar turadi. So‘ng balog‘atga yetmagan yosh o‘g‘il bolalar, so‘ng balog‘atga yetgan ayollar, so‘ng yosh qizlar turadilar” (“Badoyeus-sanoye’” kitobi). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Maqolalar