Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2025   |   4 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2025, 4 Rajab, 1447

Nishonga urilgan gaplar – 3

26.09.2018   7420   1 min.
Nishonga urilgan gaplar – 3

 

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.

 

Mahshardagi kunni unutmaylik!

  • Jon berish achchig‘i bor.
  • Qabr bor.
  • Qo‘lida gurzi ko‘targan Munkar va Nakirning savoli bor.
  • Oxirat bor.
  • Hisob-kitob bor.
  • Quyosh issig‘ida uzoq muddat hisobni kutish bor.
  • Savollarga javob berish bor.
  • Do‘zax ustidagi Sirotdan o‘tish bor.

 

  • Hamma Jannatga kirishni istaydi. Lekin hech kim o‘lishni istamaydi.

Jo Luis

  • Ba’zilar bilan suhbatlashsang, vaqt tez o‘tayotgandek, ayrimlar bilan suhbatlashsang, vaqt o‘tmayotgandek tuyuladi.

 

  • Qushlarning yuraklarida qo‘rquv uyg‘otib yubormaslikni eng ko‘p istovchi kishi — ovchidir!

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

 

  • Erkak kishida faqat kuch-quvvat emas, aql ham bo‘lishi kerak.

(Davomi bor...)

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh taolo makondan pok Zot

18.12.2025   4906   2 min.
Alloh taolo makondan pok Zot

Ahli sunna valjamoa aqidasiga ko‘ra Alloh taolo makondan pok deb e’tiqod qilinadi. Bu borada ahli sunna valjamoa imomlaridan naql qilingan ayrim jumlalar bilan tanishib olishimiz maqsadga muvofiqdir:

 

1. Hijriy 285 yilda vafot etgan Muhammad ibn Yazid al-Mubarrid "Al-Komil fil-lug‘oti val-adab" asarida keltirishicha, Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga bir kishi dedi: "Robbimiz osmonlar va yerni yaratishidan oldin qayerda edi?" Shunda Aliy roziyallohu anhu: "Qayerda? degan so‘z makon haqidagi so‘roqdir. Vaholanki, Alloh taolo makon mavjud bo‘lmaganda ham bor edi", dedilar.

2. Abu Muti’ al-Balxiy "Al-Fiqhul absat" kitobida aytadi: "Alloh taolo qayerda? deyilsa, nima deb javob berasiz? dedim. Shunda u zot (ya’ni, ustozim Abu Hanifa rohimahulloh): "Bunday savol bergan kishiga, Alloh taolo makon yo‘qligida ham bor edi, maxluqotlarni yaratishidan oldin ham U bor edi. Na qayer, na biror maxluq, na biror narsa vujudga kelmaganida ham Alloh taolo mavjud edi. U barcha narsaning yaratuvchisidir, deyiladi", dedilar".

3. Abu Hanifa rohimahulloh "Al-Olim val-muta’allim" kitobining xutbasida aytadilar: "U (ya’ni, Alloh taolo) azalda ham shunday bo‘lgan (ya’ni, barcha komillik sifatlari bilan sifatlanib, barcha aybu nuqsonlardan pok bo‘lgan). U hamisha azalda bo‘lganidek bo‘lib qoladi".

4. Imom Moturidiy rohimahulloh "Kitob at-tavhid" asarida aytadilar: "Bu borada asl qoida shuki, makon yo‘qligida ham Alloh taolo bor edi.Makonlarning yo‘qolishi ham, hozirgidek qolishi ham joiz. Alloh taolo esa (olamni, xususan, makonlarni yaratganidan keyin ham) azaliy sifatlariga ko‘radir, azalda ham hozirda (biz Alloh taoloni unga ko‘ra tanigan) sifatlariga ko‘ra bo‘lgan. U o‘zgarishdan, zavolga uchrashdan, muhollik va botillikdan oliydir. Zero, bular (ya’ni, o‘zgarish va zavolga uchrash) olamning keyin paydo bo‘lganligi u orqali bilingan yaratilganlik belgilaridir".

5. Imom Moturidiy rohimahulloh "Ta’vilot al-Qur’on" asarida aytadilar: "Balki, makon yo‘qligida ham U (Alloh taolo) bor edi. Bas, U azaliy sifatlariga ko‘radir, U muhollik va o‘zgarishdan oliydir".

Alloh taolo barchamizni O‘zi haqidagi to‘g‘ri e’tiqodda sobit qadam qilsin!

Mir Arab oliy madrasasi katta o‘qituvchisi

Asrorxon Mahmudov tayyorladi

MAQOLA