Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Mart, 2026   |   5 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:59
Quyosh
06:19
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:44
Xufton
19:57
Bismillah
25 Mart, 2026, 5 Shavvol, 1447

Muftiy hazrat Fransiyadagi anjumanga taklif qilindi

15.09.2018   3378   1 min.
Muftiy hazrat Fransiyadagi anjumanga taklif qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Bishkek shahrida bo‘lib turganlari haqida ma’lum qilgan edik.

Muftiy hazratlarining tashriflari qirg‘izistonlik musulmonlarning qalblarini quvonchga to‘ldirdi. Buni Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi Maqsadbek To‘xtamishev Usmonxon Alimovga ikki tomonlama uchrashuv vaqtida ma’lum qildi. Qirg‘iziston muftiysi O‘sh viloyati musulmonlari muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bilan uchrashishga mushtoq ekanliklarini ham qayd etib o‘tdi. Yoshi ulug‘ oqsoqollar uchrashish uchun Bishkekka kela olishmaganini, imkoniyat paydo bo‘lganda O‘shga tashrif buyurishlarini taklif qilishgani aytildi.

Muftiy hazratlari Qirg‘iziston muftiysiga ko‘rsatilgan ehtirom, yuqori saviyada o‘tkazilgan xalqaro anjuman uchun minnatdorlik bildirdilar.

Bundan tashqari, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M.A.Shokirovning ma’lum qilishicha, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi Ravil Gaynutdin bilan o‘tgan uchrashuv so‘nggida Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarini joriy yilning dekabr oyi birinchi o‘n kunligida Fransiyada o‘tkaziladigan konferensiyaga taklifnoma taqdim etilgan.

Rossiya muftiysi yevropalik musulmonlar Markaziy Osiyo, Rossiya, Ozarbayjon musulmonlari bir birlari bilan inoqlikda, ahil yashashlariga yuqori baho berishini bildirganlarini hamda bu to‘g‘risida Yevropa minbarlarida ma’ruza qilishlari lozim ekanini aytib o‘tdi. Bunga qanday erishilganini bilishga qiziqayotganliklarini ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz orasida hamkorlik yangi yil taqvimlarini bamaslahat, Hayit va Ramazon oyi sanalarining birgalikda tuzilganida va boshqa ko‘plab uchrashuvlarda namoyon bo‘ladi.

Joriy yildagi Haj mavsumida Minoda ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek, tojik haj delegatsiyalarining uchrashib bir-birlarini tabriklaganliklari, suhbatlar tashkil etilgani ham bu hamkorlikning yaqqol dalili ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ziyorat turizmini ommalashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Qirg‘izistonliklarning ziyorat maqsadida kelayotganliklari sohadagi ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgani anglatadi.

Muftiylar o‘zaro hadyalar almashishdi.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh otinoyilarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar!

19.03.2026   3001   1 min.
Bosh otinoyilarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar!

#xushxabar #taqdirlov #otinoyi
Ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti arafasida yurtimizda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va oilalar mustahkamligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan bir guruh soha vakillari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra ko‘plab fidoyi va mehnatkash hamyurtlarimiz qatori Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi Zulayho Saatova II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi Hosiyat Qasimova "Shuhrat" medali bilan mukofotlandilar. 


Ushbu yuksak mukofot bosh otinoyilarimizning ma’rifat tarqatish, ayollar orasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissalarining munosib e’tirofidir.


Darhaqiqat, inson qadri ulug‘langan yurtda mehnat va sadoqat hech qachon e’tibordan chetda qolmaydi.


Yuksak mukofot egalariga ushbu muborak kunlardagi katta yutuq bilan muborakbod etamiz! 


Alloh taolo bu mukofotni xayrli va bardavom qilsin, el-yurt xizmatida charchamaydigan g‘ayrat-shijoatlariga baraka bersin. Bayram va mukofot muborak bo‘lsin! 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari