frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida yangi o‘quv yili boshlandi

05.09.2018   9511   1 min.
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida yangi o‘quv yili boshlandi

Davlatimiz mustaqilligining 27-yilligi hamda 2018-2019 o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Tadbirda yangi 1-kurs talabalariga 4-kurs talabalari “talabalik nishonlari”ni topshirishdi!

Barcha yurtdoshlarimizni bilimlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ilohim! kelajakda yetuk, komil inson bo‘lishlarini Allohdan so‘rab qolamiz

O‘MI Matbuot xizmati

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   26416   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari