Ma'nosi: Allohdan boshqa iloh yo'q, U yolg'iz, Uning sherigi ham yo'q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.
Allohim! Bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, ayollarimizni, do'stlarimizni va barcha mo'min-musulmonlarni jahannam olovidan asra!
G'aflatda qolmang! Arafa kuni ro'zasini tutishni o'tkazib yubormang! Buni boshqalarga ham eslating. Ehtimol siz sababli boshqalar ham ro'za tutar.
Davron NURMUHAMMAD
Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular qayta tirilganlarida va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).