Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Iyun, 2026   |   14 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:53
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
29 Iyun, 2026, 14 Muharram, 1448

Xushxabar (she’r)

23.08.2018   11703   1 min.
Xushxabar (she’r)

Bismillahdan boshladim, sizlar uchun bir hikmat,
Faqirlarga bashorat, oqil uchun bir ibrat.

Iyd Qurbon kelganda, Rosululloh chog‘landi,
So‘ymoq uchun ikki qo‘yning, oyoqlari bog‘landi.

Oqibatin bilmasdan, ahli nodon so‘zlari,
Kerakmidi shu ishlar? Faqir bo‘lsa O‘zlari,

Halovat yo‘q toatda, bizlar dunyo g‘amida,
Havotirda Mustafo, ayting kimning g‘amida.

Ko‘zni oching mo‘minlar, hikmatdur har ishlari,
O‘zlarin o‘ylamaslar, ummatdur tashvishlari.

Faqirlarga hushxabar, havas qilar boylar ham,
Yig‘lab havas qilgaydur, yuzlab qo‘y so‘yganlar ham.

Asli bayon shundadir, Muborak qo‘llar bilan,
So‘ydilar ikki qo‘yni, ixlos muhabbat bilan.

So‘ngra duo qildilar: Xojamsanku yagona,
Bitta qo‘yni o‘zimdan, qabul ayla Robbana.

Yana duo qildilar, Haqga nola qildilar,
Ummat uchun chekib g‘am, qalbni vola qildilar.

Duo qilar to‘kib yosh, eshitgan qilmas bardosh,
Kimlar uchun qayg‘urdi, anglagin ey! Bag‘ritosh.

Qiyomat tong otguncha, ehsonim bo‘lsa maqbul,
Barcha faqir nomidan, bag‘ishladim et qabul.

Duo ketdi Rosuldan, Oxir zamon bo‘lguncha,
Noumid bo‘lmang faqirlar, imkon so‘rang o‘lguncha.

Men ham faqir va miskin, lekin qalbim yumshamas,
Toatlarim ko‘z ko‘zga, ibodatga o‘xshamas.

Ya Robbana nasib qil, Habibing ehsonidan,
So‘rab hayo qilarman, duoyim nuqsonidan.

Rahmatingni cheki yo‘q, menda zarra gumon yo‘q,
Xos ummatin qilmoqga, Sendan boshqa umid yo‘q.

Jizzax shahar "Imom Buxoriy"
jome masjidi, imom noibi
Halilov Umidjon Abdulhakim xoji o‘g‘li.

 

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Besh vaqt namoz va juma namozi

26.06.2026   7419   1 min.
Besh vaqt namoz va juma namozi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Besh vaqt namoz va juma jumagacha o‘z oralaridagi(gunoh)larga kafforotdir. Modomiki, katta gunohlar qilinmagan bo‘lsa?!" dedilar (Imom Muslim, Imom Termiziy rivoyati).