Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Bilim yurtida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

18.08.2018   3604   2 min.
Bilim yurtida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrash shu zaminda yashayotgan har bir inson, fuqaroning muqaddas burchidir.

Ana shu omillar tufayli mamlakatimiz taraqqiy etib, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallamoqda. Xalqimizning hayot darajasi tobora yuksalib, har birimizning qalbimizda yuksak orzu-umidlar, kelajakka katta ishonch mustahkamlandi. Tinchlik-osoyishtalik bor joyda qancha xursandchilik, qancha bayram qilsa yarashadi. 

Shunday ekan xalqimiz yuzida tabassum qalbida quvonch Mustaqilligimizning yigirma yetti yilligi va Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish maqsadida 2018-yil 18 avgust kuni bilim yurti xodimlari va o‘qituvchilari tamonidan bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida hashar uyushtirildi. Bilim yurtimiz va masjid hududlari obodanlashtirilib, daraxtlar va yo‘l atrofi bardyurlar oqlandi. Obodonlashtirish  ishlariga o‘kituvchi va xodimlar qatnashdi.  250 metr suv oqar ariqlar tozalandi, bilim yurti hududidan chiqindilar  chiqarib tashlandi, yul chetidagi 150 metr bardyurlar va bilim yurtimiz va masjid atrofidagi 120 dona daraxtlar oqlandi.  Hashar ishlari davomida Nukus shahar Imom Eshon Muhammad jome masjidi va madrasa  xududi  obodanlashtirilib,  atrof muhit tozaligi  mamlakatimizda mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkaxmlash, Mustaqilligimizning yigirma yetti yillik bayramini nishonlash oldidan tabiatimizga e’tiborimizning bir ko‘rinishi bo‘lgan  hashar  faol va mazmunli  o‘tkazildi.  Hashar so‘ngida bilim yurtimiz uqituvchi va xodimlari bilim dargoh binosi oldiga jam bo‘lib, qilingan ishlarga, ozodalikdan husniga husn qo‘shilgan bilim maskanimizga qarab, ko‘ngillari taskin topdi. Barcha jam bo‘lib, mamlakatimiz, jamiyatimiz tinchligi, sog‘ligi va ravnaqini, qilinayotgan islohotlarni samarasini va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishini Allohdan so‘rab duo qilindi.

 

O‘MI matbuot xizmati

 

 

 

 

 

Ma’naviyat va ma’rifat

ishlari bo‘yicha mudir muovini:  A Yerejepov.

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   6637   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).