Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Yo‘qotish

15.08.2018   13049   1 min.
Yo‘qotish

Har narsani yo‘qotish oson, ammo uni qayta­rish qiyin. Bugungi kunda “olomon madaniyati”, “madaniyat kushandasi”, deb hamma joyda ayti­lib, yoshlarni milliy urf-odat, milliy kiyim­lar kiyishga chaqirilmoqda. Ammo yo‘qotilgan ma­daniyatni qaytarib bo‘larmikan? Dunyoni ilmi bilan tebratgan ulamolar farzandlari o‘zla­rini g‘arblikka o‘xshatsa, ulamolar beshigini teb­ratgan ayollar sharmu hayosini unutib ular­dan oshib tushsa, ertaga bularni yo‘lga solib bo‘lar­mi­kin? Yomonlikka o‘rganish oson, yomonlikdan qaytish qiyin. Yomonlikka yetishish oson, xalqning xizmatini qilib rahmat, duo olish qiyin. Yoshlikda qilingan xatolarni tuzatish nihoyatda mushkul kechadi.

Dengiz suvi qurib bitsa, undagi baliqlar suvsizlikdan o‘lsa, kimga achchiq qilinadi? Yillar o‘tib, suv bilan dengiz to‘lsa, o‘lgan baliqlar hayotga qaytarmikan? dengizning o‘lgan baliqlarga to‘lishidan nima foyda?

Ey aziz farzand! Kimligingni unutma, qo‘­lingdagi imkoniyatlarni qo‘ldan boy berib ajdodlaring madaniyatini qo‘yib, o‘zgalardan xayriyat kutma. O‘zini qadrlamagan insonni o‘zgalar qadrlaydimi? O‘z tili, madaniyati, milliy urf-odati, odob-axloqi, sharmu hayo, ibosini unutganni o‘zga xalq nazar-pisand qilarmikin? “O‘z qadriga yetmagan, o‘zgalar qadriga yetarmidi?”  deb malomat toshlarining otilishidan saqlan­gin.

G‘isht qolipidan ko‘chganidan so‘ng,

Hayoning mash’ali o‘chganidan so‘ng,

Yillar o‘tib, hayo-imon nur taratsa,

Foyda bormi imonsiz o‘lgandan so‘ng?

 

Dengiz quribon, qirilsa baliq,

O‘rnini qoplasa sahroyi qumliq.

Vaqt o‘tib, yana dengiz suvga to‘lsa,

O‘lgan baliqqa foyda bormi aniq?

 

“Qasamini buzgan qiz” kitobidan

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   29031   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari