Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Aprel, 2026   |   22 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:18
Bismillah
11 Aprel, 2026, 22 Shavvol, 1447

Kitob

08.08.2018   7979   2 min.
Kitob

Olimlarning fikricha, insonning miyasida milliardlab aql hujayralari bo‘lib, inson o‘qigan sari shu zarrachalar ochilib borarkan. Inson ilmdan uzoqlashib, o‘qimay qo‘ysa, hu­jay­ralar o‘lib, aql qorong‘ilashib, johillik botqog‘i­ga botib borar ekan. Kitobni ko‘p muto­laa qilish qalb oynasini yaltiratib, say­qal­lay­di. Chunki kitob eng sodiq do‘st, ishonchli sir­dosh. Kitob va ilm bois rizq-ro‘zimiz mo‘l bo‘la­di. Pirovar­dida, yurt va davlat ham kuchli bo‘ladi. Odamlar ichida sadoqat va o‘zaro oqibat rish­talari mustah­kam bo‘ladi.

Kitob bilan ongimizni o‘tkirlab, keskir qi­lib turmasak, aqlimiz borgan sari o‘tmasla­shib, zanglab boradi. Zanglagan aql esa hech narsaga yaramaydi.

Bir otaxonni tanirdim, Alloh rahmat qil­sin, 85 yoshida vafot etdi, oldimga tinmay kitob so‘rab kelaverardi. Keksaligiga qaramasdan, ol­ti oyda o‘n beshtadan ortiq kitobni boshdan oxi­rigacha o‘qidi. Kunlarning birida otaxon:

– Yana ham yaxshi kitobingiz bormi? – dedi. U kishiga mos kitob topgunimcha bir oz xijolat chekdim. Ammo yana bir kitob topib, qo‘llariga tutqazdim. To‘g‘risi, otaxonga bergan kitoblarni ko‘pimiz to‘liq o‘qimaganmiz. Bir yil ichida ilmlari, ongi va tushunchalari shu qadar oshdiki, men bilan ilmiy munozaralar qilishga shu qadar shoshdiki, asti so‘ramang. Ilm aqlni tezgir aylashi va ilm izlash qabrgacha bo‘lishi­ning hikmatini ko‘rib, Parvardigor, qudrating­ga ming tasanno dedim. Otaxon vafotiga qadar kitob o‘qidi. 

Aziz kitobxon! Shuni bilingki, kitob insonni ulug‘likka yetaklaydi. Kitob o‘qisangiz, asar qahramoni bilan dildan suhbatlashasiz. Tushlaringizda birga yurib, uning yaxshi fazilat­la­rini o‘zingizda mujassam aylaysiz. Xato va kamchi­liklaringizni tuzatasiz, yashashdan maq­sad nimaligini anglaysiz. Bu esa ulkan baxtdir. Shu sabab kitobga oshno bo‘ling, qadrdon!

Aqlni ilmu hikmat aylagay tezgir,

Qilichu xanjardan bo‘ladi keskir.

Fikring daryosini gar bossa loyqa,

Qalbing qorayib, jisming ham eskir.

 

“Qasamini buzgan qiz” kitobidan

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘rt mazhab

10.04.2026   13875   1 min.
To‘rt mazhab

Bismillahir Rohmanir Rohiym

To‘rt mazhab bu - mujtahid imomlarining xulosasidir. Sahoba va tobe’inlar fiqhining xulosasidir. U dinni tushunish borasida musulmonlarning mo‘tamad, tan olingan madrasalaridir. U toyilish va haddan oshishdan yiroq bo‘lgan, mo‘tadil yo‘l bo‘lib, Alloh taolo yerda unga qabulni bitgan, ulamolar quvvatlagan va barcha musulmon maktablari shularning asosiga barpo etilgandir.

Shu sabab, ushbu mazhablarga qarshi urushadigan, kurashadiganlar halokatga yo‘liquvchidir. Bu qarshiligi bilan solih salaflar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir, sahobalar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir va bu urinishi bilan Islom diniga qarshi urushuvchidir. Chunki Islom tushunchasi mana shu to‘rt mazhab madrasalari asosida shakllangan. Alloh taolo ushbu mazhab sohiblaridan O‘zi rozi bo‘lsin va barakotlaridan manfaatlantirsin.

Doktor Abdulqodir Husayn

Maqolalar