Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2026   |   23 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:58
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:42
Bismillah
08 Iyul, 2026, 23 Muharram, 1448

Ikki mingga yaqin o‘zbekistonliklar Makka va Madina shaharlarida bo‘lib turibdi

02.08.2018   6078   2 min.
Ikki mingga yaqin o‘zbekistonliklar Makka va Madina shaharlarida bo‘lib turibdi

Bugungi kunda mamlakatimiz musulmonlariga Haj ziyoratini ado etish uchun bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Ularni Saudiya Arabistoniga yetkazilishi, salomatliklarini doimiy nazorat qilish, issiq iqlim sharoitlaridan kelib chiqib taomlanishlari masalasida tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Yetti ming nafardan ziyod o‘zbekistonliklar joriy yilda Haj ibodatini o‘taydilar. Ularning xavfsizligi, ibodatlarining to‘la-to‘kis bo‘lishida hukumatimiz tomonidan olib borilgan ishlar tahsinga sazovordir.
Ayni paytda mamlakatimiz ziyoratchilarining bir necha guruhi Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdilar va ularning kayfiyatlari yuqori ekanini ko‘rish mumkin.

Kecha, 1 avgust kuni Namangan viloyati va Toshkent shahridan 468 nafar ziyoratchi Madina shahriga yetib borishgan bo‘lsa, ular Madina shahrida Masjidun Nabaviydan yuz metr uzoqlikdagi «Javharat al-Rashid» mehmonxonasiga joylashtirilgan.

Shu kunlarda ushbu muborak shaharda 934 nafar yurtdoshlarimiz o‘z ibodatlarini ado etmoqda.

Madina shahrida hojilarimiz muqaddas ziyoratgohlar: Masjidi Qubo, Masjidi qiblatayn va Uhud tog‘larini ziyorat qilgach, uch kechayu to‘rt kunduzdan keyin Makka shahriga yo‘l oladilar.
Bugun, 2 avgust kuni Toshkent shahri va Andijon viloyatidan 460 nafar ziyoratchilar Madina shahridan Makka shahriga jo‘nab ketdilar. Hozirda Makka shahrida 912 nafar ziyoratchi ibodatlarini ado etmoqdalar.

Hojilarimiz Makka shahrida Masjidul Haramdan 8000 metr uzoqlikda joylashgan to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasiga joylashishdilar.

Madina va Makka shaharlarida mehmonxonalarda 24 soat davomida xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan bo‘lib, ziyoratchilarimiz uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

O‘MI Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Moturidiy markazi faoliyatiga yuksak e’tirof

07.07.2026   2581   1 min.
Moturidiy markazi faoliyatiga yuksak e’tirof

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ahli sunna val jamoa merosiga xizmat qilish, moturidiylik ilmiy maktabi boy merosini asrash va targ‘ib etishda ulkan va e’tirofga loyiq ishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, Imom Abu Mansur Moturidiy ana shu muborak zamin farzandi ekani bu markaz faoliyatiga alohida ma’no baxsh etadi.

Markaz muntazam ravishda noyob asarlarni nashr etish, ilmiy tadqiq qilish va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi tahsinga sazovor bo‘lib, Alloh taolo huzurida ham, inshaalloh, maqbul amallar qatoridan bo‘ladi.


Shayx Sayful Asri
Bulg‘or islom akademiyasi ustozi

MAQOLA